Gipertrofik
pilorostenoz,
bolalarda
oshqozonni
o‘tkazuvchanligini
buzilishiga olib keladi va quyidagi klinik simptomlar bilan kechadi: qayt qilish,
og‘riq, ko‘ngil aynash, qorin epigastral sohasini shishishi. Keltirilgan
simptomlardan birinchi o‘rinda qusish, qusuq massalarida o‘t aralashmaganligi –
oshqozon tutilishining asosiy farqlovchi belgisi hisoblanadi. Ko‘pincha bu simptom
bolalarda gipertrofik pilorostenoz borligidan dalolat beradi. Lekin obstruksiya
belgilari boshqa kam uchraydigan va kam holatlarda o‘tkir namoyon buladigan
tug‘ma kasalliklar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bular pilorik sfinkter
atreziyasi, me’da atoniyasi, antral qism membranasi, me’da ikkilanishi va me’dani
o‘tkir buralishi. Bolalarda o‘tsiz qayt qilishda differensial tashxislashda xirurgik
bo‘lmagan
sabablarni:
ovqatlantirishni
buzilishi
(ko‘p
yoki
noto‘g‘ri
ovqatlantirish), pilorospazm, kardiya xalaziyasi yoki gastroezofageal reflyuksni
ham hisobga olish kerak.
Etiologiya va patogenez. Gipertrofik pilorostenoz rivojlanishida ko‘p faktorlar
ahamiyatga ega: pilorusning nerv elementlari chala rivojlanganligi va degenerativ
o‘zgarishlari, oziqlantirish xarakteri (masalan ko‘krak bilan oziqlantirish), onada
yoki bolada gastrin miqdorini oshganligi, gastrin-sekretin ta’sirini buzilishi. Lekin
bu faktorlarni ishonarligi savol ostida qolyapti. Gistoximik tekshiruvlar natijalasida
pilorostenoz
bilan
og‘rigan
bemorlarda
neyropeptidergik
innervatsiya
yetishmovchiligi aniqlangan.
Pilorusning mushak qavati gipertrofiyasi postnatal davrda rivojlanadi deb
hisolanadi, chunki pilostenoz simpomlari kam holatlarda tug‘ilgan vaqtda
kuzatiladi, hayotining 2–5-haftalarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun «tug‘ma
gipertrofik pilorostenoz» termini balkim unchalik to‘g‘ri emas. Bu kasallikning
asosida pilorik qisimning shilliq qavati gipertrofiyasi yotishi haqida fikirlar
bildirilgan, uning shishishi obstruksiyaga va ikkilamchi mushaklar gipertrofiyasiga
olib keladi. Pilorostenoz haqidagi bunday fikirlar, bemorlarni oziqlantirishi
135
to‘xtatilgandan so‘ng, obstruktiv holatlar yo‘qolishi bilan o‘z klinik isbotini topadi.
Aynan shu kuzatuvlar pilorostenozni davolashda noxirurgik usulni - ko‘p vaqt oz
miqdor suyuqlik bilan oziqlantirish usulini qo‘llash harakatlarini keltirib chiqargan.
Bunday konservativ terapiya natijasida ko‘p bemorlarda kasallikni klinik ko‘rinishi
yo‘qolishi mumkin bo‘lsa ham, uzoq muddat davolanish va shuning bilan bog‘liq
asoratlar bu usulni keng tarqalishiga imkon bermadi.
Patologik anatomiya. Pilorik sfinkterining bioptati morfologik tekshirilganda,
mushaklar gipertrofiyasi, ya’ni ularning tolalari kattalashganligi, umumiy soni ko‘p
o‘zgarmaganligi aniqlandi. Oddiy piloromiotomiyadan so‘ng, gipertrofiyalangan
mushaklar normal holatga kelgan, faqat bir oz qoldiq chandiq qolgan. Bunday
morfologik manzara uzoq vaqt davom etgan konservativ davodan so‘ng spontan
tuzalishdan so‘ng ham kuzatiladi. Lekin, konservativ terapiya olib borilgandan
so‘ng, uzoq muddatlarda qoldiq yoki yangidan hosil bo‘lgan pilorik obstruksiya
simptomlari kuzatilishi mumkin.
Klinika va tashxislash. Tipik hollarda pilorostenozda qusish chaqaloq
hayotining 2-3 haftalarida namayon bo‘ladi, doim o‘t aralashmagan, kuchli
(favvorasimon), kasallik boshlanish davrida bir oz to‘xtashi yoki noaniq bo‘lishi
mumkin. Kusish oziqlangandan so‘ng 30-60 minutdan keyin paydo bo‘lib, hajmi
emgan sutiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bola gipotrofik, teri va shilliq qavatlari quriq,
qusgandan keyin ham och ko‘rinadi. Qusuq massalarida o‘t aralashmagan bo‘lsa
ham, rangi jigar rang yoki «kofe quyqasi rangida bo‘ladi, rivojlanadigan proksimal
gastrit sababli qon ketish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ko‘krak bilan emiziladigan
bolalarda pilorostenoz ko‘proq rivojlanishi haqida kuzatuvlar bor. Qusish
epizodlari keskin og‘irlashishi va tezlashishi ko‘payishi, bolani oshqozonda
tvorogsimon massalar hosil qilevchi aralashmalar bilan oziqlantirishga
o‘tkazilganda kuzatiladi. Bolaga dekstrozasuvli oziqlantirish o‘tkazilganda, qusish
chastotasi kamayadi. Aralashmalar berilganda qayt qilish kuchayganligi sababli,
ularni hazm bo‘lmasligiga gumon qilib, bolalarga ko‘p marotaba ovqatlar
almashtiriladi, bu esa tana vaznini yo‘qotilishiga, ba’zan qabziyatga va shu bilan
bog‘liq degidratatsiyaga olib keladi. Lekin, hozirgi paytda pilorostenoz bilan
136
og‘rigan bolalarning tashqi ko‘rinishi, ilgari yozilgan, o‘layotgan bemorlarni tashqi
ko‘rinishidan keskin farq qiladi. Pediatrlar va umumiy amaliyot shifokorlarining
pilorostenoz manzarasi haqida yuqori ma’lumotga egaligi, bu patologiyani erta
tashxislanishiga va oziqlanish buzilishi, og‘ir degidratatsiyani va elektrolit
disbalansini rivojlanishini kamayishiga olib keldi. Kuchsizlangan chala tug‘ilgan
bolalarda pilorostenozni klinik ko‘rinishi yashirin bulib, bu tashxis gumon
qilinmaydi va natijada davolash juda kech boshlanadi.
Pilorostenoz tashxisi oddiy fizikal tekshiruvda qo‘yilishi mumkun. Ko‘ruv
davrida bolani oziqlantirish tashxislashda katta yordam beradi, chunki bu vaqtda
bolada oshqozonni ko‘rinadigan peristaltikasi paydo bo‘ladi. Peristaltik to‘lqinlar
epigastral sohada,oshqozon proeksiyasida chapdan o‘ngga yo‘naladi va qusishdan
oldin hosil bo‘ladi («qum soat» simptomi). Favvorasimon qusish, o‘t aralashmagan,
ba’zan jigarran shilliq bilan kuzatiladi. Pilorostenozda oshqozon, chuqur burmalar
hisobiga, bir tekisda kengaygayadi, shuning uchun qusish uni suyuq luqma va
gazlardan, zondda tortganga nisbatan samaraliroq bo‘shatadi. Gipertrofiyalangan
pilorusning «olivasini» palpator aniqlash katta diagnostik ahamiyatga ega. Qorin
palpatsiyasi, qorin mushaklari maksimal bo‘shashganida yengillashadi, shuning
uchun uni medani oziqlantirilgandan so‘ng chaqirilgan qusishdan,yoki xolsiz
bolalarda zondlash va aspiratsiyadan keyin o‘tkaziladi. Gipertrofiyalangan pilorus
ko‘pincha qattiq, harakatlanuvchi, uzunligi 2 sm, kindik ustida,bir oz o‘ngroq
joylashadi. Qorin oldi devorin kranial yo‘nalishda paypaslaganda, harakatlanuvchi
kattiq o‘smasimon hosilani aniqlashga, chuqurroq paypaslanganda barmoqlar
orasiga ushlashga imkoniyat beradi. Bu tashxislash usulini pilorostenoz bilan
og‘rigan ko‘p bolalarda o‘tkazish mumkin va tashxisni to‘g‘ri qo‘yishda yordam
beradi. Bu tekshiruv usulini o‘tkazish uchun medikamentoz sedatatsiya qo‘llash
mumkin. Anamnez va klinik manzara asosida bolada pilorostenoz gumon qilinib,
lekin pilorus paypaslanmasa, boshqa tashxislash usullaridan foydalanish lozim.
Pilorostenozga xos simptom- «qum soat» simptomi (15.1-rasm), bu simptom qorin
oldi devorida barmoqlar bilan(«ko‘ylak» simptomiga o‘xshash) tez o‘tkazilganda
kuzatiladi.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |