5
I BOB. ARGENTINA DAVLATINING IQTISODIY-SIYOSIY GEOGRAFIK
O'RNI.
1.1. Tabiiy sharoiti va yoqilg'i mineral resurslari
Argentina
Respublikasi (Ispancha:
República
Argentina)
– Janubiy
Amerikadagi davlat. Qit’aning janubi-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy
qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan.
Ma’muriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer
hududiga bo‘linadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999).
Poytaxti Buenos-Ayres shahri.
Argentina Janubiy Amerika materigining janubi-sharqiy qismida joylashgan.
Mamlakat hududining tarkibiga, materik qismidan tashqari Olovli Yer orolining
sharqiy qismi va uncha katta bo'lmagan orollar kiradi. Atlantika okeanida joylashgan
Folklend (Malvin) oroli Argentina va Buyuk Britaniya o'rtasida janjalli (bahsli) hudud
hisoblanadi. Mamlakat sharqda Atlantika okeaniga qulay chiqish imkoniyatiga ega.
Qirg'oqlari kam parchalangan, faqat La-Plata estuariysi quruqlikga 320 km kirib
borgan. Argentina g'arbda Chili bilan shimolda Boliviya va Paragvay bilan, shimoli-
sharqda esa Braziliya va Urugvay bilan chegaradosh.
Argentina hududini relyef tuzulishiga ko'ra shimolda va janubda tekisliklar,
g'arbda va janubda qir va tog'lar egallagan.
Mamlakatning barcha g'arbiy chegaralari bo'ylab qudratli And tog'lari joylashgan.
Olovli Yer oroli relyef shakllarining hosil bo'lishida muzlik ta'sirining ahamiyati
katta. Rio Kolarado daryosidan janubda Pataganiya yastanib yotibdi. Patagoniya
uchun tik qoyali kan'onlardan iborat zinapoyasimon platoli relyef shakllari xosdir.
Shimoldagi Rio-Solado va janubdagi Rio-Kolarado daryolari oralig'ida bepayon
Pampa dasht joylashgan.
Mamlakatning tog'li rayonlaridan uran, marganes, mis rudasi, berilliy, qo'rg'oshin-
rux, volfram va temir rudalarining zahiralari topilgan. Argentina uran rudasining
zahirasi bo'yicha dunyoning uchta yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olgan.
6
Neftning asosiy konlari Patagoniya platformasi botig'i va And tog'lari tog' oraliq
botiqlarida, hamda Olovli Yer orolida joylashgan.
Argentinada tabiiy gazning aniqlangan zahirasi 600 mlrd m
3
ga baholanmoqda.
So'nggi yillarda uni qazib olish tez sur'atlarda o'smoqda. Patagoniyada esa qo'ng'ir
ko'mirning uncha katta bo'lmagan zahirasi aniqlangan. Bundan tashqari nometall
foydali qazilmalardan oltingugurt, marmar va granit zahiralari topilgan.
Argentina aholisi ommaviy yevropa immigrasiyasi ta'sirida shakllangan.
Mamlmakatning mahalliy aholisi indeyeslar XVI asrda Ispaniya mustamlakasi
yurishida deyarli to'la qirib yuborildi.
Argentina millati kreollardan (ispan istilochilari avlodlari), qisman oq tanlilarning
mahalliy indeyeslar bilan birlashuvidan va keyinchalik XIX asrda Yevropadan
immigrantlarning ko'chib kelishi hisobiga shakllandi. Shuning uchun ham Argentina
Lotin Amerikasidagi «oq tanlilar» davlatlari qatoriga kiradi. (Urugvay bilan
birgalikda).
Mamlakatda tug'ilish koeffisenti har 1000 kishiga 20 kishi, o'lim koeffisenti esa
har 1000 kishiga 9 kishini tashkil etadi. Aholi tabiiy o'sishi Lotin Amerikasi
mamlakatlar orasida eng past ko'rsatgichni tashkil etadi. Argentinada urbanizasiya
darajasi yuqori bo'lib, aholining 86 foizi shaharlarda yashaydi. Mamlakat aholisining
3
1
qismi poytaxt Bujos-Ayresda yashaydi. Mamlakatda Rosario, Kordova, Mendosa,
La-Plata kabi yirik shaharlar bor. Aholining ko'pchilik qismi katolik diniga e'tiqod
qiladi.
Davlat tuzilishi-respublika.
Ma'muriy-hududiy bo'linishi: 22 provinsiya, 1 milliy hudud va poytaxt federal
okrugi. 1816 yil 9 iyulda Ispaniyadan mustaqil bo'lib ajrab chiqqan. Davlat va
hukumat boshlig'i-prezident. Parlament ikki palatali-yuqori (Milliy kogress) va quyi
(Deputatlar palatasi).
7
So'nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotini keng dasturli xususiylashtirish rejasi
asosida sog'lomlashtirish, inflyasiyaning oldini olish kabi islohatlar amalga oshirildi.
Natijada Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish sezilarli o'sdi. Mamlakat qishloq
xo'jaligi salohiyati katta, hozirgacha uning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'rnini
belgilab beradi. Biroq so'nggi yillarda sanoat salohiyati sezilarli o'sdi.
YOqilg'i-energetika sanoatida-neft XX asrning boshlaridan qazib olish bo'yicha
Lotin Amerikasida to'rtincha o'rinni egallaydi. Mamlakatda neftni qayta ishlash
sanoatiga qarashli o'ndan ortiq korxonalar ishlab turibdi. 1970 va 1990 yillar
davomida tabiiy gazning yirik konlari ishga tushirildi va uni qazib olish o'n marotaba
o'sdi. (15 mlrd m
3
).
So'nggi yillarda issiqlik elektrstansiyalarida elektrenergiya ishlab chiqarish hamda
gidroenergetika va atomenergetikasidan fodalanish o'smoqda. Mamlakatda birinchi
atoelektr stansiyasi 1974 yilda qurib ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: