5-ma’ruza. Fizik sath texnologiyalari. Reja



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#531277
  1   2   3   4
Bog'liq
5-maruza. Fizik sath texnologiyalari.



5-ma’ruza. Fizik sath texnologiyalari. 
Reja 
1.
Aloqa chiziqlari va ularning xarakteristikalari. 
2.
Ma’lumotlarni kodlash va multiplekslash. Raqamli 
ma’lumotlarni uzatishda qo’llaniladigan kodlash 
usullari. 
3.
Analog va diskret signallarni modulyatsiyalash.
4.
Birlamchi tarmoqlar PDH, SONET/SDH va DWDM. 
5.
Ma’lumotlarni simsiz uzatish. Simsiz tizimlar va ularning xillari. 
Tayanch 
so’zlar:Aloqa chiziqlari Plezioxron raqamli iyerarxiya 
(Plesiochronous digital hierarchy), SONET/SDH tarmoqlari, DWDM tarmoqlari, 
OTN tarmoqlari, Frame Relay, ATM texnologiyasi (ATM technology). 
 
1.
 
Aloqa chiziqlari va ularning xarakteristikalari. 
Axborotlarni uzatish uchun xizmat qiladigan vositalar to’plami quyidagilar: 
axborotlar uzatgichi, aloqa kanali va axborotlar qabul qiluvchi birligi hisoblanadi. 
Axborotlarni qabul qiluvchi va uzatuvchi sifatida kompyuterlarni bevosita aloqa 
liniyalariga ulanishini ta’minlaydigan ma’lumotlarni uzatish apparaturasidir. Bular 
modemlar (telefon liniyalari uchun) va tarmoq adapterlari hisoblanadi. 
Kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni fizik uzatish muhiti signallar 
uzatiladigan elektr va optik o’tkazgichlar (o’tkazish muhiti), shuningdek, yer 
yuzidagi va sun’iy yo’ldoshli aloqa radiokanallar tarzidagi simsiz muhit hisoblanadi. 
Ishlatiladigan chastota diapazoni va kanalning uzunligi bilan farqlanadigan ko’pllab 
xilma-xil radiokanallar turlari mavjud. Kompyuter tarmoqlarida ham o’tkazgichli, 
ham simsiz muhitlar qo’llaniladi. Hozirgi kunda Ethernet standartidagi mobil 
kompyuter tarmoqlari texnologiyalari rivojlanmoqda. Ko’p hollarda, xususan, 
global va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar qanday oraliqda 
ma’lumotlar o’tkazgichlar orqali emas, simsiz radiokanallar va sun’iy yo’ldoshli 
aloqa kanallari orqali uzatilishini har doim ham bilishmaydi. 
Kabelli aloqa liniyalari kengroq tarqalgan. Kompyuter va telekommunikasion 
tarmoqlarda bir necha turlardagi kabellar qo’llaniladi.
Ekranlashtirilmagan o’rama juft UTP (Unshielded Twister Pair); 
Ekranlashtirilgan o’rama juft STP (Shielded Twister Pair); 


Koaksial kabel (“yo’g’on yoki “ingichka”); 
Optik tolali kabel. 
Koaksial 
kabellar 
(coaxial 
cable), 
ular 
televizion 
antennaga 
juda 
o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil 
qilishda foydalaniladi. 
Bunday kabellar to`rt qatlamdan tashkil topgan bo’ladi: uning eng ichki 
qatlami metall simdan iborat. Bu izolyastiya bilan o`ralgan bo’lib, u 2-qatlamini 
tashkil qiladi. 3-qatlam izolyastiyasi yupqa metall ekran bilan qoplangan 
bo’ladi. Ekran egiluvchan o`ki, ichki sim egiluvchanlik o`ki bilan ketma-ket 
tushadi. Shuning uchun xam koaksial sim deyiladi. Turtinchi qatlam plastik 
qatlamdan iborat bo’lib, u uchta qatlamni qoplaydi. 
Keyingi paytda keng rivojlangan kabel televideniesida ishlatiladigan sim 
koaksial simdir. Kabel televideniesi yordamida bir kancha kanallar orkali 
kursatuvlar berilishining sababi xam koaksial simlar orkali bir paytda bir kancha 
turli signallarni uzatish imkoniyati borligidandir. Bunda xar bir signal turiga 
bittadan kanal mos keladi. Xar bir kanal uz chastotasida ishlaydi, shuning uchun ular 
oralikda bir-biridan mustaqil xisoblanadi. 
Koaksial simning asosiy afzalligi, uning katta kenglikda ishchi chastotalariga 
ega bulganligi tufayli katta xajmdagi ma’lumotlar okimini yuqori tezlikda uzatishi 
mumkinligidadir. Bu imkoniyat yuqori tezlik bilan ishlaydigan lokal kompyuter 
tarmoqlarini yaratish imkoniyatini beradi. 
Koaksial simlarning ikkinchi afzalligi ularning turli tashki karshiliklarga 
chidamliligi va nisbatan uzoq masofalarga ma’lumotlarni (signal shaklidagi) 
uzatishi mumkinligidadir.Koaksial simlari uchun qabul kilingan andozalar 
mavjud bo’lib, u Internet kompyuter tarmogi uchun Internet yo`g`on simi (taxminan 
ko`lning katta barmogi yug`onligida) deb xam yuritiladi. Bundan tashqari
yo`gonligi taxminan kichik barmok yo`gonligida bo`lgan, xozirda keng tarkalgan 
Cheapernet yoki Thinnet simlari mavjud. Yo`g`on va ingichkaroq koaksial simlar 
albatta uz xususiyatlariga ega: yugon simlar ingichkaga nisbatan uzokrok masofaga 
ma’lumotlarni uzatadi va tashki qarshilikka chidamliroqdir. 
Yuqorida aytganimizdek, afsuski, bu simlarni tugridan-tugri kompyuterga 
ulab bo’lmaydi. Buning uchun kushimcha boglovchi sifatida BNC boglovchisidan 
foydalaniladi. Koaksial simining asosiy xususiyati uning universalligidir, ya’ni 


uning yordamida deyarli barcha turdagi: tovush, video va xokazo signallarni uzatish 
mumkin. 
Juft o`ramli (UTP) kabellar.O‘ralgan juft simlar eng arzon va bugungi kunda 
keng tarqalgangan kabellarda ishlatiladi. o‘ralgan juft аsоsidаgi kabel bir nechta juft 
dielektrik (plastikli) qobig‘idagi izolyatsiyalangan, buralgan miss simlarni tashkil 
qilаdi. U ancha egiluvchan va joylashtirishga qulay. Odatda kabelga ikki yoki to‘rta 
o‘ralgan juftliklar kiradi.Ekranlanmagan, o‘ralmagan juftliklar tashqi elektromagnit 
ta’siridan kam himoyalanganliklari bilan tavsiflanadi, shuningdek eshitib 
qolishliklardan kam himoyalangan, masalan, sanoat shpionaji maqsadida 
uzatilayotgan axborotni ushlab olish (eshitish) kontakt usuli yordamida (kabelga 
tiqilgan ikki nina yordamida), hamda kontakt usulida (kabel tarqatayotgan 
elektromagnit maydonlarini radio орqаli ushlab olish) mumkin bo‘ladi. Bu 
kamchiliklarni yo‘qоtish uchun ekranlash qo‘llaniladi.Ekranlangan STR o‘rama 
juftlik holatida har bir o‘ralgan juft kabel nur sochishini kamaytirish uchun, tashqi 
elektromagnit hаlаqitlardаn himoyalanish va juft simlarning bir-biroviga crosstalk – 
chorraxali qoplashlar o‘zaro ta’sirini kamaytirish uchun metalli ekran – qobiqlariga 
joylashtiriladi.Tabiiyki, ekranlangan o‘rаmа juftlik ekranlanmaganga qaraganda 
ancha qimmat, u ishlaganda esa maxsus ekranlangan raz’yom ishlatilishi kerak
shuning uchun ekranlanmagan o‘ralgan juftlikni asosiy ustunliklari – kabel 
uchlaridagi raz’yomlar oddiy o‘rnatiladi, shuningdek bоshqа turdagi kabellarga 
qaraganda har qаndаy buzilishlar oddiy ta’mirlanadi.Ularning barcha qolgan 
ko‘rsatkichlari bоshqа kabellarga qaraganda ancha yomon. Masalan, berilgan 
uzatish tezligida signalni so‘nishi (kabelda yurishi bo‘yicha uning darajasini
miqdorini pasayishi) koaksial kabellarga qaraganda ancha yuqori. Agar yana halaqit 
qiluvchilardan past himoyalanganligini hisobga olsak, tushunarli bo‘ladi. Nima 
uchun o‘ralgan juftliklarga asoslangan аlоqа liniyalari ancha qisqa bo‘ladi (odatda 
100 m atrofida). Bugungi kunda 100 Mbit/s gacha uzatish tezligini oshirish bo‘yicha 
ishlar olib borilayapdi. 
Optiktolali kabellar
 
(fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga 
juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. 
O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek. 
Optik-tolali deyilishiga sabab, yorug`lik quvvatidan tolalar orqali boshqa 
energiya turiga aylantirilishidir. Bunday simlarning diametri bir necha mikron 
bo`ladi. Ular qattiq qatlam bilan, tashqaridan esa ximoyaviy qoplam bilan qoplangan 
ko`rinishda bo`ladi. Birinchi optik-tola simlar shisha materialidan tayyorlangan edi. 
Xozir esa uning o`rniga plastik tolalar ishlatiladi. 



Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish