Termodinamika” fanidan o`quv- uslubiy majmua


Majburiy konvektsiyada issiqlik berilishi



Download 4,79 Mb.
bet61/182
Sana11.04.2022
Hajmi4,79 Mb.
#543693
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182
Bog'liq
маъруза-мажмуа

Majburiy konvektsiyada issiqlik berilishi


Majburiy harakatlanishda issiqlik berilish jadalligi, asosan muhitning (suyuqlik yoki gazning) harakatlanish tavsifi bilan aniqlanadi.
Amalda ko‘pincha turbulent harakat uchraydi, bunda issiqlik berish koeffitsienti laminar harakatdagiga qaraganda ancha katta bo‘ladi. Re soni kattalashganda ya’ni turbulentlik jadalligi ortganda suyuqlik bilan devor orasida issiqlik almashinuvi kuchayadi. Issiqlik almashinuvi muhit yuvib o‘tayotgan sirtning shakliga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Oqim hech qaerda yuvib o‘tilayotgan sirtdan ajralmasa, bunday oqim uzilmas oqim deyiladi. Agar tizimda keskin o‘zgaradigan egri-bugriliklar yoki kattalashib boradigan kanallar, keskin burilishlar va shunga o‘xshashlar bo‘lsa, u holda ba’zi joylarda oqim sirtdan ajraladi, ya’ni uzilib oqish paydo bo‘ladi. Bugungi kunda uzilmay oqish jarayoni deyarli to‘liq o‘rganilgan bo‘lib, turli sirtlar uchun har xil hisoblash formulalari mavjud. Uzilib oqish jarayoni esa, sodda hollar (silindr, shar va quvurlar to‘plamini yuvib o‘tishda) uchun o‘rganilgan. Majburiy konvektsiyada laminar oqim ikki xil bo‘lishi mumkin – qovushoqli va qovushoq – gravitatsion. Qovushoqli oqishda, qovushoqlik kuchlari ko‘tarish kuchlaridan ustun turadi. Bu oqishda tabiiy konvektsiya bo‘lmaydi va kanal devorlariga issiqlik faqat issiqlik o‘tkazuvchanlik usuli bilan uzatiladi.
Qovushoq–gravitatsion oqishda ko‘tarish kuchlari hisobga olinadi va bu holda suyuqlikning majburiy harakati tabiiy konvektsiya bilan birgalikda ro‘y beradi.
Buning natijasida oqimning laminarligi buziladi. Bunday oqishda issiqlik ham issiqlik o‘tkazuvchanlik, ham konvektsiya yo‘li bilan uzatiladi.
Re=2103104 bo‘lganda oraliq oqish kuzatiladi va Re>104 da oqish turbulent bo‘ladi. Bu ikki harakat bir-biridan, GrPr ko‘paytmaning qiymatiga qarab farqlanadi.
GrPr>8105 bo‘lsa, oqish tartibi qovushoq – gravitatsion bo‘lib, bu hol uchun quyidagi formula o‘rinli bo‘ladi:

Nu=0,15 Re0,33Pr0,43(GrPr)0,1(Pr/Prg)0,25 (9.45)


Bu tenglamada aniqlovchi o‘lcham sifatida ekvivalent diametr, aniqlovchi temperatura sifatida suyuqlikning o‘rtacha temperaturasi olingan.


Tomchi suyuqliklar uchun, ularni devordan isishidagi issiqlik berish koeffitsienti is, har doim sovishidagi issiqlik berish koeffitsienti sov dan katta bo‘lishi tajribalardan aniqlangan. is – sov ayirma, temperatura bosimi tg– ts ko‘payishi bilan ortadi. Bu holat, kriterial tenglamaga (Pr/Prg)0,25 ko‘paytmani kiritish bilan e’tiborga olinadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, Rrg devorning o‘rtacha temperaturasida hisoblanadi. Bu kattalik suyuqliklar uchun 0,5 –2 ga, gazlar uchun esa 1 ga teng. (9.45) formulani, agar quvurning issiqlik barqarorlashgan qismi uzunligi l 50d bo‘lsa, barcha suyuqliklar uchun qo‘llash mumkin. Uzunligi 50d dan kichik bo‘lgan kalta quvurlar uchun (9.45) formuladan aniqlangan , tuzatish koeffitsienti l ga ko‘paytiriladi. l koeffitsientning son qiymati l/d ga quyidagicha bog‘liq.


l/d ……… 1 2 5 10 15 20 30 40 50
l ……… 1,9 1,7 1,44 1,28 1,18 1,13 1,05 1,03 1.

Issiqlik tashuvchining quvur va kanaldagi oraliq oqimi tartibi (23004 bo‘lgandagina rivojlangan turbulent harakat hosil bo‘ladi. Bunda suyuqlik zarralarining aralashish jarayoni shunchalik jadal kechadiki, natijada turbulent oqim yadrosining kesimi bo‘yicha temperatura deyarli o‘zgarmas bo‘lib turadi. M. A. Mixeev turbulent oqim usulida quvurlardagi issiqlik berilishini hisoblash uchun quyidagi formulani taklif etdi:


Nu=0,021 Re0,8Pr0,43(Pr/Prg)0,25 (9.46)


Bu formulada aniqlovchi o‘lcham sifatida ekvivalent diametr, aniqlovchi temperatura sifatida suyuqlikning o‘rtacha temperaturasi qabul qilingan. Havo uchun, agar Pr=0,7 deb hisoblasak, (9.46) tenglama quyidagi ko‘rinishga keladi:


Nu=0,018 Re0,8 (9.46)


(9.47) formula turli xil issiqlik tashuvchilar: suyuqliklar, gazlar, o‘ta qizigan bug‘lar uchun l/d  50 , Re=1045106 va Pr=0,6250 bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Agar kanalning uzunligi l< 50dekv bo‘lsa, (9.46) formuladan hisoblangan  tuzatish koeffitsienti l ga ko‘paytiriladi. l koeffitsientning qiymati 9.6-jadvaldan olinadi.


Tuzatish koeffitsienti l ning l/d ga bog‘liqligi.
9.6 -jadval.

Re

l ning /d quyidagicha bo‘lgandagi qiymati

1

2

5

10

15

20

30

40

50

104

1,65

1,5

1,34

1,23

1,17

1,13

1,07

1,03

1

2104

1,51

1,4

1,27

1,18

1,13

1,10

1,05

1,02

1

5104

1,34

1,27

1,18

1,13

1,10

1,08

1,04

1,02

1

105

1,28

1,22

1,15

1,1

1,08

1,06

1,03

1,02

1

106

1,14

1,11

1,08

1,05

1,04

1,03

1,02

1,01

1

Issiqlik tashuvchining bukilgan quvurlarda oqishida, issiqlik berish jarayoni markazdan qochirma kuchlarning oqimga ta’siri tufayli murakkablashib ketadi.
Uning ta’siri (9.46) formulaga tuzatish koeffitsienti R ni kiritish bilan hisobga olinadi. Ilonizisimon quvurlar uchun  R quyidagi nisbatdan aniqlanadi:
R=1+1,77 d/R,
Bu yerda R –bukilish radiusi; d – quvur diametri.
Ma’lumki, ko‘pgina issiqlik almashinuv apparatlarida (havo isitkich, suv ekonomayzeri va hokazo) quvurlar oqimga nisbatan ko‘ndalang joylashgan bo‘ladi. 9.10-rasmda suyuqlik quvurni ko‘ndalangiga qamrab olayotgan manzarasi tasvirlangan.




Download 4,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish