B A Yo N N O M A S I
2021-yil “ 25” fevral №.......... Termiz shahri
Yig‘ilish raisi: R.Qayumova- maktab direktori
Taklif etilganlar: Jo`yjangal MFY Profilaktika inspektori J.Yuldoshev
Qatnashdi: N.Murtazayev-O‘TIBDO‘
F.Sattorova-MMIBDO‘
D.Xoliqova- maktab psixologi
M.Ro`ziyeva- maktab xamshirasi
9-11 sinf o‘quvchilari va sinf raxbarlari
K U N T A R T I B I :
Giyohvandlik va uning oqibatlari, inson organizmiga ta’siri, narkotik moddalar turi va uning savdosi bilan shug‘ullanish, ekib o‘stirish og‘ir jinoyatlardan biri ekanligini o‘quvchi yoshlar onggiga singdirish yuzasidan davra suhbati.
(R.Qayumova, F.Sattorova, D.Xoliqova )
“Giyohvandlik va uning oqibatlari, inson organizmiga ta’siri, narkotik moddalar turi va uning savdosi bilan shug‘ullanish, ekib o‘stirish og‘ir jinoyatlardan biri ekanligini o‘quvchi yoshlar onggiga singdirish yuzasidan davra suhbati. So‘zga chiqqan maktab xamshirasi giyoxvandlik illatining zararli oqibatlari to‘g‘risida tushuntirib berdi ,va sog‘lom turmush tarzini amalga oshirish biz uchun ham qarzu ham farzligini eslatib o‘tdi. Maktabda millat kelajagi ta’lim olishi va turli giyohvandlik moddalarni iste’moli qilishi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va og‘ir asoratli kasalliklarga olib kelishi ,bu illat bilan qarshi kurashini tashkil etish, mazkur illat oqibatida kelib chiqadigan noxushliklar to‘g‘risida o‘quvchi-yoshlarga to‘liq ma’lumot berdi. Har birimizning sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda,chunki giyohvand moddalarni iste’mol qilmasdan sog‘lom turmush tarzini tanlaganlar kelajakda yaxshi hayot kechishi,o‘zi sevgan kasb egasi bo‘lishi mumkin,lekin hayotda adashib giyohvandlik yo‘ligi kirib ketsa, bunday odamlarni kelajagi yomon bo‘lishi haqida gapirdi.Giyohvandlik yo‘liga kirmasligi uchun har bir o‘smir chiniqqan,mard, halol,mehnatkash,ma’lumotli,ma’suliyatli bo‘lishi kerak.
Maktab ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Sattorova ham o‘z so‘zida OITS kasalligi butun dunyo epidemiyasiga aylanib borganligi va bu kasallik faqat noto‘g‘ri yo‘lni tanlaganlar,giyohvandlarga xosligi haqida ma’lumot berdi. Giyohvandlik insoniyat uchun ijtimoiy jihatdan eng xavfli va og‘ir oqibatlarga olib keladigan ofat sifatida dunyo bo‘yicha keng ildiz otib bormoqda. Uning natijasida jinoyatchilikning o‘g‘rilik, bosqinchilik, talonchilik va qotillik kabi turlari yuzaga kelayotganligi, shuningdek, bir qator kasalliklarning avj olayotganligi barchamizga ma’lum.
Bugungi kunda butun Dunyo olamida muammo bo‘lib turgan giyohvandlik oqibatida kelib chiqadigan OITS va shu kabi og‘ir asoratli kasalliklarga qarshi na davolash turi, na vaksina mavjud. Faqat profilaktik tadbirlar orqaligina infeksiyaga yo‘l qo‘ymaslik mumkin.
OITS ning birinchi hodisasi qayd etilgan 1981 yildan buyon insoniyat tarixida eng dahshatli tarzda kechayotgan bu epidemiya oqibatida 25 million kishi hayotdan ko‘z yumganligi haqida ma’lumot berdi.1 dekabr kuni Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuniligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
So‘zga chiqqan maktab direktori va mahalla raisi ham shu borada fikr bildirdilar va ko‘cha ko‘yda bekor yurib turli yomon ishlar bilan shug‘ullanishni o‘rniga maktabda tashkil etilgan turli fan va sport to‘garaklarga qatnashish kerakligini aytib o‘tdilar.
“ Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqqan holda yig‘ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |