Q A R O R Q I L A D I :
1. Maktab xamshirasi –M.Ro`ziyevaning « Yoshlar o‘rtasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash, tezkor profilaktik tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha» mavzusidagi ma’ruzasi ijro va ma’lumot uchun kabul kilinsin.
2. Maktabning MMIBDO‘ F.Sattorovaga:
- o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarning tarqalishini oldini olish buyicha chora-tadbirlar rejasini tuzish;
-ushbu sohadagi ishlarni 2021-yilda yanada jonlantirish, uchrashuvlar, davra suhbatlari va tashkil etish;
-ushbu mavzuni sinflarda, maktab pedagogika kengashida, ota-onalar yig‘ilishlarida mahalla oqsoqollari ishtirokida ishlab chiqish vazifalari yuklatilsin.
-o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarning tarqalishini oldini olish buyicha amalga oshirilgan ishlar hisobotini har oyning oxirgi juma kuni amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotni Xalq ta’limi bo‘limi va tegishli tashkilotlarga topshirish;
3. Ushbu bayonnoma qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Yig‘ilish kotibi : M.Ro`ziyeva
Yoshlar o‘rtasida giyohvand vositalarning tarqalishiga qarshi kurash, tezkor profilaktik tadbirlar yuzasidan lavxalar
Termiz shaxar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida
2021-2022 o‘quv yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdim etiladigan
HISOBOTI
Termiz shaxar 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tomonidan o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarzini shakllanirish, xamda ular o‘rtasida giyoxvand moddalar iste’mol qilishning oldini olish, maqsadida 2021 yilning 6 oyi davomida qo‘yidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan yanvar oyida Zararli odatlar: Giyoxvandlik va Toksikomaniya,”Giyoxvandlik (narkamaniya ) ni kelib chiqish tarixi”,”21 –asr vabosi vujudga kelish sabablari “ mavzularida mutaxassislar ishtirokida davra suxbatlari tashkil etildi. Shuningdek, maktabning biologiya, sog‘lom avlod asoslari fani o‘qituvchisi Xolto‘raeva Dildora tomonidan “Mening kelajakdagi orzuim sog‘lom turmush tarzida yashash” mavzusida ochiq dars o‘tildi, Yoshlar yetakchisi N.Qurbonova, rasm fani o‘qituvchisi A.Raximova va MMIBDO‘ raxbarligida “Biz yoshlar sog‘lom kelajak taraftorimiz!” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi.
Viloyat xokimligining 2020 yil 13-fevraldagi “2021 yilning fevral oyi davomida “Yoshlar orasida giyoxvand moddalarning tarqalishiga qarshi kurash “ tezkor profilaktik tadbirlarini sifatli tashkil etish to‘g‘risidagi “ 06-06/80 sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan maktabning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Reja asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi. ”Giyoxvandlik umr zavoli“, ”Biz yoshlar sog‘lom turmush tarafdorimiz”, ”Zalolatga eltuvchi yo‘l”, ”Kelajaging o‘z qo‘lingda “ kabi mavzularda davra suxbatlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlarda maxalla uchastka profilaktika inspektori kapitan O.Eshonqulov, shifokor B.Norsaidov, Yoshlar yetakchisi N.Qurbonova xamda maktabning 9-10-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida barcha sinf raxbarlar o‘rtasida ma’naviyat soatlarida “Giyoxvandlik va ichkilikbozlik, uning sabab va oqibatlari“ mavzusida tarbiyaviy soat darslaridan ochiq darslar sifatida o‘tkazilib va mavzuga doir videolavxalar, slaydlar namoyish etildi.
Maktabda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida 9 ta sport to‘garaklari, 71 ta fan to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, 2565 nafar o‘quvchi-yoshlardan 2157 nafar qamrab olingan. Bundan tashqari “5 ta muxim tashabbus“ doirasida maktabda “Tikish-bichish”, ”Pazandachilik”, ”Yosh dasturchi“, “Kitob mening kelajagim-yosh kitobxonlar “ to‘garaklari faoliyat yuritib kelmoqda.
2020 yil 30 aprelda Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasining “Surxondaryo viloyati xokimligi xuzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasining 2020 yil 28-apreldagi “2021 yil uchun mo‘ljallangan “ 06-06/271-sonli ish rejasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Targ‘ibot doirasida “Salomatlik markazi “ tomonidan “Giyoxvandlikning zararli oqibatlari” mavzusida trening darslar, ”Yot g‘oyalarsiz kelajak sari “ mavzusida asfaltga rasm chizish tanlovlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan trening dars yakunida, treningda faol ishtirok o‘quvchilarga bukletlar, futbolkalar topshirildi.
2021 yil iyun oyi “Giyoxvandlikka kurash oyligi” munosabati bilan 26-iyun “Xalqaro giyoxvandlikka qarshi kurash kuni “ munosabati bilan “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz “ shiori asosida o‘quvchilar ni yozgi vaqtda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazildi. Termiz shaxar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning yozgi ta’tilda ekanliklari munosabati bilan onlayn tarzda “ O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyoxvand vositalarning zararli oqibatlari” mavzusida targ‘ibot-tashviqot ishlari, rasmlar tanlovi, kitobxonlik tanlovlari tashkil etilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |