O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“Tasdiqlayman”
|
“Tavsiya etilgan”
|
Iqtisodiyot fakulteti Ilmiy Kengashi raisi ___________ dots. Gadayshayev M.A.
|
Iqtisodiyot kafedrasi mudiri
____________ dots. Avazov E.X.
|
Iqtisodiyot fakulteti Ilmiy Kengashining 2013-yil 27-avgustdagi №1-sonli majlisida takomillashtirilgan variantda qayta muhokama qilingan va uning qarori bilan tasdiqlangan
|
Iqtisodiyot kafedrasining 2013-yil avgustdagi № 1-sonli majlisida takomillashtirilgan variantda qayta muhokama qilinib, uning qarori bilan tasdiqlangan va tavsiya etilgan
|
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“BOZOR INFRATUZILMASi iqtisodiyoti”
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Bakalavriatning 5230100–Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun
Tuzuvchi: Nurmatov N.J.
Termiz-2013
KIRISH
Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish munosabatlari вa iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosi hisoblanib, xizmat ko‘rsatish va ta’minot tizimidagi korxonalar faoliyati rivojlantirilmasdan iqtisodiyotning yirik tarmoqlari barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash mumkin emas.
Infratuzilma subyektlari respublikamizdagi ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni to‘la qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot, ekologiya, boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini o‘z ichiga oladi, eng asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Infratuzilma subyektlari o‘zining vazifasi, yo‘nalishi va xizmat ko‘rsatish darajasiga qarab ayrim tadbirkor shaxslar yoki guruhlar tomonidan, ba’zi holatlarda esa davlat tomonidan yoki bevosita uning ishtirokida tashkil etilmoqda. Chunki qishloq xo‘jaligi tovar mahsuloti ishlab chiqarishni yuqori sur’atlarda o‘sishiga erishish uchun infratuzilma subyektlarini tashkil etish va rivojlantirishga boshlang‘ich bosqichda yirik miqdorda sarmoya kiritilishini talab etadi. Infratuzilma subyektlariga sarflangan sarmoya bosqichma-bosqich olinib, sarflangan sarmoya nafaqat bevosita tadbirkorlar hisobiga, balki barcha ishtirokchilarga (tadbirkor, korxona egasi yoki homiy tashkilot va mahalliy davlat organi) qaytadi.
Infratuzilma majmuasiga kiruvchi subyektlar (sohalar) kichik va xususiy tadbirkorlarning ishlab chiqarish-iqtisodiy munosabatlariga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatib, takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlashda ijobiy rol o‘ynaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi bozor infratuzilmasi sohalarining faoliyat yuritish qonun-qoidalarini, barcha munosabatlarning mohiyatini, tushunchalarini, ularning iqtisodiyotda qay darajada, qanday shaklda amal qilayotganligini, kelajakda takomillashtirish yo‘llarini «Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fani o‘rganadi.
«Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fanining maqsadi - bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish va uning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berish, tadbirkorlik shakllari, ularni rivojlantirish, mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari, ulardan samarali foydalanish, mahsulotlar hajmi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish, investitsiya loyihalari, tarmoqlarni joylashtirish va boshqa iqtisodiy munosabatlar tizimining nazariy asoslarini hal etish, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini o‘rganish, bozor subyektlari uchun xizmat ko‘rsatuvchi sohalarni rivojlantirishning nazariy asoslarini o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini izlashdan iboratdir.
Yuqorida ta’kidlanganlarni e’tiborga olgan holda «Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
respublikamiz iqtisodiyotida bozor infratuzilmasining o‘rni, xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish;
-
bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ularni chuqurlashtirish yo‘nalishlarini izlash;
-
bozor infratuzilmasining rivojlanishi, ularning faoliyati samaradorligiga iqtisodiy baho berish hamda yuksaltirish yo‘nalishlarini topish;
-
bozor subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar samaradorligini o‘rganish;
-
bozor infratuzilmasini investitsiyalash masalalarini o‘rganish;
-
tarmoqdagi fan-texnika taraqqiyoti yo‘nalishlari va uning samaradorligini o‘rganish;
-
ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishi, ularning faoliyati samaradorligiga iqtisodiy baho berish hamda yuksaltirish yo‘nalishlarini topish;
-
ijtimoiy infratuzilmasining rivojlanishi, ularning faoliyati samaradorligiga iqtisodiy baho berish hamda yuksaltirish yo‘nalishlarini topish;
-
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo‘llarini o‘rganish.
Mamlakatimizdagi bozor infratuzilmasi sohasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yo‘nalishlari, ahamiyati hamda mazmunini yoritishda Respublika Parlamentida qabul qilingan qonunlarga, Prezident farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga hamda Prezidentimiz I.A.Karimov asarlariga asoslanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari mazkur ma’ruza matnida infratuzilma sohasida amalga oshirilayotgan asosiy iqtisodiy munosabatlarning, tushunchalarning mazmun va mohiyatini Respublika ma’lumotlari, viloyat statistika boshqarmasi va infratuzilma tarmoqlarida faoliyat yurituvchi alohida korxonalar ma’lumotlaridan foydalanib, jadvallar, diagrammalar, grafiklar yordamida yoritishga e’tibor berildi. Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi talablari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlangan mazkur ma’ruza matnida o‘qitishning yangi, zamonaviy texnologik xususiyatlarini hisobga olib, har bir mavzuga oid tayanch iboralar, nazorat va muhokama uchun savollar hamda asosiy adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
1-Mavzu: Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turlari. «Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fanining predmeti va usullari.
Reja:
1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Infratuzilmaning mohiyati va turlari.
3. «Bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti» fanining predmeti va tadqiqiot usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |