Termiz sanoat va transport kasb-hunar kolleji a. Shukurov, N. Muhammedova, G. Begmatova nutq madaniyati


MATNNING MAZMUNIY – VAZIFAVIY BELGILARI



Download 0,82 Mb.
bet6/11
Sana18.01.2020
Hajmi0,82 Mb.
#35354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
A.Shukurov Нутк маданияти ва ДТИЮ


MATNNING MAZMUNIY – VAZIFAVIY BELGILARI
1-MAVZU : Matn tuzilishi va matn ustida ishlash
R e j a :

  1. Matn haqida ma’lumot.

  2. Matnning tuzilishi: asosiy va yordamchi qismlar.

  3. Matnni qisqartirish va kengaytirish yo‘llari.


Tayanch so‘z va iboralar :

Matn, matnshunoslik, muallif so‘zi, asar, hujjat xarakteri, nutq parchasi, mantiq qoidalari, metod va usullar, qiyosiy-tarixiy, davriylik, nashr va tuzatish texnikasi, matn manbasi, asosiy variant, oxirgi variant, nashr, qo‘lyozma, yozuv mashinkasi, kompyuter, tahririyat, muharrir huquqi va vazifasi, o‘zbek matnshunosligi, mantiqiylik, tahrir jarayonida qo‘shish, olib tashlash va qisqartirish, sinonimlar, leksik dubletlar, mustaqillik davri atamalari, tinish belgilar.
Matn deganda biron-bir muallifga tegishli bo‘lgan, ma’lum fikrlar majumasi hisoblangan nutq, qo‘lyozma yoki nashrdan chiqqan asar tushuniladi. Ammo har qanday qo‘lyozmani ham matn deyaverish to‘g‘ri emas. Matn bo‘lishi uchun u, hajmidan qat’iy nazar, asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘lishi zarur.

Matnlarning tahlili bilan shug‘ullanuvchi soha matnshunoslik deyiladi va u ham boshqa fan sohalari singari o‘z tekshirish metod va usullariga ega. Bunda dastlab qiyosiy-tarixiy metodga amal qilinadi. Alohida bir matnni ajratib olib o‘rganish natija berishi qiyin. Chunki ko‘zda tutilgan maqsadga matnlarni o‘zaro va davriy jihatdan tahlil qilish bilangina erishiladi. Mana shunday yo‘l bilan matnning shakllanishini, bir matndan ikkinchisigacha bo‘lgan o‘sish va takomillashishni, binobarin, muallifning fikriy rivojini ham anglash mumkin bo‘ladi.

Akad.D.S.Lixachevning fikricha, matnshunoslik – matn va matn tarixini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fan hisoblanib, uni matnlar nashri texnikasidan farqlash lozim bo‘ladi [2, 7-b.].

Matn ustida ishlash murakkab va ijodiy jarayon bo‘lib, uni qo‘lga olishdan nashrga tayyorlashgacha bo‘lgan davr bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oldai. Ular quyidagilar:



  1. Matn manbasini aniqlash.

  2. Asosiy matnni aniqlash.

3. Muallifning matn bo‘yicha oxirgi, haqiqiy variantini aniqlash.

  1. Matnni nashrga tayyorlash.

  2. Nashr turlari: hujjatli nashrlar (faksimil nashrlar), ilmiy-tadqiqot nashrlari – akademik, ilmiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy va hokazo.

Matn tahriri bilan shug‘ullanuvchi kishi dastlab ana shu matnga aloqador bo‘lgan barcha qo‘lyozma va bosma materiallarni, muallifning turli xil qaydlarini to‘playdi. Bunda matnning qoralama nusxasi bilan oxirgi oqqa ko‘chirilgan varianti muhim hisoblanadi. Matnni shakllantirishda yozuv mashinkalari yoki hozirgi zamonaviy kompyuterlarning aralashuvi matn ustida ishlashning yangi usullarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Chunki ayrim mualliflar birdaniga ana shu texnika vositalari yordamida matnni shakllantiradilar va bu narsa ularning matn tili ustida qanday ishlaganligini va o‘ziga xos uslubini bilishni murakkablashtiradi.

Harqalay, matnshunos qanday metod va usullardan foydalanmasin, asosiy va yordamchi matnlarni aniqlab olishi va diqqatni asosiy matnga qaratishi lozim bo‘ladi. Asosiy matn esa muallif istagidan kelib chiqib, har bir nashrda o‘zgarib borishi mumkin. Nashrga tayyorlovchilar muallif o‘zgartirishlarini albatta hisobga olishlari zarur.

Demak, matnshunosning asosiy vazifasi o‘quvchiga muallifning xohish-irodasini to‘la aks ettirgan, tashqaridan o‘zgartirishlar kiritilmagan haqiqiy matnni yetkazishdan iborat bo‘ladi. Matnshunos asosiy matnni o‘zgartirishga aralashmasligi kerak. U faqat o‘zi uchun noaniq, munozarali hisoblagan o‘rinlarda bir mazmundagi matnlarni bir-biriga solishtirishi, muallifning haqiqiy matnini aniqlashi zarur. Bu esa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, oson ish emas. Chunki asar -matni muallif oxiriga yetkazdim deb hisoblagandan keyin ham nashriyotda qancha kishilarning qo‘lidan o‘tadi. Ular ham matn yuzasidan o‘z nuqtai nazarlarini ma’lum qilishadi, hatto ba’zan muallifdan o‘zlari aytgandek qilib o‘zgartirishni talab etishadi. Chunki ular ham o‘z nashrlari manfaati, ularning obro‘yi, qisqasi o‘z talab va o‘lchovlari bo‘lib, ba’zan o‘z dunyoqarashi nuqtai nazaridan matnga munosabat bildirishga harakat qiladi. Bu esa matn muallifi nuqtai nazari bilan hamma vaqt ham muvofiq kelavermaydi. Mana shunday holatlarda matnshunosga haqiqiy manzarani aniqlash oson bo‘lmaydi. «Haqiqiy muallif matnini tayyorlashda matnshunos muallif tomonidan qo‘llanilgan va ko‘ziga xato bo‘lib ko‘ringan bironta so‘z yoki bironta sintaktik qurilishni olib tashlashga yoki to‘g‘rilashga haqqi yo‘q. Bu narsa muallif shaxsiy, individual mahorati, oxir-oqibatda uning tafakkuri aks etadigan tili va uslubining o‘ziga xosligiga tajovuz bo‘lib hisoblanadi» deb yozadi E.I.P r o x o r o v [3, .94-b.].

O‘zbek matnshunosligi ham xalq og‘zaki ijodi, tarixiy hujjatlar, mumtoz badiiy adabiyot namunalarini to‘plash va nashrga tayyorlashda katta tajriba to‘plagan. Bu ayniqsa o‘zbek xalq dostonlarini xalq baxshilaridan yozib olish, Alisher Navoiy va boshqa mumtoz shoirlarimizning badiiy merosi mujassam bo‘lgan hamda turli yillarda ko‘chirilgan qo‘lyozmalar matnini tahrir qilish va nashrga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘ldi. Bunda Hodi Zarifov, Parso Shamsiyev, Izzat Sulton, Hamid Sulaymonov, Solih Mutallibov, Vohid Zohidov, Aziz Qayumov, Suyima G‘aniyeva, Ozod Sharafiddinov, Abduqodir Hayitmetov va boshqa olimlarning xizmatlari nihoyatda ulkan.

O‘rta maxsus ta’lim doirasida matnshunos kadrlar tayyorlash masalasi o‘rtaga qo‘yilmasa-da, harqalay bu o‘rinda ushbu soha bo‘yicha umumiy tushuncha berish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, ta’limning ana shu bo‘g‘ini doirasida o‘zbek tili haqida ma’lumot olayotgan o‘quvchidan matn ustida ishlash qoidalarini bilish talab qilinadi. Quyida ana shu haqda ma’lumot beriladi.

Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, rasmiymi, badiiymi – bundan qat’iy nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. Izchillik ana shu qoidaning birinchi talabidir. Matnda har bir so‘z, har bir gap va abzatslar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish va izchillik bo‘lishi lozim. Agar shunday bo‘lmasa, matnni tushunish qiyin bo‘ladi: O‘rtoq Boqijon Baqoyev juda chanqab turgan ekan, ustma-ust to‘rt piyola choy ichdi va terladi. – Chuchvaradan keyin choy juda yaxshi ketadi-da, -dedi yuzidagi terni artib. – Hmm… soqol ham o‘sipti, sartarosh bo‘lmasa odamlar maymun bo‘lib ketar edi. Maymun juni to‘kilib, odam bo‘lgan (Qahhor A.. Adabiyot muallimi). Misoldagi Boqijon Baqoyevning bironta gapi ham bir-biriga mantiqiy bog‘langan emas.

Matnda ba’zan bir-biriga zid gaplar berilib qoladi. Masalan: Havo bulut bo‘ldi, lekin yomg‘ir yog‘madi. Ukam Toshkentdan keldi, ammo ikki kun turmasdan qaytib ketdi kabi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-biriga zid bo‘lsa ham, ular o‘rtasida mantiqiy uzilish yo‘q. Chunki osmonni bulut qoplasa ham, yomg‘ir yog‘magan bo‘lishi yoki biron kishining kelsa ham, ko‘p turmasdan ketib qolishi mumkin. Ammo Boqijon Baqoyevning nutqi to‘g‘risida bu gapni aytib bo‘lmaydi.

Muvaffaqiyatli tuzilmagan gap ham mantiqning buzilishiga olib kelishi mumkin: Ferma jonkuyarlari oltioylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajardilar (gazetadan). Otadek farzandiga kim kuyar axir, / O naqadar og‘ir farzandning dog‘i (Shukrullo).

Matnni tahrir qilmoqchi bo‘lgan kishi dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqib, masalaning mohiyatini tushunib olishi lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, unda nimalar yetishmasligi hisobga olingach, ishga kirishish lozim.

Keltirilgan faktlarning to‘g‘ri ekanligini tekshirib ko‘rish ham muhim. Albatta, bu faktlar uchun birinchi navbatda muallif javobgar ekanligini unutish kerak emas.

Shu ishlar amalga oshirilgandan keyin matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida muallif tomonidan yozilgan bir necha nusxalar qiyoslanishi, uning roziligi bilan asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin.

Tahrir jarayonida ishlatiladigan umumiy texnik qoidalar mavjud bo‘lib, unga hamma amal qilsa, bir-birlarini tushunish oson kechadi. Ular asosan quyidagilar:

- bitta harfni olib tashlash (xato - xat, muassassa –muassasa);

- bir necha harfni, so‘zni, qatorni olib tashlash (kitoblaringni - kitobingni, kitob va daftaringni olib kel – daftaringni olib kel);

- ikki yoki undan ortiq qatorni olib tashlash (U ertalab gulqand bilan nonushta qilishni, peshinda kobili sho‘rva va qizil gulning bargi bilan solingan musallas ichishni yaxshi ko‘rsa, o‘zbek tilida soflikni saqlashni ham shuncha sevardi: hatto samovar o‘rniga o‘ziqaynar, elektr o‘rniga simchiroq, deb so‘z to‘qib yurardi - U o‘zbek tilida soflikni saqlashni sevardi: samovar o‘rniga o‘ziqaynar, elektr o‘rniga simchiroq, deb so‘z to‘qib yurardi);

- tuzatishni bekor qilish (o‘zbek tilida soflikni saqlashni ham shuncha sevardi - o‘zbek tilida soflikni saqlashni sevardi);

- bir yoki bir necha so‘zni qo‘shish (o‘qigan asarlardan ma’lum bo‘ldiki - o‘qigan asarlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki);

- so‘zni yoki matnning ma’lum qismini boshqa joyga ko‘chirish (Saidiy hujrasiga yarim kechada qaytib keldi - Saidiy yarim kechada hujrasiga qaytib keldi);

- katta harfni kichik harfga yoki kichik harfni katta harfga almashtirish (Samarqand davlat universiteti - Samarqand Davlat universiteti);

- bir yoki bir necha harflarni boshqasi bilan almashtirish (islohat – islohot, hokozo - hokazo);

yonma-yon turgan harf va so‘zlarning joyini almashtirish (turpoq – tuproq, yog‘mir - yomg‘ir);

- qatordagi so‘zlarning joyini almashtirish (shu narsa aytilganlardan ma’lum bo‘ldiki- aytilganlardan shu narsa ma’lum bo‘ldiki);

- yangi qator (abzats) dan boshlash (Ba’zi kundalik turmush va xo‘jalikka oid so‘zlar, konkret predmetlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat nomlari, shuningdek diniy terminlar o‘zbek tiliga og‘zaki til orqali qabul qilingan bo‘lishi kerak. O‘zbek tiliga og‘zaki til orqali kirgan arabcha o‘zlashmalar boshqa manbalar orqali kirgan so‘zlarga nisbatan kamchilikni tashkil qiladi);

- oraliqni yo‘qotish (kit oblar-kitoblar, qa lamlar-qalamlar);

- oraliq hosil qilish (buyerda – bu yerda);

- yangi qator (abzats) ni bekor qilish (O‘zbek tilidagi arabcha so‘zlarning og‘zaki til orqali o‘tganini ham inkor qilibbo‘lmaydi. Arab og‘zaki so‘zlashuv tilining mahalliy turkiy shevalar bilan to‘qnashgani va bu kontakt tufayli xalq tiliga ba’zi arabcha so‘zlarning kirgan bo‘lishi shubhasizdir).

Matnni tahrir qiluvchi – muharrir matn bibliografiyasiga ham, keltirilgan ko‘chirmalarning yozilishiga ham e’tibor berishi lozim. Masalan, bibliografik ma’lumotlar quyidagi tartibda beriladi: muallif (familiyasi, ismi, otasining ismi), asarning nomi, nashr qilingan joyi, nashriyot, nashr yili, asarning umumiy sahifasi: O‘zbek tili leksikologiyasi. – T., «Fan», 1981. – 314- b.; Abdurahmonov G‘. So‘z mulkining sultoni // O‘zbek tili va adabiyoti, 2002, 1-son, 20-23-betlar.

Biror manbadan olinayotgan ko‘chirmalar hyech bir o‘zgarishsiz, qo‘shtirnoq ichida keltirilishi va manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Masalan: «Sharq tarixida juvonmardlik, tasavvuf, malomatiylik kabi bir necha qudratli ta’limotlar hukm surgani yaxshi ma’lum, albatta» (Haqqul I. Ishq va komillik jazbasi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2002, 1-son, 3-bet).

Matnda, ayniqsa, rasmiy matnlarda kishilarning ismi-familiyasini, lavozimlarini, tashkilot-muassasalar nomlarini, geografik joy nomlarini yozishda har xillikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan bir matnda bir ism-familiyani Karimov S., S.Karimov, Karimov S.A., S.A.Karimov, Suyun Karimov, Karimov Suyun tarzida turlicha berish maqsadga muvofiq emas. Shartli qisqartmalar ham o‘zbek tili lug‘atlarida keltirilgan tarzda amalga oshirilishi to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan: ad. – adabiy, bog‘l. – bog‘lovchi so‘z, dial. – dialektal, ot – ot turkumiga doir, taql. – taqlidiy so‘z, esk. – eskirgan so‘z; kg. –kilogamm, g.- gramm, t.- tonna, sm. – santimetr, m.- metr, ga. –gektar, min. – minut, sek. – sekund kabi.

Qisqartma otlarni yozishda ham har xillikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, O‘zb.respublikasi, O‘z.respublikasi, O‘z.resp., O‘zb.Respublikasi, O‘z.Respublikasi, O‘z.resp-si tarzida emas, balki O‘zR yozilishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi esa O‘zR VM shaklida bir xil yozilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Xullas, bu kabi holatlarni yozish va tahrir qilishda ma’lum me’yorga keltirilgan, ko‘pchilikka ma’qul bo‘lib, tilda qonun-qoidalar bilan mustahkamlangan variantlardan foydalanish, aniqrog‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustda chiqqan «O‘zbek tilining asosiy imloqoidalarini tasdiqlash haqida»gi qaroriga tayanib ish ko‘rish lozim.

Badiiy matnlar tahririning o‘ziga xos nozik tomonlari mavjud bo‘lib, bunda asosan so‘z yoki boshqa birlikning estetik ta’sir kuchi inobatga olinadi, qaysi element ana shu vazifani yaxshiroq bajara olishi mumkinligi muhim hisoblanadi. Binobarin, til birliklarini tanlab ishlatishga bu xil matnlarda ehtiyoj kuchli bo‘ladi. G‘afur G‘ulomning «Samarqand uchun» she’ridagi mana bu parchaga e’tibor beraylik:

Niliy gumbazlari ko‘k ichida ko‘k,

…….. osmonda chiniy kabutar.

«Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast»,

Sharqning ko‘rki bo‘lgan qadimiy shahar.


Parchadan olib tashlangan so‘z qanday so‘z? Osmon odatda ko‘k, zangori, moviy, havo rang bo‘lishi mumkin. Ularning qaysi biri shoir fikrini, tuyg‘usini aniq ifoda eta oladi? Moviy rang osmonda chiniy kabutar, Havo rang osmonda chiniy kabutar, Zangori osmonda chiniy kabutar kabi. Ammo ularning birontasi ham shoir kutgan ma’no va hissiyotni bera olmaganidan u lojuvard so‘zini qo‘llagan. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1 tom»ida bu so‘zning tiniq ko‘k, tiniq ko‘k tusli (433-bet) ma’nolari berilgan.

Ayrim matnlar uslubiy jihatdan g‘aliz bo‘lib, matnda, hatto bir gapning o‘zida o‘rniga tushmagan jumlalar, so‘z qaytariqlari ko‘p bo‘lishi mumkin. Mana shunday paytlarda, yuqorida keltirilgan misoldagidek, sinonimlar va leksik dubletlarning eng ma’qulini tanlash ustida ish olib boriladi. Bunda mustaqillik davridagi o‘zgarishlarni e’tiborga olgan holda so‘z qo‘llash lozim bo‘ladi.

Agar amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar matn mazmuniga salbiy ta’sir qiladigan bo‘lsa, o‘zgartirishlarni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak. Mazmunga ta’sir qiladigan bo‘lsa, hatto tinish belgilariga ham qo‘l urib bo‘lmaydi. Ba’zi asarlarning yozilganiga bir necha yuz yillar o‘tib ketgan bo‘lib, uning matni hozirgi o‘quvchilarga tushunarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday paytlarda nafaqat ayrim so‘z yoki iboralar, balki muallifning qarashlarini ham anglash og‘ir kechadi. Bunday paytlarda matnshunos izoh berish huquqiga ega.

Ma’lum bo‘ladiki, matn ustida ishlash mas’uliyatli jarayon bo‘lib, u matnshunosdan ham, uni tahrir qiluvchidan ham o‘ziga nisbatan jiddiy munosabatni talab qiladi. O‘quvchilarning matn tahriri bilan shug‘ullanishi esa ularga o‘rgangan til bilimlarini mustahkamlashga, undan foydalanishda shu paytga qadar yo‘l qo‘yib kelayotgan kamchiliklarini tuzatib olishiga, binobarin, o‘z nutqining uslubiy jihatdan takomillashib borishiga ko‘maklashadi.


Amaliy mashg‘ulotlar uchun vazifalar :
1. Quyidagi matnni mazmuniga qarab abzaslarga ajrating: Asarda yozuvchining katta hayot tajribasi borligi yaqqol sezilib turibdi. Uning ko‘zi o‘tkir, fikri tiniq. Ayniqsa, tili o‘ynoqi va jozibador. Tabiat manzaralarini juda usta rassomdek noziklik bilan chizadi. Muallif hayotni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Undan ma’lum darajada falsafiy xulosalar ham chiqara oladi. Hayot tajribasi, klassiklarni qunt bilan o‘rganish, o‘zidan oldin shu mavzuga qo‘l urgan yetuk mualliflarning asarlaridan ijodiy foydalanish muallif mahoratiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Ayniqsa, asar oxiridagi xotinboz chumchuqning boshqa chumchuqlar orasida fosh bo‘lib, o‘z xotini tomonidan ushlab olinishi kartinasi nihoyatda yorqin, o‘quvchining u yoki bu esida qoladigan darajada aniq tasvirlanishi muvaffaqiyatli ta’minlangan.

2. Quyidagi matndan ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarni topib ko‘chiring: Ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirishga urinib ko‘ring. Qalandar ko‘ngli bir xil bo‘lib, uning nozik barmoqlarini kaftlari orasiga oldi. - O‘zingiz bilasiz, boshimda ming bir tashvish, bonu...



- Bilamen... - Xurshida bonu yoshli ko‘zlari jovdirab, Qalandarga tikildi. - Otamlardan xabar topdingizmi?

- Ha... - Qalandar ko‘zini bonuning jovdirab turgan ko‘zlaridan olib qochdi. - Olloga shukur, osoyishtalik...

- Saroydan sipohlar bormaptimu? To‘polon bo‘lmaptimu?

- Yo‘q, osoyishtalik...

- Olloga shukur... - Xurshida bonu ma’yus kulimsiradi-yu, yoqasiga tuflab qo‘ydi. - Tush ko‘rib qo‘rqqan edim.

Qalandarning yuragi orqasiga tortib:

- Ne tush? - deb so‘radi.

Xurshida bonu «so‘ramang, yomon tush», degan ma’noda bosh chayqadi, so‘ng, xiyol qizarinqirab:

- Bir hafta bo‘ldi, har kuni ko‘zim to‘rt bo‘lib yo‘lingizga tikilamen, - dedi. - Yomon o‘ylarga borib, jismim zirqiraydi...

- Bonu! - Qalandar yana uning nozik qo‘llaridan ushladi (Yoqubov O. Ulug‘bek xazinasi).

3. Berilgan matnni kengaytiring: Zunnunxo‘ja ne mashaqqatlar bilan iljaydi. - Lotinchadan ancha savodingizni chiqarib qo‘yishibdimi?



Sidiqjon qo‘chqorning shoxiga o‘xshagan mo‘ylabini burab, kulimsiragan holda, yer ostidan Zunnunxo‘jaga qaradi. Zunnunxo‘ja peshonasini bir-ikki uqaladi, so‘ngra soqolini tutamlab, ayvonning shipidagi qaldirg‘och uyasiga qaragan holda: - Unaqa betamiz odamning gapini gapirma, nega yer sening izmingda bo‘lar ekan?

Kampir o‘g‘liga yozgan xatidan bunday ma’no chiqishini xayoliga ham keltirmagan edi (Qahhor A. Qo‘shchinor chiroqlari).
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar :


  1. «Matn» so‘zini izohlab bering.

  2. Matn qanday qismlardan iborat bo‘ladi?

  3. Ilmiy matnning uslubiy xususiyatlarini tushuntirib bering.


A D A B I Y O T L A R:
1.A b d u r a h m o n o v G‘. So‘z mulkining sultoni // O‘zbek tili va adabiyoti, 2002, 1-son.

2.L i x a ch ye v D.S. Tekstologiya. Kratkiy ocherk. – M.-L.: Nauka, 1964.

3.P r o x o r o v Ye.I. Tekstologiya. M., 1966.

4.O‘zbek tili leksikologiyasi. – T., «Fan», 1981.

5.H a q q u l I. Ishq va komillik jazbasi // O‘zbek tili va adabiyoti, 2002, 1-son.

2-MAVZU: Atamalar va kasb-hunar so‘zlarining

ma’noviy- vazifaviy xususiyatlari
R e j a :


  1. Atamalar va kasb-hunarga oid so‘zlar leksik birlik sifatida.

  2. Atamalar ma’nosidagi chegaralanganlik va ularning baynalmilallik xususiyati.

  3. Kasb-hunarga oid so‘zlarning vazifaviy uslublarda qo‘llanilishi.

  4. Kasb-hunarga oid so‘zlarning ilmiy va rasmiy uslublardagi vazifasi.


Tayanch so‘z va iboralar : ta’rifi, atama va termin, tarixiylik, atamalar shakllanishining xalq tarixi bilan bog‘liqligi, «Devonu lug‘otit turk», sohaviylik, tor doira, jamiyat taraqqiyoti, atamalar va dunyo tillari, boyish yo‘llari, o‘zlashtirish, milliylashtirish, jadidlar, «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingandan keyingi o‘zgarishlar, dubletlar, parallellar, o‘rin egallash, xalqaro atamalar, vaqt sinovi, vaziyat, so‘z valentligi va atama yasalishi, me’yor. Kasb-hunar atamalari, gilamchilik, kashtachilik, to‘qimachilik, me’morchilik leksikasi, sohaviy me’yorlashgan atamalar, determinasiya.
Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo‘llaniladigan va asosan o‘sha soha kishilari tushunadigan maxsus so‘zlar terminlar – atamalar sifatida qaraladi.

«Hozirgacha termin tushunchasi tilshunoslikda turlicha talqin qilinmoqda. – deb qayd etishadi «O‘zbek tili leksikologiyasi» asarining mualliflari. – Ba’zi tilshunoslar terminga ilm va texnikaga oid so‘z va iboralarnigina emas, barcha uy-ro‘zg‘or asboblari nomlarini, ishlab chiqarishning hozirgi darajasidagi qurollarinigina emas, balki o‘tmishdagi ibtidoiy qurollarning barcha nomlarini, shuningdek kustarchilik kasb-hunarga oid so‘zlarni ham kiritadilar.

Agar masala shu taxlitda qo‘yiladigan bo‘lsa, har bir konkret predmet nomini termin deb atash lozim bo‘lar edi. Gap terminning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, kasb-hunar leksikasning ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo‘q. …termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi» [6, 32-b.].

Demak, «atama» so‘zini «termin» tushunchasi ma’nosida qo‘llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqyea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo‘lgan birliklarni anglashimiz lozim.

Shu ma’noda kasb-hunarga oid so‘zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to‘xtalamiz.

O‘zbek tilshunosligida atamalarni o‘rganishga doir ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan. Ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, -lu’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertasiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug‘atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug‘i hisoblanadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, «Lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo‘mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. Tunyuqo‘q, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg‘ul bo‘lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo‘shiqlarida ham mavjud bo‘lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan. Masalan, asardan ovchilik mavzusidagi parchalarni olib ko‘raylik:

Chag‘ri berib qushlatu,

Toyg‘an izib tishlatu,

Tilki, to‘ng‘iz toshlatu

Ardam bila o‘klalim.

Mazmuni: (Yigitlarga) chag‘ri (ov qushi) berib qush ovlaylik, Ov itini (qushlarning) izidan solib tishlataylik. Tulki, to‘ng‘iz(lar)ni tosh bilan uraylik, Yutuqlarimiz bilan maqtanaylik. Yana:

Yigitlarig ishlatu,

Yig‘ach yamish irg‘atu.

Qulan, kiyik avlatu,

Bazram qilib avnalim.

Mazmuni: Yigitlarni ishlataylik, Daraxt(lar)dan meva(lar)ni qoqtiraylik, Qulon, kiyik ovlataylik, (So‘ng) bayram qilib ovunaylik.

Shunday qilib, mana shu kabi tarixiy-ilmiy-badiiy manbalar orqali birgina jismoniy tarbiya va sportga oid kurash, chopish, sakrash, chavandozlik, yoy, kamon, o‘q, otish, mergan, merganlik, eshkak, kema, suzish, o‘zish, o‘yin, tepish, tepki, to‘p, to‘r, chovgon, qanot, qilich, kema yoki shaxmatga oid shatranj, shohmot/shaxmat, shoh/shax, farzin, rux, fil, ot/asp, piyoda/sipoh, mot, pot/pat, dona, oq, qora, katak, qanot, yurish, kisht, hujum singari ko‘plab atamalar bizgacha yetib kelgan. Bu hol ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli.

Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog‘liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o‘tib O‘zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o‘rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o‘zgarishlar O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonda ham sanoatning o‘sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Falsafa, huquq. tarix, filologiya, sosiologiya, ximiya, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo‘lganligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi.

Atamalarning o‘zbek tilida son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo‘lib o‘rganishni taqozo qiladi. Chunki o‘zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, H.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko‘rsatishga, ularni ma’lum bir tartibga keltirishga ko‘maklashadi, sohalarga bo‘lib o‘rganishni osonlashtiradi.

Atamalarni dastlab ikki katta gurhga ajratish to‘g‘ri bo‘ladi:



  1. Umumiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.

  2. Xususiylik xususiyatiga ega bo‘lgan atamalar.

Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo‘nalishlari uchun tushunarli bo‘lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g‘alaba, birinchilik, chempionat, ko‘rik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qo‘llash mumkin. Fizikaga oid issiqlik, temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.

Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgani holda, gravitasiya, diod, termoster, kondensasiya, kopillyar hodisalar singari atamalar yoki ximiyaga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasidaqo‘llaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yo‘nalilari va sohalarida kuzatish mumkin.

O‘zbek tilining barcha leksik resurslarida bo‘lgani kabi atamalarning ham o‘z boyish yo‘llari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi.

Dunyoda chetdan so‘z o‘zlashtirmagan bironta ham til yo‘q, degan qarash uning terminologiyasiga ham to‘g‘ri keladi. «Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning o‘zida mavjud bo‘lgan so‘z yoki termindan foydalaniladi, yo bo‘lmasa yangi termin yasaladi» (Akobirov S. Til va terminologiya. –Toshkent, 1968, 30-bet).

E’tirof etish kerakki, o‘zbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmog‘i katta. An’anaga ko‘ra ularni quyidagi yo‘nalishlarda o‘rganamiz:

1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, imlo, ilm, in’ikos, ilova, isloh, istiloh, islohat, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, ma’naviy, ma’rifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.

2. Forscha-tojikcha: bastakor, doya, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.

3.Ruscha-baynalmilal: abzas, agronomiya, agroximiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realizm, romantizm, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning ma’lum qismlari:

a) lotincha: abbreviasiya, abstrakt ot, agglyutinasiya, adverbializasiya, adyektivasiya, akkomodasiya, aktualizasiya, aksentologiya, alliterasiya, alternasiya, areal, artikulyasiya, assimilyasiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.

b) yunoncha: allegoriya, allomorf, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonim, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.

Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

«Davlat tili xaqida»gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yo‘nalishlari bo‘yicha atama-shunoslik sohasida islohotlar o‘tkazish, ularni «o‘zbekchalashtirish» ga imkoniyat yaratildi.

Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni «milliylashtirish» ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ham nihoyatda ko‘paydi. Jo‘yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan takliflar ham o‘rtaga tashlandi. Bu gapning tasdig‘i sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o‘quv xonasi, sirk-tomoshaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqog‘oz, seyf-zarf, attestasiya-ko‘rik, samolyot- aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-sarvaraq va hokazo.

Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin - «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingach, o‘rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq o‘rtaga tashlanganligi tarixdan ma’lum.

Ulug‘ ma’rifatparvar Fitrat 1921 yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolsion «Chig‘atoy gurungi» tashkilotining dasturini bayon etib, o‘zbek tilidan yot so‘zlar (arabcha, forscha, ruscha) ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bo‘lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.

Ular (tilning sofligi uchun kurashuvchilar -mualliflar)... ko‘plab qadimiy so‘zlarni tiriltirishni, o‘zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob, maktub so‘zlari o‘rniga emgak, el, olqish, o‘gut, boshliq, ochun, bitik, yozoq so‘zlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba so‘zlari o‘rniga baliq, taniq, sipok so‘zlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyusiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi so‘zlar o‘rniga o‘txona, otash arava, o‘zgarish, yo‘qsil, o‘zi qaynar, choparxona, ekin bilg‘ich, simchiroq, yer biligi, o‘simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi so‘z va iboralarni ishlatishni ko‘tarib chiqdilar. (5, 155-bet).

Bu qarashlar shu ma’noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me’yori sifatida belgilash g‘oyasi yotadi. Masalaning qo‘yilishi ana shu tarzda tushuniladigan bo‘lsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy,saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da’vatxona kabi so‘zlar bu g‘oyaga mos kelmaydi. O‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so‘zlar umumturkiy bo‘lmagach, qanday farqi bor – ruscha-baynalmilal bo‘ldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha bo‘ldi nima ?

Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy tilimizga leksik me’yor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi o‘zgarishlar jarayoniga o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning ta’siri bo‘ldi. Millatsevarlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bo‘lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo‘llab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so‘zlar shaklida qo‘llash hali me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi.

Tilimizda qo‘llanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, kontrol, komandirovka, komanirovochnaya, leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyusiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, tradisiya, forma singari so‘zlar o‘rnini muallif, me’mor, insonparvarlik, ma’ruza, mafkura, nozir, ziyoli, nazorat, safar, safarnoma, ma’ruza, vazir, viloyat, bekat, sayyora, muammo, tuman, bildirishnoma /xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot/ma’lumotnoma, talaba, kotib /kotiba, mavzu, hudud, an’ana, shakl kabi tavsiya etilgan so‘zlar osonlik bilan egalladi. Chunki ular dubletlar sifatida tilimizda ozmi-ko‘pmi oldindan ham qo‘llanilib kelinayotgan edi.

Ko‘pgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turg‘unligi murakkab masala ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida, rus tilining Ittifoq hududidagi boshqa tillarga ta’siri kuchli bo‘lgan paytlarda biz hyech bir ikkilanmasdan respublika, oblast, rayon, avtor, agitasiya, propaganda, ideya, plan, forma, prosent, prosess, komandirovka, raport, spravka, student, sekretar, ministr kabi so‘zlarni, garchi ularning tilimizda (oldin qaysi tildan qabul qilingan bo‘lishidan qat’iy nazar) muqobil variantlari bo‘lsa-da, ishlataverar edik. Vatanimizning mustaqillikka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda bu so‘zlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi.



Jumhuriyat, viloyat, tuman, muallif, tashviqot, targ‘ibot, g‘oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma, ma’lumotnoma, talaba, kotib(a), vazir, nozir, nazorat kabi muqobil variantlari ham 90-yillar boshlaridan ular bilan bab-baravar qo‘llanila boshlandi va bu parallellik tilimizda me’yor sifatida ma’lum muddat saqlanib turdi.

Endi oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, butunlay boshqa manzara kuzatiladi. Bu o‘tgan vaqt orasida birinchi guruh so‘zlar asosan ikkinchi guruh so‘zlariga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb aytayapmiz ? Shuning uchunki, saragi sarakka, po‘chagi po‘chakka deganlaridek, bu so‘zlarning har biri vaqt g‘alviridan o‘tdi. Ayrimlari hozir ham parallelik xususiyatini saqlab qoldi: respublika-jumhuriyat, universitet-dorilfunun kabi. Ularning semantik-uslubiy ma’nolari aynan bir xil bo‘lmagani uchun ham shunday bo‘ldi.

Bunday parallel qo‘llanishning boshqa sabablari ham bor. Biz tilshunosligimizda epitet - sifatlash, derivasiya - so‘z yasalishi, affiks - qo‘shimcha, abbreviatura - qisqartma so‘z, anafora - misra boshidagi tovush takrori, antroponimlar - kishi ismlari, toponimlar - joy nomlari, atribut - aniqlovchi, affrikatlar - qorishiq undoshlar, stil - uslub, stilistika - uslubshunoslik kabi o‘nlab atamalarni parallel holda hozir ham ishlatib kelmoqdamiz. Buning boisi atamalarning birinchisi xalqaro termin sifatida barcha tillarda qo‘llanilib kelinayotganligidadir.

Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsiya etilayotgan so‘zlarning ma’qul kelishi va me’yorlashishi ularni tilda avval qo‘llanilib kelinayotgan yoki kelinmayotganiga ham bog‘liq. Boshqacha aytganda, ularni ko‘rish va eshitishga odatlanish me’yorlashishga ko‘maklashadi.

Atamalar qo‘llashda me’yorni saqlab turish boshqa so‘zlar, masalan ko‘p ma’noli yoki sinonim so‘zlar me’yorini turg‘un holatda ushlab turishga nisbatan osondek tuyuladi. Aslida esa bu yerda ham o‘z muammolari bor. Mas., shu paytgacha tilimizda faol ishlatilib kelinayotgan tovar so‘zi o‘rnida mol so‘zini ishlata olamiz: mol, sanoat mollari, mol ayriboshlash, mol olib kelmoq, narxi tushirilgan mollar kabi. Ammo bunday ishlatish bemalol emas. Sanoat mollari deyish mumkin bo‘lgan holda oziq-ovqat mollari deb bo‘lmaydi, mol keltirdim deganda faqat sanoat mollari tushuniladiyu, tovar keltirdim deganda farqlanmasdanmi yoki promtovari, prodtovari so‘zlariga asoslanibmi, har ikkalasi ham tushunilaveradi. Tovar so‘zidan tovaroved so‘zini yasay olamizu, mol so‘zidan ana shu ma’nodagi molshunos so‘zini yasay olmaymiz. Yasagan taqdirimizda ham u mol so‘zining asosiy ma’nosiga - hayvon ma’nosiga tortib ketadi va hayvonni yaxshi biladigan, hayvon bilan shug‘ullanadigan kishi ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida esa bunday ma’nolarni ifodalashga zarurat bo‘lmagan. Aytaylik, insonshunos, hatto hazil tariqasida ershunos deyish ham mumkin, ammo hayvonshunos deb bo‘lmaydi. Shunday ekan, tilimizda tovaroved so‘zidan foydalanib turishga to‘g‘ri keladi.

Ma’lum bo‘ladiki, tilshunoslik ilmida, tilshunoslar va boshqa mutaxassislar faoliyatida, ayniqsa, atamalar bobida tildan foydalanishdagi vaziyatni muvofiqlashtirish, bir xillikni yuzaga keltirish, osonlik va qulaylik yaratish, eng muhimi, tushunarli bo‘lishni ta’minlash maqsadida tavsiyalar berib boriladi. Aytaylik, agroprom, agroximiya, akvarel, annotasiya, arxeolog, astronom, vakant so‘zlari o‘rniga dehqonchilik sanoati, dehqonchilik kimyosi, suv buyoq, muxtasar bayon, qadimshunos, falakiyotchi, bo‘sh o‘rin /bo‘sh lavozim kabi so‘z va birikmalarni ishlatish taklifi. (Misollar A. Berdialiyevdan olindi).

Ammo bu tavsiyalar qanchalik ilmiy, amaliy va me’yoriy asosga ega? Bu variantlarning qaysi biri tilda yashab qolishi mumkin? Ularning qaysi biri narsa va hodisaning, predmet va tushunchaning mohiyatini to‘laroq ifoda etadi? Bu masalani, qaysi variant ma’qul bo‘lishdan qat’iy nazar, hayotning o‘zi, til elementlaridan foydalanish jarayoni hal qiladi, albatta. Lekin bunday tavsiyalarning berib borilishi, tavsiya etilayotgan variantlarning afzallik tomonlari tushuntirib berilishi mutlaqo zarur bo‘lgan faoliyatdir. Faqat shunday yo‘l bilangina tilimiz takomillashib, sayqallashib, so‘z ma’nolaridagi eng nozik imkoniyatlar ham reallashib boradi. Aytilganlarning tasdig‘i sifatida bir misol keltiramiz: psixologiya faniga oid ko‘plab atamalar shu soha mutaxassislarining tavsiyasiga binoan o‘z o‘rnini sharq ilmida qo‘llanib kelingan atamalarga bo‘shatib berdi. Psixologiya-ruhshunoslik, psixika-ruhiyat, psixik prosess-ruhiy jarayon, adaptasiya-moslashish, nerv-asab, nerv sistemasi-asab tizimi, talant-iqtidor/iste’dod, temperament-mijoz, emosiya-jo‘shqin holat /jo‘shqinlik, xarakter-xulq Bundan shunday xulosa qilib chiqadiki, tildagi me’yoriy holatlarni tayinlashda har bir tilning o‘z ichki qonun-qoidalariga tayanib, ko‘pchilikka ma’qul bo‘lish-bo‘lmaslik jihatlari e’tiborga olinishi kerak.

Shu o‘rinda yana bir misolni tahlil qilaylik. Ko‘plab atamalarning muqobillarini izlash jarayonida rayon so‘zi o‘rnida nohiya , depara, tuman so‘zlari ishlatila boshlandi. Keyinchalik, garchi so‘zning asl mohiyatiga unchalik to‘g‘ri kelmasa ham tuman so‘zi me’yorlashdi. Ammo, ta’kidlash lozimki, bu so‘zning birgina ma’nosi - viloyatning bir qismi bo‘lgan, ma’lum chegaraga ega bo‘lgan, ma’muriy hudud atamasi sifatida me’yorlashdi. Ammo, lug‘atda rayon so‘zining umuman joy ma’nosini anglatish imkoniyati ham ko‘rsatilgan: prigorodniy rayon - shahar atrofi rayoni, promishlenniy rayon - sanoat rayoni, zavodskoy rayon - zavodlar rayoni, rayon voyennix deystviy - urush harakatlari rayoni, rayon boya - jang maydoni, oboronitelniy rayon - mudofaa doirasi kabi. Bu birikmalarni qanday me’yorlashtiramiz? Bizning ongimizda u hozircha ma’muriy hudud tarzida shakllanib turgan ekan, shahar atrofi tumani, zavodlar tumani, urush harakatlari tumani tarzida ham me’yorlashib keta oladimi?

Buning ustiga, shu so‘z o‘zagidan yasalgan rayonirovaniye, rayonirovanniy - rayonlashtirish, rayonlashtirilgan so‘zlari bor. Masalan, biror ekin navlari urug‘ini, ya’ni biror joyning sharoitiga eng ko‘p moslashtirilgan navlar urug‘ini rayonlashtirish (3, 711). Buni qanday me’yorlashtiramiz? Urug‘ni tumanlashtirish debmi yoki urug‘ni joylashtirish, urug‘ni joylarga moslashtirish, debmi? Harqalay, nazarimizda, masalaning yechimini o‘tayotgan vaqt topadi.

Atamalarni almashtirish va me’yorlashtirishda ro‘y berayotgan jarayonlarni tahlil qilib quyidagi xulosaga kelish mumkin : atamalarning bir qismi tezgina almashdi, me’yorlashdi va ommalashdi, yana bir qismi esa variantlar, dubletlar tarzida baravar ishlatilib kelinmoqda. Atama sifatida tavsiya qilingan birliklarning ma’lum qismi esa tilda o‘z o‘rnini topmadi, ko‘pchilik tomonidan ma’qul ko‘rilmadi.

Demak, mustaqillikdan keyingi davr atamalarini me’yorlashtirish xususida gap ketganda ana shu jihatlarning hayotiy ekanligini inobatga olishga to‘g‘ri keladi.

Atamalar qo‘mitasining bu jarayonni muvofiqlashtirib borishda, tartibga solib turishda xizmatlari katta ekanligini qayd qilish lozim. Qo‘mita o‘z faoliyatida bu borada juda ko‘p vazifalarni amalga oshirdi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish