Savollar va javobi
Mo'g'ullarning 1235 yilgi qurultoyida O'qtoy qoon (xon) Chingizxonning Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqidagi vasiyatini eslatib, to'planadigan qo'shinga kim yetakchilik qilishini e’lon qiladi?
0 Botuxon
Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan kim beriladi?
0 Subutoy
Botu va Subutoylar 1237 yilning kuzida rus yerlariga hujum qilib, dastlab qayerni bosib olishadi? 0 Ryazanni
Botu va Subutoylar tomonidan 1238-1240 yillarda bosib olingan Rus knyazliklarini ketma- ketlikda joylashtiring?
0 Vladimir, Suzdal, Kiev, Galich, Volin
Mo'g'ullar tomonidan 1241-1242 yillarda qaysi davlatlarning bir qismi egallanadi?
0 Chexiya, Vengriya, Polsha
Nechanchi yili O'qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Volgabo'yi dashtlariga qaytadi?
0 1243 yilda
Botuxon istilo qilgan Volgabo'yi, Shimoliy Qora dengiz sohillari, Shimoliy Kavkaz, Moldaviya hududlarida rus yozma manbalarida qanday nom olgan Jo'ji ulusi shakllanadi?
0 Oltin O'rda
Botuxon kimning o'g'li bo’lgan?
0 Jo'jining
1236-1255 yillarda Oltin O'rda xoni kim bo'lgan?
0 Botuxon
Qachon Oltin O'rda xonligi tashkil topgan?
0 XIII asrning 40-yillari boshida
1224 yilda Jo'ji ulusiga qayerlar kirar edi?
0 Shimoliy Xorazm va Shimoliy Kavkaz
Oltin O'rdada ijro hokimiyati boshlig'i kim bo’lgan?
0 Beklarbegi
Oltin O'rdada devon ishlarini kim boshqargan?
0 Vazir
Oltin O'rdada mahalliy boshqaruv kimlarning qo'lida bo'lgan?
0 Dorug'a va bosqoq
Oltin O'rda XIV asrdan necha katta viloyatga bo'linib, ular ulus nomini olgan?
0 4 ta
Oltin O'rda davlatida qo'shinni kim boshqargan?
0 Beklarbegi
Oltin O'rdada qaysi beklarbegilar hatto xonlarni ham o'z xohishlariga qarab tayinlaganlar?
0 No'g'ay, Mamay, Edigey
Mo'g'ullar qachon Rusning janubiy knyazliklarida aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazadi?
0 1248 yilda
Mo'g'ullar qachon Rusning shimoliy knyazliklarida aholini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazadi? 0 1257 yilda
Oltin O'rdada aholini ro'yxatga olinishining yakunida mamlakat aholisi nima deb nomlangan katta to'lovga tortiladi?
0 Chiqim
Oltin O'rdada aholidan shoshilinch yig'iladigan soliq qanday atalgan?
0 Talab
Oltin o'rdada soliq va bojlar to'lanishini kimlar nazorat etishgan?
0 Bosqoq
Mo'g'ullar imperiyasi bo'ylab tashkil etilgan yomlar - yo'l bekatlari qaysi davlatdan qabul qilingan?
0 Xitoydan
Mo'g'ullar bilan tinchlik siyosatini Vladimir boshlab kim davom ettirgan?
0 Aleksandr Yaroslavich
Eronda mo'g'ullar davlatini kim tuzgan?
0 Xuloku
Xuloku va uning vorislari Oltin O'rda bilan qayerga egalik qilish masalasida raqobatlasha
boshlaydi?
0 Kavkaz ortiga
Qachon Botuxonning ukasi Berkaxon vafot etadi?
0 1266 yilda
Xuloku ulusiga qarshi kurashda Oltin O'rda qayerning sultoni bilan ittifoq tuzadi?
0 Misr
Qachon Oltin O'rda davlati o'z qudratining cho'qqisiga erishadi?
0 XIV asrning birinchi yarmida
Oltin O'rda davlati o'z qudratining cho'qqisiga erishishi kimlarning faoliyati bilan bog'liq? 0 O'zbekxon va Jonibek
1312-1342 yillarda Oltin O'rda xoni kim bo'lgan?
0 O'zbekxon
1342-1357 yillarda Oltin O'rda xoni kim bo'lgan?
0 Jonibek
1314 yilda Oltin O'rdaning qaysi xoni islomni davlat dini deb e’lon qiladi?
0 O'zbekxon
Oltin O'rdada kimning davri shaharsozlikning yuksalishi bilan xususiyatlanadi?
0 O'zbekxon
Oltin O'rda davrida Rossiyada 100 tadan ortiq shaharlar vujudga kelgan bo'lib, ularning qaysilari hozir ham mavjud?
0 Tula, Tyumen, Azov, Astraxan
XIV asrning o'rtalarida kim Oltin O'rdani yana o'n besh yilga birlashtiradi?
0 To'xtamish
Amir Temur Jo'ji ulusiga qarshi necha marta yurish qiladi?
0 3 marta
To'xtamishning Amir Temurdan Shimoliy Kavkazdagi nechanchi yilgi mag'lubiyati Saroy, Saroy Berka, Astraxan shaharlarining vayron etilishiga sabab bo'ladi?
0 1395 yilda
Oltin O'rda XV asrning birinchi yarmida qaysi xonliklarga bo'linib ketadi?
0 Qrim, Sibir, Qozon, Qozoq, No'g'ay
037-Xitoy XIII-XV asrlarda (24)
Do'stlaringiz bilan baham: |