228
17.6. Rivojlanishning vezikal va infravezikal anomaliyalari
Pastki siydik traktiga normada siydik yig‘ilishi va uning ajralishini
ta’minlaydigan yagona narsa sifatida funksiyalanadigan siydik pufagi va uretra
kiradi. Siydik pufagi va uretraning anatomik va funksional patologiyasi siydik
ushlanmasligi, infeksiya kirishi va ba’zan hayotga xavf soladigan yuqori siydik
traktining zararlanishiga olib kelishi mumkin.
Siydik pufagi ekstrofiyasi – nuqsonning ventral sirti bo‘yicha kamida siydik
pufagi va uretra qismlari bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladigan rivojlanish
anomaliyasi. Bu patologiyaning namoyon bo‘lishi kloakal ekstrofiyadan boshli
epispadiyagacha
variatsiyalanadi.
Tashqi
ochilgan
siydik
pufagi
va
deformatsiyalangan genitaliyalar tug‘ilgandanoq birinchi onda ko‘rinadi.
Siydik pufagi ekstrofiyasining chastotasi yangi tug‘ilganlarning 1 : 10 000
dan 1 : 50 000 gacha tebranadi. Agar ota-onalarda ekstrofiya yoki epispadiya
bo‘lsa, unda ularning bolalaridagi bu ko‘rsatkich sezilarli tarzda oshadi. Epispadiya
ekstrofiyadan ko‘ra
ancha kam, o‘g‘il bolalarda taxminan 1 : 100 000 chastota
bilan
uchraydi.
Embriogenez. Ekstrofiya va epispadiyasi bo‘lgan bolalarda ayon bo‘ladigan
bu nuqsonlardagi rivojlanish anomaliyalari kindik, anal teshigi, qorinning to‘g‘ri
ichaklari va puborektal halqani qoplaydigan teri bilan chegaralangan sohalarda
lokallashadi. Gestatsiyaning 2-haftasigacha ichki (endodermal) va tashqi
(ectodermal) qatlamlardan hosil bo‘ladigan kloakal membrane kindikdan pastda,
oldda, qorin devorchasida joylashgan. Sodda ariqchadan bo‘lgan mezenxima
migratsiyalangancha, kloakal membrane regressiyasi davrida infraumbilikal sohani
mustahkamlagan holda bu ikki qatlamlar orasida o‘sadi. Kloakal membrana
yorilishigacha urorektal qatlam kloakani urogenital va anal komponentlarga ajratish
uchun membrane bilan ulanadi. Membrane yorilishi natijasida genital bo‘rtish
asosida urogenital (siydik jinsiy) teshik hosil bo‘ladi. Teorik jihatdan epispadiya
genital bo‘rtish urorektal qatlam kloakani ajratadigan joyga kaudal siljigan holatda
hosil bo‘ladi deb hisoblanadi. Kloakal membrananing ancha keyin yorilishi
231
pufakning birlamchi yopilishi yoki epispadiyaning to‘g‘rilanishidan so‘ng uning
hayratlanarli tez o‘sishi kuzatiladi.
Bosqichli davolashni odatda qovurg‘a va qorin orasidagi yoki nomsiz
(dumg‘aza) suyaklarini osteotomiyasi bilan birga tug‘ilgandan so‘ng darrov siydik
pufagini yopishdan boshlashadi. Pufak yopilganidan so‘ng siydik ushlanmaslik
davri kuzatiladi, bu vaqtda pufak tobora kattalashadi. Hozirgi vaqtda o‘g‘il
bolalarda epispadiyaning jarrohlik yo‘li bilan to‘g‘rilanishi ana shu ushlamaslik
bosqichida amalga oshiriladi – odatda 2-3 yoshda. Siydik ushlanishini ta’minlashga
yo‘naltirilgan hech qanday urinishlarni 3,5 – 4 yoshgacha, siydik pufagi
bo‘yinchasining plastikasini amalga oshirmaguncha qo‘llashmaydi. Bundan oldin
(3,5 – 4 yoshda) siydik pufagi hajmini baholashadi.
Siydik bo‘yni rekonstruksiyasini uning to‘g‘ri hajmiga erishilmagunicha (> 60
ml) va bolaning o‘zi siydikni ushlash kerakligini tushunishga qodir yoshgacha
o‘smagunicha amalga oshirishmaydi.
Siydik pufagining birlamchi yopilishidan maqsad quyidagilar:
1. Tos simfizi yaqinlashishi uchun nomsiz suyaklarning aylantirilishi.
2. Pufakning yopilishi va uning kichik dumg;aza bo‘shlig‘ida orqa holatga
siljishi.
3. Uretra orqali siydikning erkin ajralishini ta’minlash.
4. Kerak bo‘lganida jinsiy a’zoning birlamchi uzunlashtirilishi.
Birlamchi plastikadan oldin yara infeksiyasi va osteomielit xavfini
kamaytirish uchun ta’sir qilish spektri keng bo‘lgan antibiotiklar belgilash lozim.
Bu holatlarda gentamisinning ampitsillin bilan kombinatsiyasi yaxshi effektga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: