Qiz bolalarda anomaliyalar.
1. Chot orasi teshigi. Jarrohlik va prognoz nuqtayi nazaridan bu nuqsonning
181
ko‘p uchraydigan variant o‘g‘il bolalardagi chot orasi teshigiga ekvivalent
hisoblanadi. Anomaliyaning bu shaklida to‘g‘ri ichak uning pastga siljigan eng
pastki qismini e’tiborga olmaganda sfinkter mexanizmining ichida joylashgan.
To‘g‘ri ichak va qin bir-biridan yaxshi ajralgan (16.11-rasm).
16.11-rasm. Rekto chot orasi teshigi.
2. Vestibulyar teshik. Bu jiddiy nuqsonda ichak funksiyasi borasidagi prognoz
odatda yaxshi, agar, albatta, operativ muolaja to‘g‘ri va malakali o‘tkazilgan bo‘lsa.
Biroq tajribam ko‘rsatadiki, bunday bemorlar ko‘pincha muvaffaqqiyatsiz
operatsiya o‘tkazib bo‘lingan boshqa davolash muassasa kelib tushadi. Nuqsonning
bu variantida ichak bevosita gimen orqasida qin yonida ochiladi (16.12-rasm).
16.12-rasm. Rektovestibulyar teshik.
182
Teshik ustida to‘g‘ri ichak va qin faqatgina ingichka umumiy devorcha bilan
ajratilgan. Bunday bemorlarda odatda mushak va dumg‘aza yaxshi rivojlangan va
innervatsiya buzilmagan. Biroq nuqsonning bu shaklida ba’zan to‘liq rivojlanmgan
dumg‘aza bo‘ladi.
Anomaliyaning bu variantiga ega bolalar ko‘pincha jarrohga – rectovaginal
teshik tashxisi bilan borishadi. Nuqson shaklini yangi tug‘ilgan qizning odatiy,
lekin juda e’tibor bilan chot va genitaliyasini tekshirish bilan klinik ma’lumotlar
asosida aniq identifikatsiya qilish mumkin. Ko‘pchilik bolalar jarrohi ushbu
anomaliyani
himoya
kolostomiyasisiz
korrigirlaydi
va
bu
ko‘pincha
muvaffaqqiyatli bo‘ladi. Biroq chot infeksiyasi ba’zan anal anastomoz choklar
ochilishi, teshik retsidiviga olib keladi, bu, o‘z navbatida, sfinkter mexanizmi ham
aralashib qolishi mumkin bo‘lgan og‘ir fibroz o‘zgarishlar rivojlanishiga sharoit
yaratadi. Bu holatda optimal funksional natijalarga erishish imkoniyati yo‘qotiladi,
chunki takroriy operatsiyalar muvaffaqqiyatli o‘tkazilgan birlamchi muolaja kabi
ijobiy prognozni ta’minlay olmaydi. Mana nima uchun ikkinchi va yakunlovchi
bosqich sifatida keyinchalik cheklangan orqa sagittal plastika bilan himoyaviy
kolostoma qo‘yish tavsiya etiladi.
3. Эта аномалия встречается очень редко. Vaginal teshik. Nuqsonning bu
kam uchraydigan variantida to‘g‘ri ichak qinning yuqori yoki pastki qismi bilan
ulanar ekan, bu shaklning tashxisini faqatgina yangi tug‘ilgan qizchada mekoniy
qizlik plevasi orqali ajralganida qo‘yish mumkin. Gimenning orqa qismi sohasidagi
nuqson – tashxisni tasdiqlovchi yana bir to‘g‘ri omil.
4. Teshiksiz anorektal ageneziya davolash takikasi va prognoz borasida
anomaliyaning o‘g‘il bolalardagi xuddi shu variantiga to‘liq mos keladi, lekin qiz
bolalarda ancha ko‘p uchraydi.
5. Qiz bolalarda persistlaydigan kloaka – to‘g‘ri ichak, qin va siydik trakti
yagona kanalga qo‘shiladigan o‘ta murakkab nuqson. Tashxis klinik ma’lumotlar
asosida ishonch bilan qo‘yilishi mumkin. Uni anal teshigi atreziyasi bo‘lgan yangi
tug‘ilgan qizda genitaliyalar juda kichik o‘lchamlarga ega bo‘lganida shubha qilish
kerak. Jinsiy lablarni ehtiyotkorlik bilan ajratganda chotda yagona teshikni ko‘rish
183
mumkin. umumiy kanal uzunligi 1 sm dan 7 sm gacha bo‘ladi va jarrohlik
muolajasi texnikasi va prognoz munosabatida juda katta ahamiyatga ega. Agar
umumiy kanal uzunligi 3.5 sm dan oshsa, unda bu odatda, qinning mobilizatsiyasi
katta murakkabliklarni o‘zida namoyon etadigan, shuning uchun ba’zan qin
plastikasining turli usullarini qo‘llashga to‘g‘ri keladigan anomaliyaning eng og‘ir
varinati hisoblanadi. Umumiy kanal uzunligi 3,4 sm dan oshmaydigan holatlarda,
ko‘pincha laparotomiyasiz birlamchi radikal orqa sagittal plastika amalga
oshirilishi mumkin. Ba’zan to‘g‘ri ichak qin oxiri sohasida yuqorida ochiladi. Bu
holatda ichak mobilizatsiyasi uchun muolajani lapartomiya bilan to‘ldirish zarur.
Ko‘pincha qin keragidan ortiq cho‘zilgan va shilliq sekret (gidrokolpos) bilan
to‘ldirilgan. Ortiqcha cho‘zilgan qin siydik pufagi uchburchagini ezadi, bu
ko‘pincha megaureter rivojlanishiga olib keladi. Boshqa tomondan, o‘lchamlari
katta bo‘lga qin bo‘lishi uning plastikasini yengillashtiradi, chunki bunda
rekonstruksiya uchun foydalanish mumkin bo‘lgan to‘qimalarning yetarlicha
miqdori bo‘ladi. Klokala nuqsonlarda ko‘pincha devor yoki turli darajalarda
ifodalangan qin va bachadonning ikkilanishi uchraydi. Bunday holatlarda to‘g‘ri
ichak, qoidaga ko‘ra, ikki qin orasida ochiladi. Past kloakal nuqsonlarda dumg‘aza
odatda yaxshi rivojlangan, chot normal ko‘rinishda, mushaklar to‘g‘ri shakllangan
va innervatsiya buzilmagan. Mos ravishda, prognoz ko‘pincha ijobiy.
Aralash anomaliyalar. Bu guruhga har biri jarroh uchun juda murakkab
masalani o‘zida namoyon etadigan, davolash metodlari esa prognoz kabi ko‘p
variantli bo‘lgan anorektal nuqsonlarning noodatiy va g‘alati variantlari kiritilgan.
Albatta, aralashgan anomaliyalarda qandaydir yagona «retsept» bo‘lishi mumkin
emas. Har bir holat alohida individual yondashuvni talab qiladi.
To‘g‘ri ichak atreziyalari teshik shakllarining diagnostikasi Vangenstin-
Kakovich-Rays (16.14-rasm) bo‘yicha teshiksiz shakllar fistulografiyasi (16.13-
rasm) bilan amalga oshiriladi.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |