Termiz muhandislik texnologiya instituti


Sanoat korxonasi elektr ta’minoti tizimining har xil pog‘onalarida bir necha xarakterli joylar



Download 4,39 Mb.
bet21/43
Sana01.02.2023
Hajmi4,39 Mb.
#906228
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
ma\'ruza matni

Sanoat korxonasi elektr ta’minoti tizimining har xil pog‘onalarida bir necha xarakterli joylar
Sanoat korxonasi elektr ta’minoti tizimining har xil pog‘onalarida bir necha xarakterli joylar (tugunlar) bo‘lib, ulardagi hisobiy quvvatdarni aniqlashning o‘z hususiyatlari mavjud. Rasmda korxona elektr ta’minoti umumiy sxemasining bo‘lagi keltirilgan. Unda rakamlar bilan ko‘rsatilgan xarakterli joylar uchun hisobiy quvvatlarni aniqlashning hususiyatlari bilan tanishib o‘tamiz.
1. Sx1 - Bitta iste’molchi tomonidan hosil bo‘ladigan yuklama. Uning miqdori iste’molchining nominal quvvatiga teng (takrorlanuvchi qisqa muddatda ishlovchi iste’molchining pasportidan quvvat UD=100% ga keltiriladi). Bu yuklama asosida ta’minlovchi liniyaning ko‘ndalang kesimi aniqlanadi va kammutatsiya, himoya apparatlari tanlanadi.
2. Sx2 - Guruh iste’molchilari hosil qiladigan yuklama. Uning hisobiy quvvatini aniqlashda yoritish qurilmalarining yuklamalarini va kompensatorlarning reaktiv quvvatlarini nazarda tutish kerak. Bu yuklama asosida iste’molchilar guruhini energiya bilan ta’minlovchi liniyalarning kundalang kesimlari aniqlanadi va kommutatsiya, himoya apparatlari tanlanadi.
3. Sx3 - Sex transformator podstansiyasining (TP) kichik kuchlanishi (KK) tomonidagi shinalar yuklamasi. Uning qiymatini eng ko‘p yuklamali smenada iste’mol qilinadigan o‘rtacha quvvatga teng deb olinadi. Ushbu yuklama asosida sex podstansiyasining transformatorlari quvvatlari va soni, TP shinalarining ko‘ndalang kesimlari, KK tomonidagi kommutatsiya va himoya apparatorlari qabul qilinadi.
4. Sx4 - Sex TP ning yuqori kuchlanishi (YUK) tomonidagi hisobiy yuklama. Uni hisoblashda TP ning KK tomonidagi hisobiy quvvatga transformatorlardagi quvvat nobudgarchiliklarini qo‘shish kerak. Bu yuklama asosida sex TP ga keluvchi YUK liniyalarning ko‘ndalang kesimlari va shu liniyalarga o‘rnatiladigan kommutatsiya va himoya apparatlari qabul qilinadi.
5. Sx5 - Bosh tarqatuvchi qurilma (BTK) shinalaridagi hisobiy yuklama. Uning qiymatini aniqlash sexlarning hisobiy quvvatlari, KK li iste’molchilarning hisobiy quvvalari, zavod territo-riyasining yoritish yuklamalari va kompensatsiyalovchi qurilma-larining reaktiv quvvatlari asosida olib boriladi. Bu yuklama bazasida BTP dagi yig‘ma shinalar va BTK ni ta’minlovchi liniyalarning kundalang kesimlari aniqlanadi va kommutatsiya, himoya apparatlari qabul qilinadi.
6. Sx6- Bosh pasaytiruvchi podstansiyaning (BPP) shina-laridagi hisobiy yuklama. Uning qiymatini aniqlashda BPP dan ketuvchi liniyalardagi hisobiy yuklamalar asos qilib olinadi. Bu yuklama bazasida BPP ning transformatorlari quvvatlari va soni, kommutatsiya va himoya apparatorlari qabul qilinadi.
7. Sx7 - BPP ning YUK tomonidagi hisobiy yuklama. Uning qiymatini hisoblashda BPP ning KK tomonidagi hisobiy quvvat va transformatorlardagi nobudgarchiliklar asos bo‘ladi. Bu yuklama bazasida BPP ga keluvchi YUK liniyalarning kundalang kesimlarini aniqlanadi va kommutatsiya, himoya apparatlari qabul qilinadi.



Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish