Savollar va javobi Amerika qit’asiga dastlabki odamlar qayerdan o'tgan?
0 Shimoliy Osiyodan
Amerika qabilalarining asosiy qismi nima bilan shug'ullangan?
0 Ovchilik va baliqchilik
Amerikada qaysi xalqlar o'zlarining davlatlarini barpo etganlar?
0 Mayya, Atstek, Kechua
Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida chakalakzorlar bilan qoplangan hududlarda qadimdan qaysi xalqlar yashab keladi?0 Mayyalar
Mayyalar hozirgi qaysi davlat hududida yashaganlar?0 Meksika
O’rta asrlarda mayyalarda yer kimning mulki bo’lgan?
0 Jamoa mulki hisoblangan
Mayyalarda eng og'ir ishlarni kimlar bajargan?0 qullar
Mayyalarda har bir shaharga kim hukmdorlik qilardi?0 buyuk kishi
Mayyalar davlati poytaxti qaysi shahar bo’lgan ?0 Chichen-Itsa
Mayalarning qaysi shahrida rasadxonasi bo’lgan?0 Chichen-Itsa
Qaysi davlatda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanish vaqtini hisoblab chiqqanlar?
0 Mayyalar davlatida
Kimlar tomonidan matematikana «nol»ni anglatuvchi belgi hindlardan oldin kiritilgan?
0 Mayyalar
Atsteklar davlati hozirgi qaysi davlat hududida bo'lgan?0 Meksika
Atsteklar davlati poytaxti?0 Tenochtitlan
O’rta asrlarda qaysi shaharga katta ko'l o'rtasidagi orollarda asos soladilar?0 Tenochtitlan
Tenochtitlan shahriga qachon asos solingan?
0 XII asrda
Kimlar sollarda «suzuvchi dalalar» yaratganlar?
0 Atsteklar
Qaysi davlatda hukmron qabila vakillaridan tlatoani - lashkarboshi saylanib, u oliy hukmdor bo'lishidan tashqari, bosh kohin vazifasini ham bajargan?0 Atsteklar davlatida
Qaysi davlatda yuqori lavozimlarni egallagan zodagonlar xizmatlari uchun maosh olganlar?
0 Atsteklar davlatida
O'rta asr Amerikadagi qaysi xalqlar urushlar paytida 150 ming kishilk qudratli qo'shin tuzish imkoniyatiga ega bo'lganlar?0 Atsteklar
12 Atsteklarda eng muhim ekin nima bo'lgan?
0 makkajo'xori
Atsteklar xo'jaligining asosi nima bo'lgan?
0 Dehqonchilik
Atsteklar xudolari orasida eng e’tiborlisi, qaysi xudo sharafiga hatto odamlar ham qurbonlik qilingan?0 Urush xudosi
O'rta asrlarda Amerikadagi qaysi shaharda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo'lgan?
0 Tenochtitlan
Qaysi shaharda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo'shiqchilar o'rtasida ko'rik- musobaqalar o'tkazilib, g'oliblar mukofotlangan?
0 Tenochtitlan
Janubiy Amerikaning And tog'lari yonbag'rida minglab kilometrga cho'zilgan vohalarda qaysi davlat vujudga kelgan?0 Inklar davlati
Inklar davlati poytaxti qaysi shahar bolgan?
0 Kusko
Kimlar kechua tillariga mansub xalq?
0 Inklar
XII-XIII asrlarda Kusko shahriga qaysi daryo havzasida asos solingan?
0 Urubamba daryosi
Inklar qaysi qabilalar yerlarini bosib olib And tog'laridan Tinch okeaniga qadar cho'ztlgan ulkan hududda o'z hokimiyatini o'rnatadilar?
0 Aymara va Chimu
Tauan Tinsiyyu (dunyoning to'rt tomoni) kimlarning davlati?
0 Inklar
Qaysi davlatni Sapa Inka (Oliy Ink) boshqargan?
0 Inklar davlati
Qaysi davlatda urushlar, hosilsizlik yillari yoki tabiiy ofatlar paytida, barcha jabrlanganlarga davlat zahirasidan makka doni va quritilgan kartoshka tarqatilgan?
0 Inklar davlati
Qaysi davlat viloyatlari orasida pochta xizmati o'rnatilgan?
0 Inklar davlati
Kimlarning o'ziga xos «tugunli xati» (kipu) bo'lgan?0 Inklar