5-MA’RUZA
MAVZU: Termodinamikaning II- qonuni.
5. Termodinamikaning II- qonuni.
Karno stikli.
Termodinamikaning 2-qonuni.
Termodinamik jarayondagi tizim ish bajarish uchun unga davriy ravishda mahlum miqdordagi issiqlik energiyasi yoki ish jismi uzatib turilishi va ishga to’la aylanmasdan qolgan issiqlik miqdori tizimdan tashqariga (sovitkichga) uzatish kerak. Shunda stikl davriy ravishda takrorlanadi. Ish hajmi sifatida faqat bitta modda qo’llanilsa, u holda modda avval kengayadi va maolum miqdordagi ishni bajaradi, so’ngra yana siqiladi, keyin boshlang’ich muvozanat holatiga qaytadi.
TSikl qaytadan takrorlanadi. 1-rasmdan ko’rinib turibdiki, agar ishchi jism 1-3-2 egri chiziq bo’lab kengaysa, u 132451 nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatidan teng ish bajaradi.
Ishchijism 2-nuqtagaetgandanso’ng, 1-rasmyanaishbajarishuchunavvalgiholatiga (1-rasmga) qaytishilozim. Ishchi jismni boshlang’ich holatiga qaytishi uch xil bo’lishi mumkin.
3.1-rasm
Siqish chizig’i 2-3-1 kengayish chizig’i 1-3-2 bilan ustma-ust tushadi. Bunday jarayonda kengayishida bajarilgan ish (132451 yuza) siqish ishiga (231542 yuza) teng bo’ladi va foydali ish nolga teng.
Siqish chizig’i 2-6-1 kengayish chizig’i 1-3-2 dan yuqorida joylashgan. Bunday jarayonda siqishga (261542 -yuza) kengayishida olingan ishga (132451 yuza) qaraganda ko’proq ish sarflanadi.
Siqish chizig’i 2-7-1 kengayish chizig’i 1-3-2 dan pastga joylashgan. Bunday aylanma jarayonda kengayish ishi (132451 yuza) siqish ishidan (271542 yuza) katta bo’ladi.
Demak, foydali ishning qiymati 13271 nuqtalar hosil qilgan maydonga yuzasiga son qiymati jihatidan teng bo’ladi. Foydali ish olinadigan stiklni to’g’ri stikl yoki issiqlik mashinasi stikli deyiladi, bu holda kengayish ishi siqish ishidan katta bo’ladi.
Siqish ishi kengayish ishidan katta, ya’ni, ish sarflanadigan stiklga teskari stikl deyiladi.
Bunday stikd bilan sovitish mashinalari ishlaydi. Stikllar qaytar va qaytmas bo’lishi mumkin. Muvozanatli jarayonlardan tashkil topgan stiklga qaytar stikl deyiladi.
TSikl tarkibidagi hech bo’lmaganda bitta jarayon qaytmas bo’lsa, u holda butun stkil ham qaytmas bo’ladi.
1-rasmda tasvirlangan stiklni qaytar stikl deb hisoblab, uni taxlil etaylik.
Ichki jism isitgichdan olingan q1issiqlik hisobiga 1-3-2 yo’l bo’yicha kengayib, l1 kengayish ishini bajaradi. 2-7-1 yo’lda siqish uchun l2 ish sarflanib, sovitkichga q2 issiqlik beriladi va mahlum bir qism ish ichki energiyani boshlang’ich holigacha ortishiga sarflanadi.
To’g’ri stikl natijasida l=l1–l2 foydali ish bajariladi.
Issiqlik miqdori q1va q2 hamda foydali ish orasidagi nisbat termodinamikaning birinchi qonuni orqali aniqlanadi:
q=q1–q2=U2–U1+l.
TSiklda tizimning boshlang’ich va oxirgi holatlari bir xil bo’lgani uchun U1=U2, shuning uchun
q1–q2=l
Bir stikl davomida foydali ishga aylangan issiqlik miqdorini ichki jismga keltirilgan umumiy issiqlik miqdoriga nisbati to’g’ri stiklning termik foydali ish koeffistienti deb aytiladi.
(3.1)
Do'stlaringiz bilan baham: |