Terrorizm tushunchasi Xalqaro terrorizm Terroristik tashkilotlar



Download 0,93 Mb.
bet1/2
Sana01.12.2022
Hajmi0,93 Mb.
#876484
  1   2
Bog'liq
urinov 1




Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar
Reja:

  1. Terrorizm tushunchasi

  2. Xalqaro terrorizm

  3. Terroristik tashkilotlar

  4. Bugungi kunda terrorizmga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.


Terrorizm–jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qo`rquv uyg`otishga qaratilgan siyosiy kurashning o`ziga xos usulidir. U yashirin ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo`llaniladi. Terrorchi uyushmalar ommaviy bo`la olmaganligi uchun ham ko`p hollarda aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg`otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Terrorizmning eng asosiy xususiyatlardan biri bunday harakat tarafdorlarining “zo`rlik davlatni parokandalikka olib keladi”, degan g`oyaga asoslanib harakat qilishlariga yaqqol ko`rinadi. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo`lmayotgan, tinchlik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko`rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda siyisiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga intilishda ko`rinadi. Bunday siyosiy masalalar o`z navbatida hududiy, etnik, diniy yoki boshqa shakl-u shamoyil kasb etishi mumkin. Ma`lumotlarga ko`ra, 20002006-yillar orasida dunyoning 112 mamlakatida 14 ming 934 ta terrorchilik amaliyoti sodir etilgan.
Terrorizm- G’arb madaniyatidagi “irhob-terrorizm” tushunchasining ma’nosi haqida Qohira Dorulfununi o’qituvchisi doktor Yahyo Abdulmubdiy shunday deydi: “”Irhob” so’zi ingliz tilida “terror” so’ziga “ism” qo’shimchasini qo’shish bilan (terrorism) “qo’rquv”, “dahshat” ma’nolarini ifodalaydi. Agar “terrorize” fe’li shaklida iste’mol qilinsa “qo’rqitdi”, “dahshatga soldi” ma’nolarini bildiradi”

“Terrorizm” istilohi ilk bor G’arb madaniyatida jumhuriyatchi Yakobinchilar davrida, tarixiy Fransiya burjua inqilobi ushbu inqilobga qarshilik ko’rsatgan burjua tarafdorlari bilan qirol tarafdorlari o’rtasidagi ittifoqqa qarshi qo’llagan kuch ishlatish siyosati uchun iste’mol qilingan. “Reign of Terror” deb nomlangan bu terrorchilik oqibatida 300 000 (uch yuz ming)dan ortiq shubhali odam qamaldi, 17 000 (o’n yetti ming) kishi qatl etildi va minglab begunoh kishilar qamoqxonalarda tergovsiz, mahkamasiz o’lib ketdi.
Ba’zilar “terrorchilik” istilohi tarixning bundan-da qadimroq davrlarida ham iste’mol qilinganini taxmin qilishadi. Ularning fikricha, terrorchilik bashariyat tarixining har bir davrida jahonnning barcha davlatlarida bo’lgan va bo’lib kelmoqda. Yunonlik tarixchi Ksenofon (Xenophon – meloddan avval (m.a.) 430-349 yy.) G’arb madaniyati haqida so’z yuritar ekan, ruhiy ta’sirlarning urushga, terrorchilikning esa xalqlarga o’tkazadigan ta’siri haqida to’xtalib o’tadi.

  • Tiberius (Tiberius – 14-37 yy.) va Kaligula (Caligula – 37-41 yy.) singari ba’zi Rim hukmdorlari o’z saltanatlariga qarshi bo’lganlarni bo’ysundirish uchun zo’ravonlik, mol-mulklarni musodara qilish va o’lim jazosini qo’llar edilar.

  • Germaniyada Adolf Gitler tuzgan fashistlar hukumati, Sovet Ittifoqida Iosif Stalin boshliq kommunistlar hukumati kabi ba’zi hukumatlar terrorchilikni o’z siyosiy rejalarining ajralmas bir bo’lagi deb hisoblaganlar. Shuning uchun ham, iqtisodiy, siyosiy va madaniy manfaatlarni ro’yobga chiqarish uchun g’oyaviy-ideologik pardalar ortida davlat terrorchiligini amalga oshirganlar.

  • Jahonda yuzlab terrorchilik uyushmalari mavjud. Ular ichida eng ko’zga ko’ringanlari: Olmoniyadagi “Bader maynxuf”, Italiyadagi “Qizil gvardiya”, Yaponiyadagi “Qizil Armiya”, Irlandiyadagi “Respublikachilar Armiyasi”, Perudagi “Nurli tuproq” va Bask orolidagi “ETA” uyushmasi. “ETA” – g’arbliklarning aytishicha, yigirmanchi asr tarixidagi eng mashhur terrorchilik uyushmasi hisoblanadi.

Amerika Qo’shma Shtatlari ham qora tanlilarni va o’zgacha fikrlovchilarni yo’q qilish bilan dong taratgan “Kukluksklan” tashkiloti kabi jahondagi yuzlab terrorchilik uyushmalariga in bo’lib kelgan.
Yahudiylar ham tarixdagi ilk terrorchilik uyushmalarining o’chog’i bo’lib, jahondagi eng mashhur “Hagana”, “Argun” va “Shtern” nomli terrorchilik tashkilotlarini tuzgan xalqdir.Hatto Isroil davlatining o’zi – bashariyat uchun benazir terrorchilik timsoliga aylanib qoldi.Bu haqiqatni ochiq idrok etish uchun Isroil davlati tashkil topganidan beri qo’l urgan og’ir jinoyatlarga bir nazar tashlash kifoya.


  • Sosiolog Aleks Shmidtning terrorchilik tushunchasiga oydinlik kiritish uchun yuzta mutaxassis va olimga bergan savollariga olgan javoblar, uning siyosiy terrorchilik haqida yozgan kitobida (1983 yil) mavjud. Uning so’rovlariga mazkur mutaxassislar bergan javoblarning mushtarak xulosasi quyidagicha:

-terrorchilik – aniq cheklangan mohiyatga ega bo’lmagan tushunchadir;
Bir ta’rifning o’zi bu istilohning barcha ma’nolarin iqamray olmaydi;
Turli ta’riflar terrorchilikning turli qismlariga mushtarak bo’lib, u kimga qaratilgan ekaniga va qurbonlariga qarab belgilanadi.
“Robitatul Olamil Islamiyya” (IslomOlamiLigasi) qoshidagi Islomiy Fiqh Uyushmasi “terrorchilik”ni: “Terrorchilik – shaxslar yoki jamoatlar yoxud davlatlar tarafidan insonning dini, qoni, aqli, moli va nomusiga qarshi ishlatiluvchi zo’ravonlikdir. Terrorchilik – qo’rqitish, ozorlash, tahdid solish,
Nohaq o’ldirish va Yer yuzida buzg’unchilik yoyishning barcha turlarini o’zichiga oladi ”- deb ta’rifladi.

Bundan tashqari, g’arblik mutafakkir olimlar va tashkilotlar “terrorchilik” haqida o’nlab ta’riflaraytgan bo’lib, ularning barchasi
“Siyosiy maqsadlarni ro’yobga chiqarish yo’lida qonuniy bo’lmagan kuch va tahdidni ishga solish” ta’rifida mushtarakdir.
Shunda yolimlardan biri JonatanUayt,
Terrorchilikka oid mavzuga kirishishishdan avval (1991-yil) uni siyosiy yo’nalishlar tarafidan tushunish bilan kifoyalanmasligimiz zarurligini uqtiradi.Chunki sosiologiya fani bu mavzuga katta e’tibor bermoqda va terrorchilik tushunchasining yagona ta’rifi yo’q ekanini ta’kidlamoqda.
Shuning uchun ham Jonatan Uayt terrorchilikni turli ta’riflarni o’z ichiga olgan o’lchovlar bilan ta’riflash kerak, deb taklif qiladi:
terrorchilikning oddiy va sodda ta’rifi.
Ya’ni, “xavf tug’dirish va yo’nalishni o’zgartirish maqsadidagi zo’ravonlik va tahdid”;
terrorchilik ta’rifi uchun qonuniy qolip-o’lchov. Ya’ni, “terrorchilik – qonunni poymol qiladigan va davlat tarafidan jazolashni taqozo etadigan jinoiy zo’ravonlik”;
terrorchilikning tahliliy ta’rifi.
Ya’ni, har bir terrorchilik ortida turgan muayyan ijtimoiy va siyosiy omillar;
davlatning terrorchilikni himoya qilishi ta’rifi. Ya’ni,
ayrim guruhlarning ayrim davlatlar panohida boshqa davlatlarga hujum qilish uchun terrorchilik qilishlari; davlat terrorchiligi uslubi.
Ya’ni, davlat hukumatining o’z fuqarolariga nisbatan terrorchilik foliyatida bo’lishi. (Isroil bunga yaqqol misol bo’la oladi).
Xalqaro terrorchilikning yoyilishiga yordamchi bo’lgan bu omillardan tashqari, hozirda yangi omillar ham paydo bo’lganki, ular terrorchilikning xalqaro xatarlarini yanada oshiradi. Masalan:
ko’plab davlat va hukumatlarning xalqaro terrorchilik uyushmalari bilan hamkorlik qilishi, xalqaro terrorchilik uyalari va tizimining saraton kasalligidek yopirilishi, bu uyushmalarning yangi va rivojlangan telekommunikasiya tizimidan ma’lumotlar to’plash uchun ustalik bilan foydalanishi hamda taraqqiy topgan ilmiy jihozlar bilan ta’minlanishi kabi. Bu uyushmalarning barchasi g’arb terrorchilik uyushmalari bo’lib, ularning a’zolari Islom diniga mansub emasdir.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish