Bog'liq 10-Mavzu. Terrorizm va aholi muhofazasi. Reja
Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari. Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo`lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining osoyishta diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o`rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va qilmishlar yig`indisidir. Halqaro terrorizm XX asrning 60-70 yillariga kelib o`zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o`z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko`rsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obro`ga ega bo`lgan siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug`ullana boshladilar. 80 yillarga kelib halqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.
Xalqaro terrorizm o`zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan:
mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;
ekstremistik guruhlar tarkibida qo`poruvchilik harakatlari bo`yicha horijlik yollangan kishilarning qatnashishi;
ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko`rish;
qo`poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamida xalqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish.
Bulardan ko`rinadiki, xalqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo`liga yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish xavfi kuchaydi, bunday holat jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo`ydi.
1977 yilda katta "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida xalqaro terrorizmga qarshi kurash to`g`risida bayonot qabul qilindi. Halqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo`lib keldi. Chunki xalqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi.
Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq savdosidan foyda ko`ruvchi jinoiy to`dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo`ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan mahsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo`yishga hamda hokimiyatga qarshi muqolifatni shakllantirishga harakat qildi.
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko`rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizm ko`rinishlariga qaratilgan ko`plab xalqaro bitimlarning: "Havo kemalarini qonunga hilof ravishda egallab olishga qarshi kurashish to`g`risida"gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to`g`risida"gi 1971 yildagi Monreal Konventsiyaning; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to`g`risida"gi 1973 yildagi konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to`g`risida"gi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShHT) ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasi faoliyat ko`rsata boshladi.