2.3. Misni elektrolitik tozalash usuli
Elektrolitik tozalashning asosiy maqsadi toza, yuqori sifatli mis va yarim mahsulot (shlam) olishdir. Shlamga oltin, kumush, selen va tellur to‘planadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun anoddagi mis doimiy elektr toki yordamida eritiladi va shu davrda erkin mis kislotali eritma orqali katodga o‘tkaziladi. Erituvchi modda sifatida sulfat kislotasi ishlatiladi. Asosiy dastgoh sifatida elektrolitik vanna ishlatiladi, u temir betondan yasalgan kesimi to‘g‘ri burchakli dastgohdir. Elektroliz vanna elektrolit quyadigan quvur nov va elektr toki bilan ta’minlaydigan shinalar bilan jihozlangan. Vannaning ichki sirti qattiq plastmassadan yoki qo‘rg‘oshin bilan izolatsiya qilingan bo‘ladi, chunki eritma tarkibida sulfat kislotasi bor.
Elektroliz o‘tadigan muhit– elektrolitik quyidagi tarkibga ega: 135–200 g/l H2SO4 va 170–200 g/l mis kuporosi – SuSO4 H5O (35–50/Su2+ ionlariga to‘g‘ri keladi).
Anod pechidan qoliplarga quyib olingan tayyor mahsulot 7.4-rasmda tasvirlanganidek, vagonchalarga taxlanib, temiryo‘l izi orqali elektroliz sexiga eritmada qayta ishlash uchun jo‘natiladi.
1-rasm. Qattiq holdagi anodlar vagonchalarga taxlanib, elektrolitik usul bilan qayta tozalash uchun elektroliz sexiga jo‘natilmoqda.
Kimyoviy modda sifatida qattiq plastmassani ishlatish ancha afzalroqdir. Qattiq plastmassa tok o‘tkazmaydi va tokning isrofgarchiligi kamayadi hamda foydalanish koeffitsiyenti ortadi. Qattiq plastmassaning kamchiligi – u mo‘rt, sinuvchan va mexanik ta’sirda tezda ishdan chiqishi mumkin. Qattiq plastmassali qoplama qo‘rg‘oshinga nisbatan kamroq ishlaydi. Lekin qo‘rg‘oshinning qimmatligini hisobga olganda qattiq plastmassa keng ishlatiladi. Xorijiy davlatlarda qattiq plastmassani rad etib, qo‘rg‘oshindan foydalanishga o‘tilmoqda. Qo‘rg‘oshinning ishlash davrini oshirish uchun uning tarkibiga 3–6 % Sb va 0,0006 % Su qo‘shiladi. Kanada zavodlarining birida bunday kimyoviy material 28 yil uzluksiz ishlaganligi olimlar tomonidan e’tirof etilgan.
Anod sifatida sof misdan tayyorlangan plastina ishlatiladi. Anodning eni 0,96 m, bo‘yi o‘rtacha 1 m, qalinligi 35–45 mm, og‘irligi 270–350 kg ni tashkil etadi. Katod sifatida toza misdan yasalgan ensiz plastina ishlatiladi. Katodning o‘lchamlari anodnikiga nisbatan kattaroqdir. Bu elektr tokining katod sirtida bir tekis taqsimlanishi uchun qilinadi. Bu tadbir natijasida katodning chegara qismlarida har xil o‘sish va dendiritlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Vannaga anod va katodlar navbat bilan maxsus ilgichlar orqali osiladi. Anod va katodlar elektr zanjiriga parallel sxemada ulanadi. 7.5-rasmda temirbetonli vanna va anod, katodlarning vanna ichida maxsus ilgichlar orqali osilib turishining umumiy ko’rinishi va qirqimi tasvirlangan. Temirbetonli vannada anod va katodlar unung ichida maxsus ilgichlar orqali osib qo‘yiladi.
Vannaning kattaligi anod, katodlar soni va ularning masofasiga bog‘liqdir. Agarda vannada 34 anod va 35 katod bo‘lsa, vannaning ishchi o‘lchamlari taxminan 4000x1000x1200 mm ni tashkil qiladi.
Vannaning kattaligini tanlash elektrodlararo masofani aniqlaydi. Amaliyotda oqilona deb topilgan bir xil elektrodlararo masofa 100–110 mm.
Agar masofa 100 mm bo‘lsa, anod va katodning orasi 28 mm ga teng bo‘ladi. Bu masofa elektrodlarning qisqa tutashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun eng minimal me’yoriy o‘lchamdir.
Elektroliz vannalari doimiy elektr toki bilan ta’minlanadi. Sanoatda elektr tokini doimiy shaklga o‘tkazish uchun kremniyli to‘g‘rilagichlar ishlatiladi. Ularda tokdan foydalanish koeffitsiyenti 98–99% ni tashkil qiladi. To‘g‘rilagichning ishchi kuchlanishi 250–300 V atrofida bo‘ladi.
Mis elektroliz sexida vannalar seriyalar va qatorlar shaklida o‘rnatiladi. Agarda o‘rtacha 1780 dona vanna bo‘lsa, 290 vannadan 6 qator yoki 220 vannadan terilgan 8 qator bo‘lishi mumkin. Seriyalar vannalarni tok bilan ta’minlashni hisobga olgan holda ketma-ket o‘rnatiladi. Talab qilingan tok kuchini ta’minlash maqsadida vannalar qatori elektr zanjiriga birin-ketin bog‘lanadi.
Agarda tok to‘g‘rilagichdan chiqayotgan tokning kuchlanishi 240 V bo‘lsa, vannadagi kuchlanish 0,3 V ga teng bo‘ladi, bu holatda bitta to‘g‘irlagichdan ta’minlanayotgan vannalarning soni quyidagicha topiladi:
240 : 0,30 = 800 vanna.
Jarayonning oqilona boshqarilishi vannadagi kuchlanishning pasayishiga imkon yaratadi. Ayrim zavodlarda vannadagi kuchlanish 0,2–0,025 V ni tashkil qiladi. Agarda vannadagi kuchlanish 0,25 V bo‘lsa, unda bitta seriyadagi vannalarning soni
250 : 0,25 = 960 ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |