Тесты для самоконтроля. Книга будет полезной также для магистров и практикующих детских хирургов



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/221
Sana06.09.2021
Hajmi3,87 Mb.
#166136
TuriТесты
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   221
Bog'liq
darslik fbx 2 tom-min

Urodinamika. Urodinamika tadqiqotlari invaziv va noinvaziv metodlar bilan 
amalga  oshiriladi  va  bemorning  ongli  ishtiroqini  talab  qiladi,  yoki  tekshiruvni 
shunday  o‘tkazish  kerakki,  bola  qarshilik  qilmasin.  Shuning  uchun  ko‘pchilik 
urodinamik metodlar faqatgina 7 yosh va undan katta bolalarda qo‘llaniladi.  
Urodinamik  tekshiruv  noinvaziv  metod  –  urofloumetriyadan  boshlanadi. 
Siydikni  egri  chiqarish  ma’lum  standart  xarakteristikalarga  ega.  Siydik  chiqarish 
davomiyligi  siydik  oqimining  boshidan  oxirigacha  o‘lchanadi.  Siydik  oqimining 
maksimal  tezligi  (cho‘qqisi)  maxsus  qurilmalar  yordamida  o‘lchanadi.  Oqimning 
o‘rta  tezligi  normal  egri  chiziqda  taxminan  eng  katta  tezlik  yarmiga  tenglashadi. 
Egri  chiziqning  bir  qismi  sfinkterning  bo‘shashganligi  va  «turg‘un»  detruzorning 
davom  etayotgan  qisqarishini  bildiradi,  bunda  bolada  qorin  mushaklarining 
kuchlanishiga zaruriyat yo‘q.  
Urodinamik tekshiruvning keyingi fazasi odatda fiziologik qorishma bilan, 10 
dan  100  ml/daq  gacha  doimiy  tezlikda  pufakning  to‘ldirilishidan  iborat.  Infuziya 
jarayonida  siydik  pufagidagi  bosimni  uzluksiz  o‘lchashadi.  Haqiqiy  intravazekal 
bosimni  undan  to‘g‘ri  ichakka  kiritilgan  ballon  yordamida  o‘lchanadigan 
abdominal  bosimni  ayirish  yo‘li  bilan  aniqlashadi.  Pufakning  to‘lishi  vaqtida 
undagi  bosimning  oshishini  o‘lchash  tormozlanmagan  qisqarishlar  bor  yoki 


 
235 
yo‘lqiligini,  yoki  to‘ldirishda  bosimning  juda  sekin  va  doimiy  kattalashishi  sodir 
bo‘layotganligini aniqlash imkonini beradi.  
Bosimning  yozilishi  bilan  bir  vaqtda  shuningdek,  tormozlanmagan 
qisqarishlar,  yo‘tal  yoki  kuchlanish  va  ixtiyoriy  siydik  chiqarish  vaqtida  tashqi 
sfinkter  faolligi  o‘lchanadi.  Biz  buning  uchun  sirtli  elektrodlardan  foydalanamiz. 
Ancha  aniq  ma’lumotlar  sistoskopiya  vaqtida  umumiy  anesteziya  ostida  yoki 
mahalliy  perineal  anestetiklarni  qo‘llagan  holda  bevosita  tashqi  sfinkter  ustiga 
qo‘yilgan ignali yoki simli elektrodlar yordamida olinishi mumkin.  
 Birinchi  chaqiruv  odatda  siydik  pufagining  yarmi  to‘lganida  hosil  bo‘ladi, 
imperative  chaqiruvlar  –  to‘rtdan  biri  to‘lganida.  Bu  normal  ko‘rsatkichlardn 
chetlashish  juda  kichik  siydik  pufagi  bo‘lgan  bemorlarda  yoki  cho‘zilgan  yoki 
dekompensatsiyalangan siydik pufagida bo‘lishi mumkin.  
Siydik  chiqarish  fazasi  vaqtida  siydik  oqimi  tezligini,  ajralgan  siydik 
miqdorini,  siydik  pufagidagi  bosimni  va  qoldiq  siydik  miqdorini  o‘lchashadi.  Bu 
faza  so‘ngida  qoldiq  siydikning  o‘lchanishi  tekshiruv  boshida  kateter 
qo‘yilgandagidek aniq ko‘rsatkichlarni bermaydi, chunki siydik chiqarish shubhasiz 
doim  noqulaylik  holatini  chaqiradigan  kateter  bor  bo‘lgan  noodatiy  sharoitlarda 
sodir  bo‘ladi.  Siydikni  egri  chiqishining  tahlili  siydik  pufagi  funksiya  va 
disfunksiyasi haqida juda qimmatli ma’lumotlar beradi. Mushak faolligi va siydik 
pufagining  qisqarishi  bir  vaqtda  o‘tkaziladigan  kombinatsiyalangan  yozuvi 
detruzornosfinkter  dissenergiya  bor  yolo  yo‘qligini  yoki  tashqi  sfinkter  mos 
ravishda relaksatsiyalanayotganligini aniqlash imkonini beradi.  
Siydik  pufagi  normal  innervatsiyasi  bo‘lgan  va  orqa  miyasining  ayon 
zararanishi bo‘lmagan bolalarda siydik pufagi disfunksiyasining to‘rt turi yetarlicha 
oddiy  namoyon  bo‘ladi.  Shuningdek,  ularning  kombinatsiyasi  yoki  bir  turdan 
ikkinchisiga  o‘tish  ehtimoli  bor.  Buzilishlarning  birinchi  turi  –  yuqori  pufak  ichi 
bosimi bilan pufakning kichik sig‘imi. Odatda bunday bolalarda tezlashgan siydik 
chiqarish,  imperativ  chaqiruvlar  kuzatiladi,  bola  hojatxonadan  foydalanishga 
o‘rgana  olmaydi.  Siyikning  ham  kunduzgi,  ham  tungi  ushlanmasligi  juda  ko‘p 
uchraydi.  Bemorlarning  uchdan  birida  anamnezda  siydik  trakti  infeksiyasi 


 
236 
namoyon  qilinadi.  Qiz  bolalar  uchun  Vincent  o‘tirish  simptomi  xos  –  ular  siydik 
pufagining  kuchli  qisqarishlari  vaqtida  siydikni  ushlash  uchun  cho‘kkalab 
o‘tirishadi. O‘g‘il bolalar buni bajarish uchun jinsiy a’zolarini ushlashadi yoki uni 
oyoqlari  orasida  siqishadi. Sistogrammalarda  siydik pufagining kichik  o‘lchamlari 
kuzatiladi.  Ba’zan  pufak-siydik  to‘g‘rilovchi  reflyuks  yoki  siydik  pufagi 
divertikullari namoyon qilinadi. Ko‘pincha ham qiz va ham o‘g‘il bolalarda qoldiq 
siydik  va  tashqi  sfinkter  darajasida  uretraning  siqilish  alomatlari  bo‘ladi.  Yuqori 
siydik yo‘llarining tekshiruvi qandaydir o‘zgarishlarni namoyon qilmaydi.  
Urodinamik  tadqiqotlar  DSD  uchun  xos  bo‘lgan  ko‘pincha  uzlukli  bo‘lgan 
siydik oqimining past tezligini namoyon qiladi. To‘lish fazasi chaqiruvlarning erta 
hosil  bo‘lishi  bilan  kichik  sig‘imni  va  siydik  pufagining  ko‘plab  ixtiyoriy 
bo‘lmagan  qisqarishlarini  ko‘rsatadi.  Siydikning  boshlang‘ich  oqimi  odatda 
sekinlashgan.  Siydik  miqdorining  kamligiga  qaramasdan,  siydik  chiqarish  akti 
davomiy va uzun. Qoldiq siydik miqdori katta bo‘lishi mumkin.  
Disfunksiyaning  bu metodini  davolash medikamentoz. Bemorlarning uchdan 
ikkisi  fenoksibenzaminga  yaxshi  reaksiya  beradi,  bolalarning  yarmi  – 
oksibutininga.  
Siydik  pufagi  ikkinchi  ko‘rinishining  disfunksiyasi  –  gipperreflektor  siydik 
pufagi. Klinik jihatdan bunda odatda siydik chiqarishning tezlashishi va imperativ 
chaqiruvlar bilan nikturiya kuzatiladi. Anamnezdagi infeksiya kuzatilishi mumkin, 
lekin ko‘pincha u bo‘lmaydi. Miksion sistouretrogramma yuqori siydik yo‘llarining 
tekshiriluvi  kabi  mutlaqo  normal  kartinani  ko‘rsatadi.  Urodinamik  tekshiruvda 
to‘lish  vaqtida  sfinkter  tonusining  mos  keluvchi  kattalashuvlarini  chaqiradigan 
kichik  qisqarishlar  kuzatiladi.  Siydik  chiqarish  fazasida  o‘zgarishlar  yo‘q. 
Oksibutinin va boshqa antixolinergik preparatlar disfunksiya bu turini davolashning 
asosi hisoblanadi.  
Anamnezda  siydik  trakti  infeksiyasi  bo‘lmaganida  buzilishlarning  ushbu  turi 
85  %dan  ko‘p  bemorlarda  bo‘ladi.  Infeksiyaning  siydik  pufagi  va  uretraga 
qo‘zg‘atuvchi ta’siri bilan bo‘lishida faqat medikamentoz davolashning effektivligi 
kam. Infeksiya hosil bo‘lganida, albatta, mos keluvchi davolashni talab qiladi, lekin 


 
237 
bu  holatni  yengishga  ko‘pincha  shuningdek,  siydik  pufagining  tungi  vaqtda 
giperfaolligining  yo‘qolishiga  olib  keladigan  siydikk  pufagi  va  SNS  orasidagi 
nevrologik aloqalarning yetilishi yordam beradi.  
Uchinchi  klinik  holat  –  ko‘pincha  qiz  bolalarda  uchraydigan,  siydik 
chiqarishning  kamayishi  kuzatiladigan  cho‘zilgan  yoki  erinchoq  siydik  pufagi. 
Boshlang‘ich  alomatlar  bola  tozalikka  o‘rganishdan  ancha  oldin  paydo  bo‘ladi. 
Siydikning  stressli  ushlanmasligi,  ko‘p  miqdorda  siydik  chiqarish,  qotish  va 
kalomazaniya  shunday  bolalarga  xos.  Bu  uyatchang  qiz  bolalar  umumiy 
hojatxonalardan  qochadigan  va  o‘z  baxtsizliklarini  detrusor  dekompensatsiyasi 
keladigan 
vaqtgacha 
eplaydigan 
buzilishlarning 
orttirilgan 
ko‘rinishi. 
Sistogrammada  odatda  to‘liq  bo‘shamaydigan,  ravon  chizilgan  kichik  pufak 
ko‘rinadi.  Yuqori  siydik  yo‘llari,  qoidaga  ko‘ra,  normal  holatda.  Urodinamik 
tekshiruvda  pufakning  katta  sig‘imi  kuzatiladi  va  ko‘pincha  uning  to‘liq 
bo‘shatilishi uchun Valsalva usulidan (nafas chiqarishda kuchanish) foydalanishga 
zaruriyat  tug‘iladi.  Ma’lum  vaqt  va  ikki  usulda  siydik  pufagining  bo‘shatilishi 
detrusor  normal  funksiyasi  tiklanishiga  sharoit  yaratadi.  Ba’zan  betanexol 
qo‘shilishi  yordam  beradi.  Agar  bunday  davolash  effektsiz  bo‘lsa,  unda  siydik 
pufagining davriy kateterizatsiyasi kerak bo‘lishi mumkin. Davolashning maqsadi – 
pufak  sig‘imini  kichraytirish  va  uning  cho‘zilishga  ta’sirchanligini  siydik 
chiqarishga  chaqiruv  o‘z  vaqtida  paydo  bo‘lishi  uchun  oshirish.  Natijada  qoldiq 
siydiksiz spontan siydik chiqarish tiklanadi, bunda ko‘p miqdorda siydik chiqarish 
va  stressli  ushlamaslik  yo‘qoladi.  Bolaga  siydik  pufagini  to‘g‘ri  bo‘shatish 
kerakligini uqtirish ancha qiyin bo‘ladi. 

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish