Termiz davlat universteti tabiiy fanlar fakulteti geografiya


 Argintina davlatining tabiati



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana31.12.2021
Hajmi0,54 Mb.
#221925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
ARGENTINA DAVLATIGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF

2.2. Argintina davlatining tabiati. 

Argentinaning  sharqi  keng  tekisliklardan  va  gʻarbi  togʻlardan  iborat. 

Mamlakatning 

butun 

shim.-sharqini 



La-Plata 

pasttekisligi 

(Gran-Chako, 

Sharqiy Pampa tekisligi), jan.-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. Gʻarbdagi 

togʻ yon bagʻirlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ke-tadi. Jan. Amerikaning 

eng  baland  nuqtasi Akonkagua (6960  m)  ham  Argentina  hududidadir.  Foydali 

qazilmalari:  neft,  gaz,  temir,  polimetallar,  uran,  mis,  qalay, volfram va  b.  rudalar. 

Argentina tekislik qismining  iqlimi  —  tropik  va  subtropik,  jan.  da  —  moʻtadil. 

Eng issiq oy (yanv.)ning oʻrtacha harorati shim. da 28°, jan. da 10°, iyulning oʻrtacha 

harorati  shim.  da  18°  va  jan.  da  G.  Togʻlarda iqlim moʻtadil  sovuq.  Yiliga 

Patagoniyada  100  —  300  mm,  shim.-sharqda  1400  —  1600  mm,  Andning  sharqiy 

yon bagʻirlarida 5000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, 

Urugʻvay,  Rio-Salado,  Rio-Kolorado,  Chubut,  Rio-Negro.  Argentina  koʻllarining 

aksariyati muzliklardan paydo boʻlgan (Naul-Uapi, Buenos-Ayres, Vyedma va b.). A. 

hudu-dining  salkam  20%  doimiy  koʻm-koʻk  va  bargi  toʻkiluvchi  oʻrmonlar  bilan 

qoplangan.  Gran-Chakodagi qizil tuproqda  siyrak  oʻrmon,  Pampadagi  unumdor 

qoratuproqda  pichanzor  dashtlar,  Patagoniyada  —  yarim choʻl.  A.  ning  milliy 

bogʻlari — Iguasu, Lanin, Nauel-Uapi va b. 

Aholisi. Argentinlar (mamlakat aholisining 

90%) 


asosan 

yevropalik 

muhojirlardan  shakllangan.  Shuningdek  italyanlar,  yahudiylar,  ukrainlar,  ispanlar, 

katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va b. lar ham yashaydi. Tub joy aholisi — 

in-deyslarning  aksariyati  yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari  jarayonida 

qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaranlar va b.) A. ning shim.-gʻarbida 

va Paragvay bilan boʻlgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili. 

Dindorlarning aksariyati katoliklar. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 9 kishidan 

koʻproq.  Aholining  86%  shaharlarda  yashaydi.  Yirik  shaharlari:  Buenos-Ayres, 

Kordova, Rosario, LaPlata. 




15 

 

Qadim  zamonlarda  Argentina  hududida  koʻp  sonli  indeys  qabilalari  yashar,  ularda 



jamoa-urugʻchilik  munosabatlari  xukmron  edi.  Shim.-gʻarbda  diagitlar,  charrua  va 

kerandilar  eng  rivojlangan  indeys  qabilalari  boʻlgan;  ular oʻtroq hayot kechirar, 

dehqonchilik,  baliqchilik,  ovchilik  bilan  shugʻullanar, rangli  metallar eritishni, 

toʻqimachilikni bilar edi. Shim.-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va b. yashar, 

janubda  araukanlar  va  patagonlar  koʻchib  yurar  edi.  16-a.  ning  1-yarmidahoz. 

Argentina  hududi ispanlar tomonidan  bosib  olina  boshladi.  Ispanlar  bu  mamlakatni 

Rio-de-La-Plata  (ispancha kumush)  daryosi  nomi  bilan  LaPlata  deb  atadilar. 

Mustamlakachilarga qarshi indeys  qabilalari  bir  necha  marta  isyon  koʻtardi  (1580, 

1630, 1657, 1710-11 y. lar). 1776-y. da hoz. Argentina hududi butunlay Rio-de-La-

Plata  vitse-qirolligi  tarkibiga  qoʻshib  olindi.  Argentinada  katta  feodal  yer  egaligi 

vujudga  keldi.  Amerikadagi  ispan  mustamlakalarining  1810  —  26  y. 

lardagi mustaqillik uchun  urushi  vaqtida kreollar (dastlabki  ispan  kelgindilarining 

avlodlari)  M.  Belgrano  va  X.  San-Martin rahbarligida  1810  —  16  y.  larda  ispan 

mustamlakachilariga  qarshi  qurolli kurash olib  bordilar.  Kurash  boshlangan 

25 may kuni  argentin  xalqining  milliy  bay-rami  boʻlib  qoldi.  1816-y.  da  viloyatlar 

vakillarining Tukuman sh. dagi kongressi La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil 

deb  eʼlon  qildi.  1826-y.  da  A.  Federativ  Respublikasi  tuzildi.  19-a.  mobaynida 

vujudga  kela  boshlagan burjuaziya manfaatlarini  ifodalovchi  unitariylar  bilan  yer 

egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar oʻrtasida kurash davom etdi. 

19-a.  2-choragidan  Argentinada Buyuk  Britaniya iqgisodiy  va  siyosiy  mavqei 

mustahkamlandi, 1833-y. da u Folklend (Malvin) o. larini bosib oldi. 19-a. oxirlarida 

mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali 

kirib 

keldi. 


Hukmron 

davlatlar 

Argentinani siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni goʻsht, don va b. xom 

ashyo yetkazib  beruvchi  mamlakatga  aylantirdilar.  19  —  20-a.  lar  boʻsagʻasida 

Argentinada sanoat rivojlandi.  19-a.  ning  oxiridan  Argentinada  turli  harbiy 

diktaturalar  hukmronlik  qildi.  2-jahon  urushi  yillarida  Argentina betaraflik eʼlon 

qilgan boʻlsa ham, aslida fashistlarga koʻmaklashdi. 1945-y. martidagina Germaniya 

va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945-y. dan Argentina — BMT aʼzosi. 1943-

y.  gi  harbiy  toʻntarish  natijasida  bir  guruh  ofitserlar  hokimiyatni  qoʻlga  oldilar. 



16 

 

Ularning  rahbarlaridan  biri general X. D.  Peron  (1946  –  55  va  1973 —  74  y.  larda 



Argentina prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga 

mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976-y. da general 

Videla  hukmronligi  davrida  zoʻravonlik  va  tartibsizliklarga  qarshi  qattiq  choralar 

joriy  etildi,  iqtisodiyotni  mustahkamlashga  kirishildi.  1981-y.  da  Roberto  Viola 

prezident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni agʻdarib tashladilar. Shu davrda 

(1982-y.) Folklend (Malvin) o. lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan 

Argentina  ularni  egallashga  urinib  koʻrdi,  lekin  bu harakat muvaffaqiyatsiz 

chiqdi.  1983-y.  dagi  yalpi saylov natijasida Raul Alfonsin  prezident  etib  saylandi. 

1999-y.  dan  esa  Fernando  de  la  Rua  Argentina  prezidenta.  1993-y.  9 sent. 

da Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. 

Siyosiy  partiyalari, kasaba  uyushmalari.  Fuqaro radikal ittifoqi,  1889-y.  da 

taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tuzilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957-y. da 

Fuqaro 

radikal 


ittifoqi 

partiyasidan 

ajralib 

chiqqan 


guruh 

negizida 

tuzilgan; Xalq sotsialistik  partiyasi,  1982-y.  da  tuzilgan;  Murosasozlik  partiyasi, 

1963-y. da Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi boʻlinishi natijasida vujudga kelgan; 

Xustisialistik  (adolat)  partiyasi,  1947-y.  da  X.  Peron  tomonidan  tuzilgan; 

Taraqqiyparvar  demokratik  partiya,  1909-y.  tuzilgan.  Argentinada  Kommunistik 

partiya, 

Sotsial-demokratik 

partiya, 

Demokratik 

markaz 

ittifoqi, 

Xristiandemokratik partiya ham bor.  Umummehnat  konfederatsiyasi  1930-y.  da 

tuzilgan. 

Xoʻjaligi.  Argentina  iqtisodiy  jihatdan  Lotin  Amerikasida  eng  rivojlangan 

mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari koʻp, malakali ishchi kuchiga ega. Q. 

x.,  sanoatning  turli  tarmoqlari  rivojlangan.  Ammo  80-y.  lar  oxirida  boshqaruvning 

samarasizligi  oqibatida  Argentina  iqtisodiyoti  barbod boʻlish arafasida  edi.  1989-y. 

da  saylangan  yangi hukumat iqtisodiyotni  isloh  qilish  dasturini  amalga  oshirdi, 

natijada  Argentina yana barqaror  rivojlana  boshladi.  1991-y.  da  qabul  qilingan 

konvertatsiya  toʻgʻrisidagi  qonunga  binoan  koʻpchilik  davlat  korxonalari 

xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila boshladi, byudjetga 

soliqlardan tushum yaxshilandi, ishchilarga kompensatsiya toʻlash tizimi yaratildi. 



17 

 

Sanoati. Argentina asosan, q. x. xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. 



Yetakchi tarmoq — oziq-ovqat (goʻsht, yogʻ, un, vinochilik, konserva, qand-shakar) 

sanoati. Goʻsht yetishtirish  va eksport qilish  sohasida  Argentina  dunyoda  oldingi 

oʻrinlardan birida turadi. Toʻqimachilik, charmpoyabzal tarmoqlari rivojlangan. Ogʻir 

industriyada 

mashinasozlik 

(traktor, 

q. 

x. 


mashinalari, 

avtomobillar, 

stanoklar, elektr texnika asbob-uskunalari  va  b.),  neftni  qayta  ishlash,  qora 

metallurgiyaning  salmogʻi  katta.  Sement,  sellyuloza-qogʻoz  korxonalari  bor.  Neft, 

gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi.  

Yoqilgʻi-energetika  balansining  salkam  85%  ni neft va gaz tashkil  qiladi. 

AESlar  qurilgan.  Asosiy  sanoat  markazlari:  Buenos-Ayres,  Rosario,  Kordova,  La-

Plata. 


Chorvachilik mahsulotlarini,  don  va moyli  ekinlar hosilini tovar sifatida 

tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi rivojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga 

ega boʻlgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Q. x. ga yaroqli yerlarning 

faqat  20%  ga  ekin  ekiladi.  Q.  x.  ning  yetakchi  tarmogʻi  chorvachilik  boʻlib,  unda 

goʻsht 

yetishtiriladigan qoramolchilik va 

goʻsht-

jun olinadigan qoʻychilik ustun turadi.  Argentinada  qoramollar  —  51  mln.,  qoʻylar 

— 29 mln., choʻchqalar — 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi 

tarmogʻi  —  gʻallachilik.  Bugʻdoy,  makkajoʻxori,  javdar,  suli,  arpa,  texnika 

ekinlaridan  —  kungaboqar,  zigʻir, paxta yetishtiriladi.  Muhim yem-xashak ekini 

— beda.  Bogʻdorchilik,  tokchilik  rivojlangan.  Qimmatbaho daraxt navi,  jumladan 

dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi. 

Transporti.  T.  y.  lar  uzunligi  —  salkam  34,1  ming  km, avtomobil yoʻllari  —  211,4 

ming km. Asosiy porti — Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti — Eseysa (Buenos-Ayres 

yaqinida). 

Chetga  chiqariladigan  q.  x.  mahsulotlarining  80%  goʻsht,  don,  yogʻ,  xom  teri,  jun, 

hoʻl  mevalarga  toʻgʻri  keladi.  Chetdan  mashinalar, transport vositalari,  metall, 

yoqilgʻi,  kimyoviy  tovarlar  keltiriladi.  Asosiy savdo mijozlari:  AQSH,  Braziliya, 

Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi — peso. 




18 

 

Tibbiy xizmati. Argentinada 133,8 ming oʻrinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 oʻrin) 



bor.  53,7  ming  shifokor  (450  aholiga  1  shifokor)  tibbiy  xizmat  koʻrsatadi. 

Davlat sogʻliqni  saqlash tizimi  tibbiy  yordamni  sugʻurtalash  va  xususiy  shifokorlar 

xizmati  bilan  birga  qoʻshib  olib  boriladi.  Shifokorlarni  un-tlarning  9 tibbiyot f-ti 

tayyorlaydi. 

Maorifi,  ilmiy  va  madaniy-maʼrifiy  muassasalari.  Argentinada  6  yoshdan  14 

yoshgacha boʻlgan bolalarning majburiy taʼlimi joriy etilgan. Davlat oʻquv yurtlari 

bilan  birga  xususiy  maktablar  ham  bor.  Boshlangich  maktablarda  3471  ming,  oʻrta 

oʻquv yurtlarida (umumiy taʼlim, hunar, ped. va b. maktablarda) 1125 ming oʻquvchi 

oʻqiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va b. shaharlarda un-tlar bor. Bir 

qancha  tarmoq  akademiyalari,  i.  t.  institutlari  va  ilmiy  jamiyatlar  ilmiy  tadqiqotlar 

olib  boradi.  Buenos-Ayresda  Milliy  kutubxona,  un-t  kutubxonasi  va  b.  bor.  Tabiiy 

fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va b. muzeylar mavjud. 

Matbuoti,  radioeshittirishi,  telekoʻrsatuvi.  Eng  koʻp  tarqalgan  gaz.  lar: 

«Rason»(«Aql-idrok»,  1905-y.  dan),  «Prensa»(«Matbuot»,  1869-y.  dan), 

«Nasyon»(«Millat», 1870-y. dan), «Gaseta» («Gazeta», 1912-y. dan). «Telenotisiosa 

amerikana» hukumat agentligi 1945-y. tashkil etilgan. 52 xususiy radiost-ya alohida 

uyushmaga  birlashgan.  Telekoʻrsatuv  1951-y.  dan  mavjud.  1959-y.  da  22  xususiy 

telest-yalar uyushmasi tuzilgan. 

Argentinada yashagan indeys qabilalarning ogʻzaki ijodi namunalari bizgacha 

yetib kelmagan. Biroq xalq sheʼriyati oʻziga xosligini saqlab qolgan. 16-a. dan 19-a. 

boshlarigacha adabiyot Ispaniya adabiyoti  taʼsirida  rivojlandi.  18-a.  oxiri  —  19-a. 

boshlarida  M.  de  Lavarden,  D.  de  Asuenaga  va  b.  lar  ijodida  maʼrifatparvarlik 

tamoyillari namoyon boʻldi.  1810  —  26  y.  lar  Ispaniyaga  qarshi  urush  va  milliy-

ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassitsizm hukmronlik qildi. B. de 

Monteagudo,  V.  Lo-pes-i-Planes  (uning  «Vatanparvarlik marshi»,  1810,  A. 

madhiyasi  boʻlib  qolgan),  E.  de  Luka,  X.  Kruves  Varela  asarlari  paydo  boʻldi. 

Mamlakat  mustaqilligi  eʼlon  qilingandan  keyin  yangi oqim vakili  —  faylasuf  va 



19 

 

milliy poeziya asoschisi  E.  Echeverria  sheʼrlar,  dramalar,  dostonlar  yezdi.  Shoir, 



hikoyanavis,  tarixchi  olim  va  adabiyotshunos  X.  M.  Gutyerres  argentin  romantik 

prozasining  dastlabki  namunalarini  yaratdi.  Publitsist  va  jamoat  arbobi  D.  F. 

Sarmyento  oʻtkir  maqolalar  yozdi.  19a.  2-yarmida  «gaucho  adabiyoti»  urf  boʻldi, 

uning asosini pampa aholisining ogʻzaki ijodi tashkil qilar edi. 50  — 70-y. larda I. 

Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qoʻshiqlar, «Santos Vega» sheʼriy romani, 1851), 

X. Marmol (dastlabki milliy roman «Amaliya», 1855), X. Ernandes (uning «Martin 

Fyerro» qahramonlik dos-toni, 1 — 2-qismlari, 1872 — 79, milliy adabiyotning eng 

salmoqli  asaridir)  asarlari  va  b.  dunyoga  keldi.  19-a.  oʻrtalarida  xalq  urf-odatlarini 

ifodalovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, 

M. Kane va b. dir. 20-a. 20-y. larida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy romanlari 

chiqdi. 20-a. 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanlari paydo 

boʻldi. 


Tasvnriy  sanʼati  va  meʼmorligi.  Argentina  tub  joy  aholisining 

mustamlakachilikdan  avvalgi  sanʼati  (16-a.)  matolarga  solingan  geometrik 

naqshlardan, jigʻalardan, guldor va jimjimador sopol buyumlardan, tosh, yogʻoch va 

loydan  yasalgan  haykalchalardan  iborat  edi.  Argentinada  milliy  rassomlik  19-a.  da 

yuzaga  kelib,  20-a.  boshlarida  taraqqiy  etdi.  Rassomlar  ijodida  milliy  mavzu,  xalq 

obrazi katta oʻrin egalladi. 19-a. oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-a. 

oʻrtalarida badiiy yuksaklikka koʻtarildi. Argentinada mahalliy xalq — indeyslarning 

meʼmoriy 

anʼanalari kam saqlangan. 

18-a. 


dan 

boshlab 


Argentina 

meʼmorligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri 

Kordovadagi Kompaniya ibodatxonasidir. 

Ibodatxonaga 

ispan 

iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova un-ti majmuasiga kiradi. 



18-a.  oxiri  va  19-a.  boshlarida  Argentinada  mumtoz meʼmorlik uslubi  tarqaldi. 

Avvalo,  aniq  va  yaxlit  (mas,  Buenos-Ayresdagi  ibodatxona  peshayvoni,  1804), 

keyinchalik 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida eklektik va hashamatli binolar (Buenos-

Ayresdagi «Kolon» teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari koʻpincha katta 

ayvonli  boʻlgan.  20-a.  dan  hoz. zamon meʼmorligi  rivojlandi.  Buenos-Ayresda  va 



20 

 

mamlakatning  boshqa  shaharlarida  koʻp  qavatli,  yaxlit oyna va  temir-betondan 



mehmonxona, bank kabi maʼmuriy binolar koʻplab qurilgan. 

Musnqasi.  Hoz.  zamon  Argentina  hududida  yashagan  indeys  qabilalari  hayoti  va 

turmushida musiqa katta  oʻrin  olgan.  And  xalqlari  —  ayniqsa kechua va  boshqa 

rivojlangan va oʻziga xos musiqa madaniyatiga ega boʻlgan; ularning dilrabo yaravi 

qoʻshiqlari,  uayno raqs ohanglari,  cholgʻu  asboblari  (kena  nayi  va  zarbli  asboblari) 

hozirgacha saqlanib qolgan. Argentina milliy musiqa maktabi 19-a. oxirlarida tarkib 

topa  boshladi.  Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi,  asosan  yevropacha 

kuylar, orkestr va 

kamer 

asarlar 


muallifi 

A. 


Vilyame 

bu 


maktabning 

bunyodkorlaridan  boʻldi.  «Pampa»  operasining  ijodkori  A.  Berutti  Argentinaning 

yirik kompozitori boʻlgan. «Pampa» asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar 

yangragan.  Buenos-Ayresda  «Kolon» opera teatri,  2  konservatoriya,  simfonik 

orkestr, Kordova va La-Platada konservatoriyalar bor. 

Teatri.  Indeys  qabilalarining  raqslari  va marosim taomillarida teatr harakatlari 

elementlari boʻlgan. 16-a. da havaskorlar truppalari maydonga keldi. 1783-y. Buenos-

Ayresda «Komediya uyi» nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-a. boshlarida L. A. 

Morante,  K.  Enrikes,  X.  M.  Sanches  kabi  mahalliy  dramaturglarning 

pyesalari shuhrat topdi.  19-a.  ning  80-y.  larida bosh qahramoni  chorvador,  dehqon 

boʻlgan  romantik melodrama janri  yuzaga  keddi.  19-a.  da  va  20-a.  boshlarida 

«Viktoriya», «Apolo»teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pyesalar qoʻyildi. 1920-

y.  larda  Argentina  teatri  inqi-rozga  uchradi.  Ammo  bir  necha  mustaqil  I  teatrlar 

vujudga kelib, teatr sanʼatini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy 

dramaturglardan  O.  Dragun,  A.  Kusani,  K.  Gorostisa,  L.  Barlettalarning  asarlari 

qoʻyildi.  1935-y.  da  Buenos-Ayresda  Milliy  komediya  teatri  bilan 

Milliy teatrshunoslik in-ti tashkil topdi. 1943-y. da Davlat qoʻgʻirchoq teatri tuzildi. 

Musiqiy  teatr  1825-y.  da  Buenos-Ayresda  birinchi  opera  spektakli  —  «Sevilyalik 

sartarosh»  (J. Rossini asari)ni  namoyish  qildi.  1877-y.  da  F.  Argreaves  birinchi 

Argentina  operasi  «Oq  mushuk»ni  yaratdi.  1925-y.  dan  milliy balet trup-pasi  ish 

boshladi:  «Kometalar»,  «Panambi»  kabi  milliy  baletlar  koʻrsatildi.  Hoz.  vaqtda 

Buenos-Ayres Argentina teatr sanʼatining markazi boʻlib, bu yerda «El Pueblo», «La 




21 

 

Maskara»,  «Fray  Mocho»  kabi  mustaqil  teatrlar,  Milliy  komediya  teatri,  «Odeon» 



kabi tijorat teatrlari ishlamoqda. 

Knnosn. Argentinada film yaratish 1897-y. dan boshlandi. 1908-y. da italiyalik 

rej.  M.  Galyo  «Dorregoning  otilishi»degan  birinchi  filmni  yaratdi,  unda  teatr 

aktyorlari  ishtirok  etishdi.  Keyinchalik  rej.  X.  A.  Ferreyra  («Gaucho  qoʻshigʻi», 

1930), L. Zaslavskiy («Qochish», 1937) va b. bir necha film yaratdilar. U Petit de 

Murat  («Gaucho  urushi»),  S.  Pondel  Rios  («111-kilometr»),  E.  Amorim  («Keksa 

doktor»)  kabi  kinossenariychilar  barakali ijod qildilar.  Keyingi  yillarda  ishqiy 

sarguzasht  filmlar,  kinokomediyalar  ishlandi,  ayrim  adabiy  asarlar  ekranlashtirildi. 

Argentina yirik kino i. ch. firmalari: «Arxentina sono films», «Kontrakuadro». 

 Buenos-Ayresda Kino 

sanʼati va 

kino 


fani 

akademiyasi, 

Milliy kinematografiya in-ti ishlab turibdi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


22 

 


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish