Q A R O R Q I L A D I :
1. O‘quvchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora tadbirlar yuzasidan sport musobaqalarini o‘z vaqtida barcha ko‘rsatmalarga asoslangan xolatda tashkil etilsin.
2 Maktab o‘quvchilarini bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishi uchun turli sport to‘garaklar ishlari doimiy ravishda olib borilsin va g‘olib bo‘lgan jamoalarni o‘z vaqtida rag‘batlantirish.
3. Ushbu yig‘ilishda qabul qilingan qarorlarni ijrosini ta’minlash maktab direktorining MMIBDO‘lari zimmasiga yuklatilsin.
Yig‘ilish kotibi: F.Sattorova.
“Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” maqsadida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini tashkil etish tadbiri yuzasidan o‘tkazilgan musobaqalar
“TASDIQLAYMAN”
Termiz shahar 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori:
................S.R.Tashmuradov
“Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida” “Badminton” sport turi bo‘yicha musobaqalarini tashkil etish to‘g‘risida
B A YO N N O M A S I
2021-yil “25” mart №.......... Termiz shahri
Yig‘ilish raisi: S.Tashmuradov- maktab direktori
Taklif etilganlar: Ota onalar qo‘mitasi a’zolari
Qatnashdi: Jismoniy tarbiya uslub birlashma o‘qituvchilari
O.Eshboltaev-MMIBDO‘
A.Axmedova-maktab xamshirasi
5-9 sinf o‘quvchilari va sinf raxbarlari
K U N T A R T I B I :
“Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida” “Badminton” sport turi bo‘yicha musobaqalarini tashkil etish to‘g‘risida
(S.Tashmuradov, O.Eshboltaev, J.Alimardanov, N.Kurbonova, R.Pardaeva)
Maktabda millat kelajagi ta’lim olishi va turli zararli moddalardan uzoqda bo‘lishi o‘quvchi yoshlarni buning uchun albatta bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yoshlar o‘rtasida sportning barcha turlari bo‘yicha o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazish, belgilangan vaqtlar orasida reja asosida qiziquvchi o‘quvchi yoshlar hamda uyushmagan yoshlar orasida musobaqalarga jalb qilish lozimligi xaqida to‘xtalib o‘tdi. Giyohvandlik moddalarni iste’moli qilishi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va og‘ir asoratli kasalliklarga olib kelishi ,bu illat bilan qarshi kurashini tashkil etish, mazkur illat oqibatida kelib chiqadigan noxushliklar to‘g‘risida o‘quvchi-yoshlarga to‘liq ma’lumot berish. Har birimizning sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda, chunki giyohvand moddalarni iste’mol qilmasdan sog‘lom turmush tarzini tanlaganlar kelajakda yaxshi hayot kechishi,o‘zi sevgan kasb egasi bo‘lishi mumkin,lekin hayotda adashib giyohvandlik yo‘ligi kirib ketsa, bunday odamlarni kelajagi yomon bo‘lishi haqida gapirdi. Giyohvandlik yo‘liga kirmasligi uchun har bir o‘smir chiniqqan, mard, halol,mehnatkash, ma’lumotli, ma’suliyatli bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |