Yig‘ilish kotibi M.Mirzayeva
“Giyohvandlik asr vabosi” ko‘rik tanlovi yuzasida lavxalar
“TASDIQLAYMAN”
Termiz shahar 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori:
................R.Qayumova
Yoshlar o‘rtasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash, tezkor profilaktik tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi tadbir yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishi
B A Yo N N O M A S I
2021-yil “ 26-oktyabr” №. Termiz shahri
Yig‘ilish raisi: R.Qayumova- maktab direktori
Taklif etilganlar: Maktab xamshirasi-M.Ro`ziyeva
Qatnashdi:F.Sattorova-MMIBDO‘
D.Xoliqova-maktab psixologi
M.Ro`ziyeva-maktab hamshirasi
8-11 sinf o‘quvchilari va sinf raxbarlari
K U N T A R T I B I :
Yoshlar o‘rtasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash, tezkor profilaktik tadbir o‘tkazish.
(R.Qayumova, F.Sattorova, D.Xoliqova )
O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha «Giyohvandlik-asr vabosi» mavzusidagi ma’ruzasi.
Ma’ruzachi M.Ro`ziyeva- maktab xamshirasi kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktorining ma’naviy va marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F.Sattorova so‘zga chiqib, maktabda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvand vositalarningg tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tuzib, shu asosda ishlarni takshil etish lozimligi haqida to‘xtalib o‘tdi va tartibi yuzasidan ma’ruza uchun so‘zni M.G‘anievaga berildi ,- ma’ruzachi o‘z so‘zida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarning tarqalishini oldini olish maqsadida tag‘ibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini olib borish lozimligi haqida gapirib, quyidalarni ma’lum qildi: Ma’ruzachi M.Ro`ziyeva- maktab xamshirasi o‘z so‘zida Giyohvandlik hamon dunyo xamjamiyatining og‘riqli muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Achinarlisi, giyohvandlik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga g‘ov bo‘layapti. Ayniqsa yigit-qizlarning salomatligi kelajagi va hayotiga rahna solmoqda. Ayanchlisi, shundaki bu yerdagi maktab bolalari o‘rtasida sinovlar o‘tkazilganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ularning uchdan bir qismi giyohvand moddalarni ta’tib qo‘rishga ulgurgan ekan. Oxirgi yillarda bu yerda 700 dan ziyod kishi SPID kasalligini yuqtirib olgan, hatto, qamoqhonalarda ham bu kasallik bilan 170 kishi jazo hukmini o‘tamoqda. Albatta, bunday ayanchli ahvol dunyoning ko‘plab yirik mamlakatlarida uchratish mumkin. Shu bois, butun dunyo hamjamiyati xalqaro tashkilotlar taraqqiyotining kushandasi bo‘lmish giyohvandlikka qarshi keskin kurash olib bormoqda. Jumladan, bizning mamlakatimizda ham ushbu xavfli illatning oldini olish maqsadida tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Hech kimga sir emaski, hududimiz bilan chegaradosh bo‘lgan Afg‘oniston narkotik moddalar yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Yomon tomoni shuki, ular davlatimiz chegaralari orqali o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga urinyapti. Huquq-tartibot organlari xodimlarining sayi-harakatlariga qaramasdan ayrim yoshlarimiz hatto hayotimizning gullari deb etirof etilgan ayollarning bilib-bilmay giyohvandlikning domiga tushib qolishi achinarli holdir. Savol tug‘iladi: “Ayollarimiz qanday qilib “uddaburon” og‘ufurushlarning tuzog‘iga tushib qolishdi”. “Qanday qilib gulday hayotlarini zulmatga chulg‘ashdi”. “Yon atrofdagilar chamoatchilik mahalla ahli nahotki befarq bo‘lishgan bo‘lsa”. Hayotiy tajribalardan kelib chiqib diqqat bilan e’tibor beradigan bo‘lsak, albatta, bularning barchasi ko‘z o‘ngimizda bo‘layotgan loqaydlik, etiborsizlik tufaylidir. Ayrimlari esa to‘qlikka sho‘xlik qilib jirkanch illatning botqog‘iga botib qolganligini aytib o‘tdi.Kun tartibidagi masala yuzasidan, maktab direktori o‘rinbosari F.Sattorova,D.Xoliqova so‘zga chiqishib, o‘z fikr va muloxazalarini bildirdilar.
Kun tartibidagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, yig‘ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |