179
2. Anal stenozi anal teshigining tug‘ma siqilishini o‘zida namoyon etadi va
ko‘pincha so‘ngisining biroz oldinga siljishi bilan birga keladi. Bunda mekoniy
ingichka bo‘shliq ko‘rinishida ajraladi.
3. Anal membranasi. Nuqsonning bu kam uchraydigan ko‘rinishida anal
teshigi joyida ingichka membrane bo‘ladi va u orqali mekoniy ko‘rinadi. Davolash
bu membrananing rezeksiyasida yoki, zarur bo‘lganida – anoplastikadan iborat
bo‘ladi.
4. Rektouretral teshik uretraga uning pastki, yoy (bulbar) qismiga (16.10-
rasm) yoki yuqori (prostatic) bo‘limga ochilishi mumkin. Bevositda teshik ustida
to‘g‘ri ichak va uretra umumiy devor bilan ulangan, bu juda katta ahamiyatga ega
va operativ muolaja amalga oshirilganida hisobga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: