Qii = Q (b)
(a) va (b) tengliklami o’zaro taqqoslab, issiqlik balansi tenglamasini yozish mumkin:
Qii=Q1+Q2+Q3+Q4+Q5
Foydalaniladigan issiqlik. Issiqlik balansi tenglamasini ish yoqilisining quyi yonish issiqligiga nisbatan foizlarda ifodalash mumkin:
q1+q2+q3+q4+q5=100%
bug’nda
O’txonada yoqili yonganda olingan issiqlikdan foydalanish darajasi qozon agregatining f.i.k. ga qarab aniqlanadi:
k.a=q1%=100%—( q2+q3+q4+q5)100% (v)
Hozir ishlatiladigan qozon agregatlarida k.a=85—94 % (agregat uchun sarflangan energiya hisobga olinmaganda).
Tenglama (v) dan ko’rinib turibdiki, issiqlik isroflari kamayishi bilan qozon agregatining f.i.k. ortadi.
Issiqlik isroflari. CHiqib ketayotgan gazlar bilan issiqlikning isrof bo’lishi q2 eng katta isrof bo’lib, asosan, chiqib ketayotgan gazlarning harorati va ortiqcha havo koeffitsiyentiga boliq. CHiqib ketayotgan tutun gazlarning hisobiy harorati qanchalik yuqori bo’lsa, issiqlik shunchalik ko’p isrofbo’ladi. hozirgi paytda qozon qurilmalarini loyixalashda chiqib ketayotgan tutun gazlarning hisobiy harorati 120—170 °C ga teng deb qabug’l qilinadi. Unumdorligi katta bo’lgan agregatlarda issiqlikning chiqib ketayotgan gazlar bilan isrof bo’lishi 3—7 % ni tashkil etadi. Suv va havo qizdirgichlari bo’lmagan qozonlarda 20—30 % ga yetadi.
Issiqlikning chiqib ketayotgan gazlar bilan isrof bo’lishi ortiqcha havo koeffitsiyenti a ga to’ri proporsional bo’ladi. o’txonaga qanchalik ko’p havo kirsa, chiqib ketayotgan gazlarning hajmi shunchalik katta bo’ladi va ular o’txonadan shunchalik ko’p issiqlikni olib chiqib ketadi.
Biroq, ortiqcha havo koeffitsiyentining kichik bo’lishi issiqlikning ximiyaviy to’liq yonmaslik hisobiga isrofbo’lishiga olib keladi.
YOqili to’la yonganda lining eng tejamli yonishi uchun ortiqcha havo koeffitsiyentining kattaligi quyidagicha bo’lishi tavsiya etiladi.
YOqili
|
Ortiqcha havo koeffitsiyenti a
|
YOqili
|
Ortiqcha havo koeffitsiyenti
|
Gaz
|
1,05—1,15
|
Turli hil ko’mirlarni qatlamlab yoqish
|
1,25—1,35
|
Ko’mir changi va mazut
|
1,15—1,25
|
|
|
Ximiyaviy to’la yonmaslikdan bo’ladigan issiqlik isroflari q3 ga o’txonada havoning umuman yetishmasligi yoki yoqilining havo bilan yomon aralashishi natijasida shu joyda havoning yetishmasligi sabab bo’ladi.
Mexanikaviy to’la yonmaslikdan bo’ladigan issiqlik isroflari q4 kolosnik cho’donlarning teshiklaridan to’kilib qozon agregatlaridan kul va shlak bilan birga hamda tutun gazlari bilan birga chiqib ketadigan yoqilining yonib bo’lmagan zarralari miqdoriga boliq.
Kamerali o’txonada qattiq yoqilini yoqishda isroflar yiindisi q3+q4 1— 7% ni tashkil etadi. Mazut va gazni yoqishda ximiyaviy to’la yonmaslikdan bo’ladigan isroflar 1—1,5 % ni va mexanikaviy to’la yonmaslik bo’lmaganda 0,5—3% ni tashkil etadi. Qatlamli o’txonalarda ximiyaviy va mexanikaviy to’la yonmaslikdan bo’ladigan isroflar 6—14% ni tashkil etadi.
O’txona devorlarining issiqlik izolyatsiyasi orqali issiqlik kam isrof bo’ladi va hozirgi yirik qozon agregatlari uchun 0,5—1,3% ni tashkil etadi. Mayda qozonlar uchun bug’ isroflar 3,5% gacha va undan ko’p bo’ladi.
Hozirgi katta quvvatii qozonlarning boshlangich sxemasi silindr shaklidagi oddiy qozon edi. Sunday qozon isht devor ichiga joylashgan ikki tubli silindr (baraban) dan iborat. Baraban tagiga yoqili qo’lda tashlanadigan o’txona joylashgan.
Qozon xavfsiz ishlashligi uchun elementar armatura: manometr, suv sathini ko’rsatadigan oyna va saqlagich klapanlar bilan ta׳minlangan.
Bug’nday qozonlarning o’lchamlari katta va ko’p suv keti shiga qaramay, isitish sirtlari kichik, unumdorligi kam va bug’ parametrlari juda pats edi. Taxminan XIX asming boshlarida rivojianib kelayotgan sanoat uchun mavjud tsilindrsimon qozonni qayta qurish va takomillashtirish zarur edi. Uning unumdorligini oshirish uchun qozonning isish sirtini kattalashtirish va suv hajmini kamaytirish lozim edi. Qozonlarni takomillashtirish ikki yo’nalishda bordi: birinchidan, gaz—trubali, ikkinchidan esa suv—trubali qozonlar yaratildi. Gaz—trubali qozon suv to’ldirilgan silindr bo’lib, unga ichidan qizigan gazlar o’tadigan trubalar joylashtirilgan.
Suv—trubali qozonlarda truba ichidan suv hamda bug’—suv aralashmasi oqib o’tadi, trubaning tashqi devorlarini esa qaynoq gazlar yuvib o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |