2.2
Tasviriy san’at o’qitish metodikasini rivojlantirishda Uyg’onish davri
rassomlarining xizmatlari.
Tarix shohidkim, eramizning XV-XVI asrlarda Italiyada «uyg’onish davri»
hukmronlik qiladi. XV asrga kelib Italiyada taraqqiyotning hamma sohalari bo’yicha
rivojlanish tezlashib ketadi. Bu davrda fan, san’at, madaniyat va ishlab chiqarishda
g’oyat kuchli ko’tarilish sodir bo’ladi. San’at va adabiyotda realistik oqimlar vujudga
keldi. Kitob bosish, yangi-yangi ijod ahli shakllandi. XV-XVI asrdagi Italiya bu
o’rinda birinchi bo’lib, o’zining barcha sohalari bilan oldinda boradi. San’at va
madaniyat beqiyos rivoj topdi. Bu davrni Italiyalik san’atshunos rassom Jorj
Vazarining, - «italiyada san’at uzoq vaqtdan so’ng yana uyg’ondi» - iborasi bilan
san’at tarixida «uyg’onish davri» kategoriyasi vujudga keldi. Bu davrda Italiyada
Leonarda Do Vinchi, Rafael, Mikelanjello kabi san’atni titan ijodkorlari yetishib
chiqdi. Ularning har biri o’zlarini o’ziga xos san’at maktablarini yaratdilar. Ularni
ko’pchiligi rasm chizishni turli sohalari bo’yicha nazariy asoslarini ham yaratdilar.
Leonarda Do Vinchi «plastik anatomiyani», «havoning chiziqli perespektivasini»,
Alberti «Perespektivani» nazariy jihatdan asoslab beradilar. Ammo butun san’at tarixi
bo’yicha rasm chizish uslubiyati bo’yicha barcha nazariyotchilar cheklanib keldilar.
Rasmni maktabda o’qitish bo’yicha biron bir uslubiy xulosa bera olmadilar.
Tasviriy san’atni maktabda o’qitilishi bo’yicha faqat XVI-XVII asrlarda bir qator
pedagog olimlar shug’ullana boshladilar.
Buyuk CHex pedagogi Ya.O.Komenskiydan (1592-1670) boshlab, Jon Lokk
(1632-1404), Russo (1712-1778), Didro (1713-1784), Pestalotstsi (1746-1827)
K.D.Ushinskiy kabi pedagoglar maktabda tasviriy san’atni o’qitish bo’yicha o’zlarini
dastlabki qarashlarini berdilar. Ular rasm o’quv predmetini maktab umumta’lim fanlari
19
qatoriga kiritib, bolani garmonik tarbiyasidagi roliga katta baho berdilar.
Pestalotsiyning shogirdi Petr SHmit I bo’lib, «Rasm mexanik mashqdan iborat», -
degan nazariyaga zarba beradi. U, - «Rasm o’quvchi tafakkurini va tasavvurini
o’stiruvchi asosiy omil yoki u aql gimnastikasidir»,- degan ilmiy xulosani beradi.
1
Yana u rasmni o’kitishda ko’chirish metodini tanqid qiladi. 1835 yilda Parijda aka-uka
Dyupyular (Aleksandr va Ferdenantlar) bepul rasm maktabini tashkil etdilar.
1715 yildan Rossiyada rasm fanini Dengizchilar Akademiyasida, 1721 yildan
Karpov maktabida, 1732 yildan Kadetlar harbiy maktabida, 1764 yildan Samolьniy
qizlar institutida o’qitila boshlandi. 1735 yili rasmni o’qitish bo’yicha birinchi
Preslerning metodik qo’llanmasi, 1834 yil Sapojnikovning umumiy ta’lim maktablari
uchun «Rasm kursi» o’quv qo’llanmalari nashr etiladi.
1825 yilda Moskvalik boyar S.Strogonov tashabbusi bilan rasm o’qituvchisi
tayyorlaydigan bilim yurti ochildi.
1870 yili Rus Badiiy Akademiyasi qoshida rasm o’qituvchisi tayyorlaydigan kurs
tashkil etiladi.
XX asr boshlarida Peterburg, Moskva, Qozon, Odessa, Penzada rasm o’qituvchisi
tayyorlaydigan bilim yurtlari ochiladi. Rus Badiiy Akademiyasi qoshida rasmni
o’qitish metodikasi bo’yicha maxsus komissiya ish boshlaydi. Bu komisiya sostavida
N.Ge, I.Kramskoy, P.CHistyakov kabi yetuk rassomlar ish olib boradilar. Sovetlar
davrida 1921 yildan I-rasm o’quv predmeti sifatida o’rta umumta’lim maktablari
o’quv rejasiga kiritiladi. O’rta maktablar uchun 1921 yildan dasturlar yaratila
boshlaydi. 1936 yillardan dasturlar yangilanib kelindi. Maktabda rasm fanining
o’qitilishi bo’yicha Kardovskiy, Yuoon, Rojkova, Pomicheva, Rostovtsev, SHoroxov,
Kuzin kabi rassom-pedagoglar shug’ullanib keldilar.
XX asr boshlaridan AQSH, Italiya, Germaniyada ham o’rta umumta’lim
maktablarida rasm fanini o’qitilishi yo’lga qo’yiladi. Ular uchun o’quv-metodik
qo’llanmalar, darsliklar, dasturlar yaratildi va ularni takomillashtirib kelindi. 50-60
yillarda jahonning juda ko’p mamlakatlarda rasmni o’qitilishi bo’yicha ko’plab amaliy
ishlar qilindi. Tasviriy san’atni o’qitilishi bo’yicha 1955 yilda Lunda (SHvetsiya),
1958 yilda Bazella (SHvetsiya) 1960 yilda Maniles (Pilipin), 1966 yilda
(CHexoslovakiya), 1972 yilda Germaniyada, 1982 yilda CHexoslovakiya kabi
mamlakatlarda xalqaro simpoziumlar o’tkazilib kelindi.
XX asrning ikkinchi yarmida o’qitish metodikasiga doir qator ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borildi. Natijada, rasm chizish bo’yicha 1963-70 yillarda I-VI sinflar
uchun sinov darsliklari tayyorlanib, nashr etildi.
1
Manbaa. N.Rostovtsev. Maktabda tasviriy san’atni o’qitish metodikasi. M. 1980 y. (rus tilida).
20
Bu
darsliklar
V.V.Kolokolьnikov
(1
va
2-sinflar),
S.A.Fyodorov,
M.N.Semyonova (3 va 4-sinflar), Ye.E.Rojkova, Ye.L.Xersonskaya (5-sinf),
L.L.Makaed (6-sinf)lar muallifligida tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |