1.1. Issiqlik texnikasi fanining maqsad va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad talabalarda soxa korxonalarida ko’llaniladigan turli uskuna va jixozlar turlari, tuzilishi, ishlatilish ko’lami, hisoblash asoslari va ularni muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga issiqlik uskuna va jixozlarni ishlash nazariyasi, turlari va tuzilishini xamda ma’lum korxona sharoitlari uchun ulardan munosiblarini tanlab hisoblashga o’rgatishdan iborat.
Fanni o’qitishda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalaridan, zamonaviy interaktiv ta’lim berish usullaridan - aqliy xujum, klaster usuli, bumerang va boshqa usullardan foydalaniladi.
«Issiklik texnikasi asoslari» o’quv fanni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- soxa korxonalarida ishlatiladigan uskuna va jixozlarning
rivojlanish tendentsiyalarini; issiqlik uskuna va jixozlarning nazariyasi va hisoblash asoslarini; uskuna va jixozlarning turlari, tuzilishi va ishlatilish doirasini; uskuna va jixozlarning elementlari va ish rejimlari, asosiy parametrlarining aniq sharoitlar uchun ratsional ko’rsatgichlarini tanlash usullarini bilishi kerak;
- talaba asosiy jarayonlarda qo’llaniladigan issiqlik uskuna va jixozlarni aniq korxona sharoitlari uchun texnik va iqtisodiy asoslangan holda to’ri tanlash; uskuna va jixozlarni optimal ko’rsatgichlari va ish rejimlarini tanlash maqsadida hisoblash; uskuna va jixozlarni boshqa mashinalar bilan birgalikda ishlatish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
- talaba ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan issiqlik uskuna va jixozlarni
texnik-iqtisodiy va konstruktiv tahlil qilish; ularni aniq korxona
sharoitlarida samarali ishlatish; uskuna va jixozlarning optimal ko’rsatgichlari va ish rejimlarini belgilash malakalariga ega bo’lishi kerak.