Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Muhammedova, G. Begmatova nutq madaniyati



Download 0,82 Mb.
bet8/11
Sana18.01.2020
Hajmi0,82 Mb.
#35354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
A.Shukurov Нутк маданияти ва ДТИЮ

Rektor prof. R.I.Xolmurodov

«Ish yuritish» qo‘llanmasining mualliflari xat orqali bajariladigan masalalar ko‘lami keng ekanligini qayd etishib, bunday yozishmalar vositasida turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar berilishi yoki qabul qilinishini ta’kidlashadi va bunday xatlarning axborot xati, da’vo xati, ilova xati, iltimos xati, kafolat xati, so‘rov xati, tasdiq xati, farmoyish xati, eslatma xati singari turlari mavjudligini aytib o‘tishadi hamda ularning yozilish tartib-qoidalarini izohlashadi (1, 279-301-b.). Ammo bu xatlarning faqat ma’lum soha va o‘rinlarda qo‘llanilishini hisobga olib, ularga alohida e’tibor berib o‘tirilmadi.

Hujjatlar, jumladan xatlar hozirda turli yo‘llar bilan jo‘natiladi. Masalan pochta, elektron pochta, internet, faks va modemlar orqali. Har qanday xat-hujjat yoki narsa buyumni pochta orqali jo‘natishda albatta jo‘natiladigan manzilning aniq yozilagan adresi bo‘lishi shart. Uni konvert yuziga rasmiylashtirish tartibi quyidagicha:

1. Jo‘natilishi lozim bo‘lgan joy-qayerga;

2. Oluvchi shaxs yoki tashkilot – kimga;

3. Jo‘natuvchi haqida ma’lumot (qayerdan, kimdan).

Jo‘natiladigan narsaning yetib borish kafolatlaridan biri adresning aniq va to‘g‘ri yozilishidir. Uni oladigan pochta bo‘limlarining shartli raqamlari – indekslarni yozish ham adresni to‘liq rasmiylashtirishni shartlaridan biridir. Ular konvertlarning past qismi chap tomonidagi katakchalarda yoziladi. Namuna:

Qayerdan: Samarqand viloyati,Nurobod tumani, «Ulus» shirkat xo‘jaligi,Ulus qishlog‘i.



Kimdan: Ubaydulla Amirov

Qayerga: Samarqand shahri, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 26-uy.

Kimga: Hikmatulla Karimovga

Indeks: 703005 (xatni qabul qiluvchi aloqa bo‘limining shartli raqami)

Ma’lum bo‘lmoqdaki, adresni yozish tartibi katta hududdan kichigiga qarab boradi: respublika, viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, uy va uning raqami kabi. Shundan so‘ng xatni oluvchining ismi va familiyasi yoziladi.

Jo‘natilayotgan xat manzili biron-bir tashkilot, korxona yoki muassasa bo‘lganda, «kimga» degan joyga ularning aniq nomi yoziladi. Masalan:

Qayerga: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15.

Kimga: Samarqand Davlat universiteti.

Agar mana shu o‘rinda muassasa rahbarining o‘ziga shaxsan murojaat qilinib yozilsa, uning ismi, familiyasi aniq ko‘rsatiladi:

Kimga: Samarqand Davlat universiteti,



Rektor R.Xolmurodovga kabi.

Jo‘natuvchining adresi ham shu tartibda yoziladi. Ammo namunadagi bosh kelishikda rasmiylashtiriladi.

Demak, jo‘natilayotgan xatlar rasmiy yoki norasmiy bo‘lishiga qarab, ularning rasmiylashtirilishi turlicha bo‘lishi mumkin.

Xatni jo‘natishning qulay va tezkor usullaridan biri faks orqali jo‘natishdir. Faks apparatining ishlash usuli telefon apparatining ishlash usuliga o‘xshaydi. Bunda ham faks – telefon nomeri teriladi. U tomondan javob berilgach, faksni qabul qilish so‘raladi va xat apparatga joylashtirilgach, tegishli tugmacha bosiladi. U tomondan qabul qilib olingan – olinmaganligiga og‘zaki so‘roq orqali ishonch hosil qilinadi.
Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :

1. Quyidagi xat namunasini tahlil qiling va undan rasmiy xatdan farq qiluvchi leksik-grammatik vositalarni toping.



Yusuf savdosida beqaror Zulayxo ismidan, Majnun ishqida yig‘lag‘an Layli otidan – sizga boshimdag‘i sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan – haddu-hisobsiz gunoh, sizdan kechirish. O‘tkan ishka salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni eska olish manim uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kunlarni siz unuting, unutmang, men unutdim. Shuning uchun so‘zimni o‘zimning oxirg‘i, ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman.

Siz – qochqoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozg‘andek bo‘lib qochqansiz, ikki yil bo‘yi Marg‘ilon kelib yurishlaringizni men o‘zimcha yeshdim, lekin topib yeshdim: sizning barcha mashaqqatlaringiz – dushmanlaringizdan o‘ch olish uchun bo‘lg‘anini angladim. Yo‘qsa, meni ko‘rar edingiz, ko‘rgingiz kelmaganda ham boshqalar sizni ko‘rar edilar, to‘yar edilar… Men kabi baxtsiz, men kabi g‘ovg‘asi ko‘b sizni zeriktirib, jondan to‘ydirg‘an bo‘lsa, ajab emaski, qocha boshlag‘ansiz… Qochsangiz qochib ko‘ringiz, ammo men bu kundan boshlab birovlarni quvushqa bel bog‘ladim: otam bilan onam rafoqatlarida (rafoqat – hamrohlik, yo‘ldoshlik, eshlik) xizmatingizga – cho‘rilig‘ingizga erta-indin yuraman, suyganingiz kundoshim oldida qadru qiymatimning nima bo‘lishini ham bilaman…Siz oliyjanobsiz: eski qadrdonliq hurmatiga ko‘ngil uchun kulib boqarsiz…Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas’uda qilarsiz. Ammo…suyganingiz – kenjangizning jekirishlaridan, qarg‘anishlaridan behad qo‘rqaman, o‘zimda yo‘q qo‘rqaman. Shu yaqin oradag‘i uning bilan bo‘ladig‘an mas’ud daqiqalaringizda xudo yo‘lig‘a va’da olingiz – meni og‘ritmasin, raqibam keldi deb o‘ylamasin. Nihoyati maqsadim ikki do‘stka bir cho‘rilik va shu munosabat bilan biravlarni ko‘rib yurish…

Xatim oxiriga shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda o‘rinlashib olsam, u yog‘ini o‘zim bilar edim…

Erta-indin ko‘zimga yil ko‘rinur,

Yo‘l bosishliq ko‘ngilga bir umr ko‘rinur…

3-chi hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdi.

2. O‘zingiz ham Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romanidan shaxsiy xat namunalarini topib, uni leksik-grammatik tahlil qiling.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :


  1. 1. Rasmiy xat shaxsiy xatdan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?

2.Kompyuter yordamida biron-bir hujjat matnini tayyorlang, uni tahrir qilib, mazmuniga putur yetkazmagan holda o‘zingiz ortiqcha hisoblagan so‘z va iboralarni olib tashlang yoki ma’quli bilan almashtiring.
A D A B I YO T L A R
1.A m i n o v M. va boshq. Ish yuritish. – T., O‘zME, 2000.

2.J o‘ r a ye v T. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida epistolyar janrning til va uslubiy xususiyatlari: Filol.fan.nomz. …dis.avtoref. – Samarqand, 1994.

3.G‘ a n i ye v a S. Nasr va badiiyat // Navoiyning ijod saboqlari. – T., “Fan”, 1981.

4.Q o‘ n g‘ u r o v R., J o‘ r a ye v T. Epistolyar janrning tuzilishi va uning ayrim til xususiyatlari. Samarqand, SamDU nashri, 1992.

5.O‘zbek tilining izohli lug‘ati, II tom. – M., “Rus tili”, 1981.



3-MAVZU: Xizmat doirasidagi kommunikasiya shakllari
Reja:
1. Xizmatchilik sharoitida muomala madaniyati.

2. Xizmatdagi muomala jarayoni va tejamkorlik.

3. Muomala madaniyatining inson dunyoqarashi mahsuli ekanligi.

4. Telefon orqali so‘zlashish madaniyati.


Tayanch so‘z va iboralar: mehnat, xizmat, muomala, madaniyat, rasmiylik, norasmiylik, asab, vaqt, ong, dunyoqarash, muomalaning umumiy qoidalari, hurmat, samimiyat, ehtiyotkorlik, telefon, kommunikasiyaning faol turi, shahar, qishloq, uyali aloqa, ikki kishi, muloqotning alohida turi, tartib-qoida, xizmat telefoni, qisqalik, uy telefoni.

Odamlar hayotining ma’lum bir qismi uning mehnat faoliyati bilan bog‘liq b?lib, ular bu faoliyat jarayonida xizmatchilik yuzasidan ko‘plab kishilar bilan rasmiy-norasmiy muloqotda bo‘ladilar. Binobarin, bu jarayonda muomala madaniyatining ahamiyati g‘oyatda katta bo‘ladi. Muomala ma-daniyatining yaxshi egallanishi kishilarning bir-birlarini hurmat qilishi va e’zozlashlariga, asablarini asrash va vaqtlarini tejashlariga olib keladi.

Muomala madaniyati inson faoliyatidagi eng murakab jarayon bo‘lib, avvalgi mavzularni yoritishda ta’kidlab o‘tilganidek, u kishilarning ijtimoiy va siyosiy, ma’naviy va ma’rifiy, iqtisodiy va huquqiy dunyoqarashi yig‘indisi hisoblanadi hamda inson tafakkuri va ruhiyatida yillar davomida shakllanadi. Uning shakllanishi qancha vaqt va bilim, qunt va intilish, talab qilmasin, uni egallash umuminsoniy ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida kundalik ehtiyojga aylanishi, odamlar o‘rtasida odat tusiga kirgan oddiy jarayon bo‘lib qolishi lozim.

Muomala madaniyatining barchaga xos bo‘lgan umumiy qoidalari mavjud. Ularga rioya qilish nafaqat har bir kishining, balki u mansub bo‘lgan millatning, xalqning umumiy madaniyati darajasidan dalolat beradi. Suhbatdoshga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, uning yoshi, jinsi, jamiyatda egallab turgan mavqyei va obro‘sini e’tiborga olish ana shu madaniyatning ibtidosi hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun esa so‘zlovchi o‘zini ham hurmat qilishi va qadr-qimmatini bilishi lozim. Chunki o‘zini hurmat qilishni bilmagan kishining boshqalarni hurmat qilishiga ishonish qiyin.

Muomala jarayonida samimiyat, ochiq yuzlilik, shirinso‘zlilik bilan bir qatorda, ehtiyotkorlik ham zarur. O‘ylamasdan yoki shoshilib aytilgan bir so‘z suhbatdoshning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun hatto jahl chiqib turgan paytda ham muloyim bo‘lishga harakat qilish, mansabdor shaxs, rahbar va boshliqning oldiga biron masalani hal qilish maqsadida borganda uning kayfiyatiga qarab ish tutish masalaning ijobiy hal bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Insoniy muomalaning tarkibiy qismi bo‘lgan nutqiy muloqotning turlari ko‘p bo‘lib, ular turli vaziyatlarda, har xil mavqye va yoshdagi odamlar o‘rtasida amalga oshiriladi. Bu haqda oldingi mavzularda mulohaza yuritilgan. Quyida gap ana shu jarayonning zarur bir turi – telefon orqali gaplashish madaniyati haqida boradi.

Darhaqiqat, telefon orqali muloqotda bo‘lish muomala jarayonining eng faol turi hisoblanadi. Bugungi kunda kommunikasiyaning bu turi imkoniyatlari g‘oyatda kengaydi. U O‘zbekiston sharoitida shaharni deyarli egallab, qishloqqa ham asta-sekinlik bilan kirib bormoqda. Uyali telefon aloqalarining vujudga kelishi esa xizmatning bu yo‘lining qamrovi g‘oyatda keng ekanligini ko‘rsatdi. Aloqaning bu turi tufayli hozirda dunyoning istalgan mamlakati yoki shahri bilan muloqotda bo‘lish imkoniyati yaratildi.

Aytilganlar esa telefon orqali muloqotda bo‘lish madaniyatiga yanada e’tibor berish lozimligini keltirib chiqaradi.

Tushunarliki, telefon orqali muloqot ikki kishi – qo‘ng‘iroq qiluvchi va uni qabul qiluvchi o‘rtasida bo‘ladi hamda muloqotda bo‘lish madaniyati ularning har ikkalasidan ham talab etiladi. Lekin asosiy mas’uliyat qo‘ng‘iroq qiluvchining zimmasida bo‘ladi. Chunki jarayonning tashabbuskori ham, qo‘ng‘iroqdan manfaatdor kishi ham uning o‘zi hisoblanadi. Buning ustiga qo‘ng‘irog‘i bilan boshqa kishining vaqtini olayotgan, bemavrid bezovta qilayotgan, asosiy shug‘ullanayotgan vazifasidan chalg‘itayotgan bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun ham, qo‘ng‘iroq qiluvchining chaqirig‘iga javob bo‘lgach, odatda go‘shakni ko‘targan kishiga salom beriladi. Shundan so‘ng, qayerga tushganligi aniqlab olinadi va bezovta qilganlik uchun uzr so‘raladi: Assalomu alaykum, men Azamat Pardayevman yoki Assalomu alaykum, men Samarqand davlat universitetidan Azamat Pardayev bo‘laman. Bezovta qilayotganim uchun uzr. O‘zini tanishtirgach, nima maqsadda qo‘ng‘iroq qilayotgani bayon etiladi va asosiy muddaoga o‘tiladi.

Ba’zan telefon orqali bo‘layotgan shunday suhbatlarga ham sherik bo‘lishga to‘g‘ri kelib qoladiki, qo‘ng‘iroq qilayotgan kishi salom-alikni ham unutib, birdaniga tahdid ohangida Allo, kim bu?! deydi. U tomonda go‘shakni olgan kishi madaniyatli va sabr-toqatli kishi bo‘lib, qo‘ng‘iroq qilingan joy va o‘zining kimligini aytib qo‘ya qolsa yaxshi, unda suhbat silliqqina davom etishi, suhbatdan ko‘zlangan natijaga erishilishi mumkin bo‘ladi. Aksiga olib, u tomondan ham Kim kerak sizga?! deyilsa-chi? Hali boshlanib ulgurilmagan suhbatga sovuqlik tushib qolishi, natijada ko‘zlangan maqsadga erishilmasligi ham hyech gap emas. Oddiygina bir e’tiborsizlik va ehtiyotsizlik tufayli o‘zi ko‘rmagan suhbatdoshini mensimagan noxush vaziyat yuzaga kelishi mumkin.

Kishi faqat o‘z uyiga qo‘ng‘iroq qilgandagina Kim bu? deb so‘rashi mumkin. Chunki tomonlarning bir-birlarini ovozidan tanishi yuqoridagi vaziyatni keltirib chiqarmaydi.

Qo‘ng‘iroqqa javob berishning ham o‘z qoidalari mavjud. Telefon go‘shagini ko‘targan kishining Da! deb javob berishi ham to‘g‘ri emas, albatta. Bu ruscha so‘z o‘rniga, hyech bo‘lmaganda, ko‘pchilik tilda qo‘llaniladigan Allo! ni ishlatish lozim. Aslida Labbay! deyilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi : Labbay! “Oriyon” konserni eshitadi yoki Labbay! ?zbek tilshunosligi kafedrasi eshitadi kabi.

Agar telefon qilgan kishi o‘zini tanitsa, yaxshi. Bo‘lmasa, muloyimlik bilan Kechirasiz, kim bilan gaplashayapman? yoki Kechirasiz, qayerdan qo‘ng‘iroq qilayapsiz? yoxud Kechirasiz, siz kim bilan gaplashmoqchi edingiz? tarzida so‘ralgani ma’qul.

Qo‘ng‘iroq qilayotgan kishi oilangizdagi yoki Siz bilan birga ishlayotgan biron-bir kishini chaqirib berishni iltimos qilsa, odamgarchilik yuzasidan yo‘q deyilmaydi. Lekin u nima uchun kerakligini surishtirish nojoizdir.

Uydagi va ishxonadagi telefondan foydalanish bir-biridan farq qiladi. Uydagi telefoningizdan istaganingizcha foydalanishingiz, shaxsiy gaplaringizni bemalol gaplashaverishingiz mumkin. Chunki telefondan foydalanganingiz uchun o‘zingiz pul to‘laysiz, vaqtingiz ham o‘z ixtiyoringizda.

Ishxonada, ko‘pchilikka taalluqli bo‘lgan xizmat telefonidan foydalanish esa boshqacha. Birinchidan, uni ko‘p band qilish mumkin emas. Chunki kimdir sizning ishxonangizga qo‘ng‘iroq qilolmay qiynalayotgan bo‘lishi yoki sizdan keyin kimdir qo‘ng‘iroq qilishni kutib turgan bo‘lishi mumkin. Faqat o‘zingizga tegishli bo‘lgan shaxsiy gaplarni atrofdagilarga eshittirish ham shart emas.

Xullas, xizmat telefonidan mumkin qadar qisqa foydalanish lozim. Fikrni qisqa, ixcham bayon qilish, suhbatdoshning vaqtini olmaslikka intilish zamonaviy kishining fazilati sanaladi.

Qo‘ng‘iroq qilinayotgan paytda mabodo biron joyga adashib tushib qolinganda, go‘shakni indamasdan joyiga qo‘yish odobdan emas. Albatta bezovta qilganlik uchun uzr so‘raladi. Agar sizga ham kimdir adashib tushib qolsa, bu hodisa har kim bilan sodir bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, kechirimini qabul qiling va qo‘pol javob qaytarmang.

Shunday qilib, telefon orqali gaplashish umummadaniyat qoidalariga amal qilishning tarkibiy qismi hisoblanadi va bu jarayonda odob qoidalariga rioya qilish har bir madaniyatli kishining vazifasidir.


Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar:
1. Uzoqda o‘qiyotgan do‘stingiz bilan telefonda gaplashish matnini tuzing va uning til-uslub xususiyatlari to‘g‘risida gapirib bering.

2. Boshlig‘ingiz bilan telefonda gaplashish matnini tuzing va uning til-uslub xususiyatlari to‘g‘risida gapirib bering.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Muomala madaniyati deganda nimani tushunasiz?

2. Muomala jarayoni suhbatdoshlarning yoshi, jinsi, xizmat vazifasiga qarab o‘zgarishi mumkinmi?

3. Telefonda gaplashish madaniyati haqida fikringiz qanday?

4. Telefon aloqalarining qanday turlarini bilasiz?



4- MAVZU: Hujjatlar va ularning turlari
Reja:
1. Hujjat yuritishning huquqiy asoslari.

2. Davlat ishlarining hujjat yuritish asosida tartibga solinishi.

3. Ish yuritishni tartibga soluvchi chora-tadbirlar va hukumat qarorlari.

4. «Ish yuritish» qo‘llanmasi va uning amaliy ahamiyati.

5. Hujjatlar va ularning turlari.
Tayanch so‘z va iboralar: ijtimoiy munosabatlar, huquqiy asoslar, savodxonlik, an’ana, nutqiy madaniyat, mukammallik, hukumat qarorlari, rasmiy va shaxsiy hujjatlar, ariza, annotasiya, bayonnoma, bildirishnoma, buyruq, guvohnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, modemogramma, nizom, rezyume, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, taqriz, telegramma, telefonogramma, faksogramma, tilxat, tushuntirish xati, farmoyish, shartnoma, hisobot, til va uslub, tinish belgilari.
Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma’lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi.

Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an’analar, ma’lum darajada kishilaro‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi.

Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlararo bo‘ladigan ma’lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an’analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi.

Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi. Shuning uchun ham vaqti-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924 yilning 31 dekabrida qabul qilingan bo‘lib (№ 48) «Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay’ati va mahallalarda muzofot yerlashdirish hay’atlari tuzilish(i) to‘g‘risida» deb nomlangan.

Yurtimizning mustaqilligi arafasida (1989 yil 21 oktyabr) «Davlat tili haqida» Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta’kidlab o‘tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 18 avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan «O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari davlat qo‘mitalari, idoralari, korporasiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma» lar fikrimizning dalilidir. N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning «O‘zbek tilida ish yuritish (munshaot)», yana shu mualliflarning «Ish yuritish» amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbek tilida ish yuritishning me’yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Chunki mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo‘l-yo‘riqlari xodimlarning faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini o‘rgatadi, ish qog‘ozlarining hamma joyda bir xil bo‘lishini ta’minlaydi.

Ammo shunday qo‘llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish talab darajasida deb bo‘lmaydi. Chunki 2000 yilda 10000 nusxada chop etilgan bu kitob bilan hamma o‘quv yurtlari ham yetarli darajada ta’minlangan emas. Vaholanki, bu kabi qo‘llanmalar bilan har bir kollej va lisey talab darajasida ta’minlanishi va har bir talabaning qo‘lida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ma’lum ma’noda mazkur qo‘llanma o‘rta maxsus o‘quv yurtlari doirasida ushbu vazifani bajarishi mumkin.

Shunday qilib, ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi:


  1. Rasmiy hujjatlar.

2. Shaxsiy hujjatlar.

Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar tushuniladi. «Ish yuritish» qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: «Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqyeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari» (20-bet).

Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi.

Ma’lum bo‘layaptiki, ma’muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak, kim tomonidan yozilganlik, ya’ni tegishlilik nuqtai nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi.

Quyida litsey va kollej bitiruvchilari ish faoliyati doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng zarur hujjatlarning rasmiylashtirilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot beramiz va bunda yuqorida nomi tilga olingan «Ish yuritish» qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga tayanamiz.


A R I Z A

Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi.

Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt. Namuna*:



Samarqand tibbiyot kolleji direktori

Ya.N.Allayorovga Sug‘diyonv massivi 14-uy, 6-xonadonda yashovchi Amirova Marhabo

A R I Z A

Meni akusherlik va genikologiya bo‘limiga o‘qituvchilik vazifasiga qabul qilishingizni so‘rayman.

Arizaga oliy tibbiy ma’lumot haqidagi diplom, mehnat daftarchasi, so‘rovnoma va yashash joyidan ma’lumotnomani ilova qilayapman.

_______________ Amirova M.

2003.15.02.

Arizalar mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli yuqoridagi tartibda bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan bo‘ladi.



ANNOTASIYA
Annotasiya asosan alohida nashr hisoblanadigan o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo‘ljallab yozilgani o‘z ifodasini topadi. Namuna:
S.A.Karimovning A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyotida 2002 yilda chop etilgan «Til ta’limi va me’yor» nomli o‘quv qo‘llanmasiga yozilgan

ANNOTASIYA
Mazkur o‘quv qo‘llanmasi V – 220100 va 5 – 220100 – filologiya (o‘zbek tili va adabiyoti) – bakalavrlik yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kurs talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlariga muvofiq keladigan va tanlama fan sifatida o‘tiladigan «Hozirgi o‘zbek tilining me’yoriy muammolari» kursi dasturi asosida yozilgan.

Qo‘llanmani yaratishda va me’yor hodisasining lingvistik tushuncha ekanligi, uning predmeti, maqsad va vazifalari, me’yor masalasining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilish tarixi, adabiy tilga munosabati, umumiy va xususiy me’yorlar, me’yorlarning tildagi imlo, talaffuz, leksik-frazeologik, grammatik va uslubiy ko‘rinishlari, me’yor va lug‘atchilik, me’yor va nutq madaniyati masalalarini yoritishda mustaqillik davrida o‘zbek tili va uni tadqiq etishda yuz bergan o‘zgarishlar hamda erishilgan yutuqlarga tayanilgan.

H.Umurovning «Adabiyot nazariyasi»

(Toshkent: Sharq, 2002) darsligining

ANNOTASIYASI
Respublika universitetlarining O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi (fakultetlari)da «Adabiyot nazariyasi» bakalavriatning 4-kursida o‘rganiladi. Unda adabiyot, badiiy asar, ijodiy jarayonning muhim qonuniyatlari, adabiy tur va janr, ijodiy metod va uslub muammolarining mohiyati, so‘z va so‘zshunoslikning sehru jozibasi haqida zarur nazariy ta’limot beriladi.

Ushbu darslik Oliy o‘quv yurtlarining filolog talaba-bakalavrlari, magistrlari, tadqiqotchilari, aspirantlari, doktorantlari va adabiyotga qiziquvchi barcha ijodkorlarga mo‘ljallangan.
BAYONNOMA (majlis bayoni)
Majlis bayoni - bayonnomalarni rasmiylashtirish ham barcha rasmiy idoralar hayotidagi ish yuritishning muhim qismlaridan hisoblanadi. Chunki turli tashkilot va muassasalar jamoalari faoliyatiga oid ko‘plab masalalar yig‘ilishlarda, demokratik yo‘l bilan hal bo‘ladi va ularni hal qilishga oid qabul qilingan qarorlar hayotga tatbiq etilishi uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Ana shu rasmiylashtirilgan hujjat bayonnoma sanaladi.

Bayonnomada turli yig‘ilishlardagi chiqishlar va qarorlar g‘oyatda siqiq va rasmiy tilda yozilgan hujjatdir. Shu hujjat asosida jamoaning faoliyati olib boriladi va nazorat qilinadi.



Bayonnomada uni rasmiylashtirayotgan tashkilot va muassasaning nomi, Bayonnoma degan so‘z, yig‘ilish raqami, sanasi va joyi, qatnashuvchilar, kun tartibi, uning muhokamasi tafsiloti (asosiy ma’ruzachi va so‘zga chiquvchilar), qabul qilingan qarorlar, majlisga raislik va kotiblik qilganlarning imzosi o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim. Agar zarur bo‘lsa, uning oxirida ilova ham berilishi mumkin. Namuna:
Alisher Navoiy nomidagi SamDU o‘zbek tilshunosligi

kafedrasining 2002 yil 28 noyabrda bo‘lib o‘tgan 5-majlisi

BAYONNOMASI
Qatnashdilar: kafedra mudiri prof. Karimov S.A., prof O‘rinboyev B.O‘., prof. Yo‘ldoshev B., prof. v/b Abdurahmonov N., dos. A’zamov S., dos.Hamdamov J., dos. Aliqulov Z., dos.Usmonov Q., dos.Qurbonov T., f.f.n. Eltazarov J., f.f.n. G‘afforov A., f.f.n. Jo‘rayev T., f.f.n. Suvonova R., o‘qituvchilar Pardayev Z., Maxmadiyev Sh., katta laborant Berdiqulova M.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish