Savollar va javobi
Milodiy V asr oxiridan XV asr oxirigacha bo'lgan davr nima deb ataladi?
0 O'rta asrlar tarixi
O'rta asrlar tarixi nechta yirik davrga bo'linadi? 0 2 ta
O'rta asrlarning birmchi davri qaysi asrlarni o'z ichiga oladi? 0 V-XI asrlarni
O'rta asrlarning ikkinchi davri qaysi asrlarni o'z ichiga oladi? 0 XI-XV asrlarni
O'rta asrlar tarixiga oid manbalar necha asosiy turga bo'linadi? 0 2 ta
Qachon Xitoyda kitob bosish dastgohlari yaratilgan? 0 XI asrda
Qachon Yevropada kitob bosish dastgohlari yaratilgan?
0 XV asrda
O'rta asrlar moddiy manbalariga nimalar kiradi?
0 Kiyim-kechak va taqinchoqlar, uy-joylar va jihozlar, haykallar, suratlar, amaliy san’at namunalari, tanga-chaqalar
Qaysi asrlar Yevropa tarixiga «Xalqlarning buyuk ko'chishi» nomi bilan kirgan?
0 IV-VI asrlar
«Xalqlarning buyuk ko'chishi» jarayonini kimlar boshlab bergan?
0 Xunnlar
«Xalqlarning buyuk ko'chishi» ga nima sabab bo'ldi?
0 Barcha j avoblar to'g' ri
Nechanchi asrdan boshlab Yevropada iqlim soviy boshlagan?
0 II asrdan
Yevropada iqlimning sovishi nechanchi asrga kelib ekinzorlarni qo'riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni botqoqlikka aylantiradi?
0 V asrda
Rim imperiyasining shimoliy chegaralari bo'ylab joylashgan varvar qabilalari II-IV asrlarda ... yashar edilar?
0 Urug'chilik jamoasi darajasida
Qadimgi german qabilalari (franklar, vestgotlar, ostgotlar, vandallar, burgundlar, langobardlar) qayerda joylashganlar?
0 Reyn va Elba daryolari havzasida
Germanlarning asosiy mashg'uloti dastlab nima bo'lgan?
0 Chorvachilik
Nima uchun Germanlarda erga ishlov berish ayollar va qariyalarning yumushi hisoblangan?
0 Erkaklarning asosiy mashg'uloti urush bo'lgani uchun
Germanlarda qaysi jarayon mehnat unumdorligi va olinadigan hosilni oshirgan?
0 Omochdan temir plugga o'tilishi
Rimliklar noma’lum tilda gaplashadigan xalqlarni nima deb ataganlar?
0 Yuliy Sezar F) Eyngard G) Tatsit H) Arrian
«Germaniya» asari kimning qalamiga mansub?
0 Tatsit
Germanlarda qachondan yerlarni almashtirib ekish yo'lga qo'yilgan?
0 IV asrdan
Germanlarda II-IV asrlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari taraqqiy etgan?
0 To'qimachilik, yog'ochsozlik, zargarlik, teri-ko'nchilik
Germanlarda ichki savdoda eng muhim ashyo nima hisoblangan?
0 Temir buyumlar
German qabilalari qo'shnilari rimliklarga nimalar etkazib bergan?
0 Qullar, chorva mollari, teri, qahrabo
German qabilalari rimliklardan nimalar olishgan?
0 Nafis gazlamalar, sopol idishlar, zeb-ziynat buyumlari, vino
Germanlar jamoasi davlat vujudga kelgunga qadar qaysi bosqichni boshidan kechirgan?
0 Urug'chilik jamoasi
Qachon germanlar jamoalarida ijtimoiy va mulkiy tengsizlik boshlangan?
0 IV asrda
Qattiq, qatronli (smolali) va tiniq sariq rangli ma’dan nima?
0 Qahrabo
Germanlarda qabila boshlig'i, zodagonlarning oliy vakili, normann qabilalarida harbiy yo'lboshchi nima deb ataladi?
0 Konung
German qabilalari nechanchi asrlarda keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshladilar?
0 IV-V asrlarda
Germanlarning eng katta qabilalari?
0 Alleman, got, frank
Germanlarda qachon ayrim qabila boshliqlari Rim noiblariga yollanma harbiy xizmatga o'ta boshlaydilar?
0 IV asrda
Dastlabki varvarlar davlati bu...?
0 Vestgot qirolligi
V asr boshlarida Pireneya yarimoroli va Galliyaning bir qismida tashkil topgan varvarlar davlati?
0 Vestgot qirolligi
Vandallar qayerni bosib olib o'z davlatini tuzganlar?
0 Shimoliy Afrika
Ostgotlar qayerni bosib olib o'z davlatlarini tuzganlar?
0 Italiya
Franklar qayerni bosib olib o'z davlatlarini tuzganlar?
0 Galliya
Anglo-sakslar qayerni bosib olib o'z davlatini tuzganlar?
0 Britaniya
Qachon G'arbiy Rim imperiyasi quladi?
0 476 yilda
002-Franklar ijtimoiy tuzumi va davlatining vujudga kelishi (31)
Do'stlaringiz bilan baham: |