Tarhiya tizimini ijtimoiylashtirish
Tarbiya tizimining rivojlanishi uchta jarayonning rivojlanishida aks ettiriladi - ijtimoiylashtirish, o'zini tarbiyalash va kasbiy ta'sir ko'rsatish. Bu jarayonlar uchta asosiy subyektlar shaxsi bilan shakllanuvchi - jamiyat, individning o'zi va pedagogning bir obyekt bilan o'zaro munosabatlari davomida amalga oshiriladi. Jamiyat to'g'risida to'xtalib o'tamiz. "Ijtimoiylashtirish" tushunchasi tarbiya nazariyasida juda keng foydalaniladi. Tadqiqotchilar uni qadriyatli ko'rsatmalari va tarbiyalash tamoyillariga qarab tushuntiradilar. Hatto bu borada ma'lum an'analar yuzaga kelgan, katta ilmiy material ham to'plangan. Sotsialogik va psixologik adabiyotlarda ijtimoiyIashtirish juda faol tahlil qilinadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayotda jamiyat va shaxs rolini talqin qilish albatta, qarama-qarshi bo'lgan ijtimoiylashtirish konsepsiyasining shakllanishiga olib keladi.
Qattiq ijtirnoiylashtirish deb ataluvchi konsepsiya tarafdorlari, funksional rnaktab vakillari bu jarayonni shaxsni ijtirnoiy tizimga to'la jalb etish sifatida belgilaydi. Sotsiologiya ijtimoiylashtirishni tahlil qilishda, "moslashish", "qulaylik", "tenglik" kabi muvozanat tushunchalariga tayanadi. Ularning tadqiqotlaridagi asosiy vazifa - individlarni ijtimoiy muhitga rnoslashtirish hisoblanadi. Bu konsepsiyaga "yangi insonparvarlashtirish" tarafdorlari qarshil chiqadi. Ular ijtimoiylashtirishda o'z qobiliyatlari va layoqatlarini yaratuvchi shaxsni hamda shaxsning o'zini arnalga oshirishi va o'zini namoyon etishiga to'sqinlik qilayotgan elementlarni tanqidiy yengishni kO'radilar. Biroq, birinchi holatda, rna'lum tarzda ishlab chiqilgan muhitga ta'sir ko'rsatish to'g'risida gap yuritilayotgan bo'lsa, ikkinchi holatda, "ijtimoiylashtirish va shaxs" tushunchalarini to'la adashtirish sodir bo'lrnoqda.
Ta'lim tizirnidagi ijtirnoiylashtirish deyarli chiqarib tashlashga, uning O’zini tarbiyalash bilan almashtirishga, tarbiyachi kasbiyligiga esa shakllanayotgan shaxsning rnustaqilligini ta'rninlash vazifasini yuklatishga harakat qilinmoqda. Birinchi nuqtai nazar ijtirnoiy hayot taraqqiy etgan asoslarini qayta ishlab chiqish muammosiga e'tiborni kuchaytiradi, ikkinchisi esa madaniy ijodkorlik shaxsi ijodiy qobiliyatlariga erkinlik berishga qaratilgan.
Ma'lumki, bu ikki qararna-qarshi nuqtai nazarlardan birortasi ham amaliy hollarda tarbiya amaliyotini takomillashtirishga olib kelmaydi. To'g'ri, shaxs ichki dunyosini ijtimoiy manfaatlar bilan to'la bog'lab qo'yishga yo'l qO'yish mumkin emas. Lekin baribir jamiyat insonga ta'sir ko'rsatadi va ta'sir ko'rsatishni hisobga olmay bo'lmaydi. Ijtimoiylashtirish - muhit, jamiyatning shaxsga ta'siri demakdir. Shu bilan birga ta'sir ko'rsatish shaxsning tashkil topishida juda zarur hisoblanadi. Jamiyat - umuman alohida kuch - o'ziga xos insoniy munosabatlar va o'zaro aloqalan;iir. Bu narsalar bo'lmasa, odam
Do'stlaringiz bilan baham: |