4. Oliy ta’lim. (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanadi). Respublikamizda oliy ta’lim muassasalarining 1991 va 2010 yillardagi holati 8.2.3-jadvalda aks ettirilgan.
2010 yilga kelib, yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari (OTM filiallari) soni – 76 ta. Shundan: universitetlar – 19 ta, institutlar – 36 ta, akademiyalar – 2 ta, konservatoriya – 1 ta, raqs va xoreografiya oliy maktabi – 1 ta, OTMlari filiallari – 11 ta, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari – 6 ta.
-
O‘tgan davr mobaynida oliy o‘quv yurtlari soni ikki barobar ortdi va bugungi kunda mamlakatimizdagi 59 ta universitet va oliy o‘quv yurtlarida 230 mingdan ziyod talaba ta’lim olmoqda (“Xalq so‘zi”, 2012 yil 18 fevral).
-
Oliy ta’limning 254 ta bakalavriat yo‘nalishi va 719 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, ular asosida namunaviy o‘quv rejalari va fan dasturlari yaratilib, o‘quv jarayoniga tatbiq etildi.
-
2004-2009 yillar davomida 1200 ga yaqin o‘quv adabiyoti nashr etildi.
-
O‘quv adabiyotlarining zamonaviy yangi avlodiga qo‘yiladigan talablar dunyo tajribasi asosida ishlab chiqildi. Fanlar bo‘yicha o‘quv-metodik majmuaning zamonaviy modeli yaratildi. Professor-o‘qituvchilardan iborat mualliflar tarkibi shakllantirildi. Ular tomonidan 2550 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv-metodik majmua yaratish ishlari olib borilmoqda.
-
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida 22332 ta kompyuter mavjud bo‘lib, har 100 nafar talabaga 8,2 ta (2004 yilda 4,2 ta) kompyuter to‘g‘ri kelishini ta’minlashga erishildi. 9 ta oliy ta’lim muassasasidagi axborot texnologiyalari markazlari zamonaviy videokonferentsiya uskunalari bilan jihozlandi.
-
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi mavjud 262 ta kutubxona negizida axborot-resurs markazlari (ARM) tashkil etildi. Barcha ARMlari zamonaviy kompyuter texnikalari va telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlandi.
-
Oliy ta’lim muassasalarida 1500 dan ortiq elektron darslik va o‘quv qo‘llanma yaratildi, kutubxona tizimini avtomatlashtirish va elektron kataloglar yaratish bo‘yicha loyihalar 44 ta oliy ta’lim muassasasida amalga oshirildi.
-
Aspirantura va doktoranturada tahsil olayotgan tadqiqotchilar soni 2004-2009 yillar davomida qariyb 1,6 barobar oshdi. 2009 yil ko‘rsatkichlari bo‘yicha (2004 yilga nisbatan) nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoyalari soni 12,9 foiz, o‘z muddatida himoya qilgan aspirant va doktorantlar soni 4,3 foizga oshdi.
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida jami 5,8 milliard so‘mlik 415 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda, bu esa 2004 yilga nisbatan qariyb 3,5 barobar ko‘pdir. Xo‘jalik shartnomalari asosida bajarilayotgan ilmiy ishlar hajmi 2004-2009 yillar davomida 3,3 barobar oshgan (2004 yilda 546,3 million so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2009 yilda 21192 million so‘mni tashkil etgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |