Q A R O R Q I L A D I:
1. “O‘zbekiston milliy teleradio kampaniyasi” tomonidan tayyorlangan “Giyoxvandlik asr vabosi” filmi ma’lumot axborot uchun qabul qilinsin.
2. Barcha pedagog xodimlariga:
- “O‘zbekiston milliy teleradio kampaniyasi” tomonidan tayyorlangan “Giyoxvandlik -asr vabosi” filmi namoyishi tashkil etilib, keng jamoat o‘rtasida muxokama qilinsin.
3. “Giyoxvandlik -asr vabosi” tushunchasini o‘quvchi yoshlarga giyoxvandlikka qarshi kurash oylik davomida kengroq va doimiy tarzda tushuntirish ishlarini olib borisin
4. Ushbu qarorning ijrosini nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman
15 Maktab direktori: R.Qayumova.
Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari: F.Sattorova.
TERMIZ ShAHARDAGI 15-MAKTABIDA MARKAZIY OSIYODA GIYOHVANDLIKNI OLDINI OLISH DASTURI VA O‘BEKISTON MILLIY TELERADIO KOMPANIYASI TOMONIDAN TAYYORLANGAN “GIYOHVANDLIK-ASR VABOSI VIDIO FILM” NAMOYISHI BO‘YICHA.
“TASDIQLAYMAN”
Termiz shahar 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori:
................R.Qayumova
Sinf soat darslarida “Yoshlar o‘rtasida giyohvand vositalarning tarqalishini oldini olish va bo‘yicha o‘tkazilgan tushintirish ishlari yuzasidan
B A Yo N N O M A S I
2021-yil “ 28” yanvar №.......... Termiz shahri
Yig‘ilish raisi: R.Qayumova- maktab direktori
Taklif etilganlar: Ota onalar qo‘mitasi a’zaolari
Qatnashdi: N.Murtazayev-O‘TIBDO‘
F.Sattorova-MMIBDO‘
D.Xoliqova-maktab psixologi
M.Ro`ziyeva-maktab hamshirasi
10-11 sinf o‘quvchilari va sinf raxbarlari
K U N T A R T I B I :
Sinf soat darslarida “Yoshlar o‘rtasida giyohvand vositalarning tarqalishini oldini olish va bo‘yicha o‘tkazilgan tushintirish ishlari.
(R.Qayumova, ota onalar qo‘mitasi a’zolari,10-11 sinf raxbarlar )
O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvand moddalarning tarqalishini oldini olish bo‘yicha «Giyohvandlik-asr vabosi» mavzusidagi ma’ruzasi.
Ma’ruzachi 10-11 sinf raxbarlari- D.Sharipov, SH Hakimova o‘z so‘zida Giyohvandlik hamon dunyo xamjamiyatining og‘riqli muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Achinarlisi, giyohvandlik jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga g‘ov bo‘layapti. Ayniqsa yigit-qizlarning salomatligi kelajagi va hayotiga rahna solmoqda.
Ayanchlisi, shundaki bu yerdagi maktab bolalari o‘rtasida sinovlar o‘tkazilganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ularning uchdan bir qismi giyohvand moddalarni ta’tib qo‘rishga ulgurgan ekan. Jumladan, bizning mamlakatimizda ham ushbu xavfli illatning oldini olish maqsadida tezkor chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Hech kimga sir emaski, hududimiz bilan chegaradosh bo‘lgan Afg‘oniston narkotik moddalar yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Yomon tomoni shuki, ular davlatimiz chegaralari orqali o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga urinyapti. Huquq-tartibot organlari xodimlarining sayi-harakatlariga qaramasdan ayrim yoshlarimiz hatto hayotimizning gullari deb etirof etilgan ayollarning bilib-bilmay giyohvandlikning domiga tushib qolishi achinarli holdir. Savol tug‘iladi: “Ayollarimiz qanday qilib “uddaburon” og‘ufurushlarning tuzog‘iga tushib qolishdi”. “Qanday qilib gulday hayotlarini zulmatga chulg‘ashdi”. “Yon atrofdagilar chamoatchilik mahalla ahli nahotki befarq bo‘lishgan bo‘lsa”. Hayotiy tajribalardan kelib chiqib diqqat bilan e’tibor beradigan bo‘lsak, albatta, bularning barchasi ko‘z o‘ngimizda bo‘layotgan loqaydlik, etiborsizlik tufaylidir. Ayrimlari esa to‘qlikka sho‘xlik qilib jirkanch illatning botqog‘iga botib qolganligini aytib o‘tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan, maktab direktori o‘rinbosari F.Sattorova, Kun tartibidagi masala yuzasidan, maktab direktori o‘rinbosari N.Murtazayev, maktab psixologi D.Xoliqova so‘zga chiqishib, o‘z fikr va muloxazalarini bildirdilar.
Kun tartibidagi fikr va mulohazalardan kelib chiqib, yig‘ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |