Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi umurtqalilar zoologiyasi



Download 9,55 Mb.
bet12/57
Sana09.04.2022
Hajmi9,55 Mb.
#539649
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR

Mavzu bo‘yicha topshiriqlar:



  1. Umurtqalilarning qon aylanishi va ovqat hazm qilish tizimlarini solishtirma anatomiyasini o‘rganish.

  2. Umurtqalilarning skelet tuzilishini solishtirma anatomiyasini o‘rganish.

3. Xordali hayvonlarni o‘rganish metodlari.
4. Xordali hayvonlarning sistematik guruhlarini o‘rganish.
8-Mashg‘ulot. Umurtqalilarning nafas olish va ayirish tizimlari
Jihozlar
1. Har xil ekologik guruhlarga kiruvchi umurtqali hayvonlarning tulumi.
2. Sut emizuvchilarning tashqi va ichki tuzilishi (mulyaji).
3. Tablitsalar; Umurtqalilarning umumiy ko‘rinishi,a’zolarining solishtirma anatomiyasi; nafas olish, ayirish tizimlari tuzilishini o‘rganish.

Ishning mazmuni:




Umurtqalilarning nafas olish organlari ikki xil bo‘ladi: jabralar va o‘pkalar; bundan tashqari, ba’zilarida teri orqali nafas olish ham muhim ahamiyatga ega. Jabra apparati, odatda,halqumni tashqi muhit bilan bog‘lovchi simmetrik joylashgan juft yoriqlar sistemasidan iborat. Jabra yoriqlarining oldingi va orqa devorlari plastinkasimon o‘simta hosil qiluvchi shilliq qobiq bilan o‘ralgan; o‘simtalar jabra yaproqchalaridan iborat.
Yuqorida aytilgan har bir yaproqlarga ega bo‘lgan ( oldingi va orqa) jabra yoriqlari devori yarim jabra deb ataladi. Jabra yoriqlari orasida visseral jabra yoylari joylashgan (visseral skelet haqidagi bo‘limga q.). SHunday qilib, har bir jabra yoyi har xil ikkita jabra yorig‘ining yarim jabralari bilan, ya’ni bir yoriqning oldingi yarim jabrasi va ikkinchi yoriqning orqa yarim jabrasi bilan tutashgan.
Jabra yoriqlari halqumdan tashqariga qarab o‘suvchi juft entodermal o‘simtalar sistemasi sifatida hosil bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda tashqi qavatning entodermal o‘simtalari ham hosil bo‘la boshlaydi. Bu o‘simtalar bir- biriga qarama- qarshi o‘sib, keyin o‘zaro birlashadi. Binobarin, jabra yoriqlari ento va ektodermal kelib chiqishga ega. Odatda, jabra yaproqlari ektodermal murtakdan hosil bo‘ladi. Faqat to‘garak og‘izlilarda va qalqondorlarda ular entodermadan hosil bo‘lgan.
Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning nafas olish ogani o‘pka. U hiqildoq orqali halqumga ochiladigan bir juft xaltachadan iborat. O‘pka embrional rivojlanish davrida halqum devorining qorin tomonida paydo bo‘ladigan bo‘rtmalar sifatida hosil bo‘lib, entodermal kelib chiqishga ega. Rivojlanishning boshlang‘ich davrlarida o‘pka jabra yoriqlarining bir juft ichki, ya’ni entodermal boshlang‘ichini eslatadi. SHu holat va jabra bilan o‘pkaning qon ta’minotidagi o‘hshashlik o‘pka jabra xaltasining oxirgi juftiga gomologik ekanligidan dalolat beradi.
Ayirish organlari. Barcha umurtqali hayvonlarning ayirish organlari buyrakdan iborat.Ammo buyraklarning tuzilishi va funksiyasi umurtqalilarning har xil guruhlarida bir xil emas.

Tuban umurtqalilarda u dastlab ayirish mahsulotlarini bevosita tashqariga chiqaruvchi tana bo‘shlig‘iga v o r o n k a -n e f r o s t o m a l a r shaklida ochiluvchi ayirish naychasining sistemasi paydo bo‘ladi. Voronkalar yonida ayirish jarayonida ayirish mahsulotlarini qonda filtratsiya qilishda ma’lum rol o‘ynaydigan, qon tomirlariga boy bo‘rtmalar — q o n t o m i r l i t u g u n ch a l a r joylashgan. Har bir ayirish naychasining qarama-qarshi uchi umumiy ayirish yuliga ochiladi. Bunday turdagi ayirish organi b o sh b u y r a k yoki b o sh l a n g‘ i ch b u y r a k (pronefros) deb ataladi. Uning chiqarish yuli pronefrik kanal deb ataladi. Tuban umurtqalilarda boshlang‘ich buyrak faqat murtak holatida bo‘ladi.


Voyaga etgan tuban umurtqalilarda boshqa xil buyrak — tana, ya’ni birlamchi buyrak (mezonefros) rivojlanadi. Mezonefros boshlang‘ich buyrak orqasida rivojlana boshlaydi. Uning kanalchalari tana bo‘shlig‘i bilan aloqasini deyarli yuqotib, ayirish mahsulotlarini bevosita qondan oladi. SHuning uchun nefrostomalar rudimentlashgan bo‘ladi. Aksincha, yuqorida aytilgan qon tomirlari tugunchalari murakkab chigal hosil qiladi. Ular b o u m e n k a p s u l a s i deb ataladigan maxsus ayirish kanalchalarining o‘simtalarida joylashadi.
Tana buyragi shakllanib bo‘lgach pronefros reduksiyalanadi.Pronefrik kanal ikkiga ajraladi.Ularning biri bilan mezonefros kanalchalari bog‘liq bo‘ladi,u siydik yo‘li vazifasini o‘taydi va volf kanali deb ataladi.Pronefrik kanalning ikkinchi qismi ma’lum vaqtgacha pronefros
bilan bog‘liq bo‘lib, uning reduksiyasidan keyin yo yo‘qoladi (erkaklarida) yoki m yu l l e r k a n a l i deb ataladigan (urg‘ochilarida) jinsiy yul vazifasini bajaradi.
Yuqori umurtqalilarda pronefros rivojlanmaydi va murtak ayirish organi sifatida mezonefros xizmat qiladi. Voyaga etgan holatda mezonefros tana buyragi orqasida rivojlanuvchi chanoq buyragi, ya’ni metanefrosga almashinadi. Bu holatda buyrak kanalchalarida tana bo‘shlig‘iga ochiluvchi voronkalar bo‘lmaydi, balki boumen kapsulasi, malpigiy tanachalari rivojlana boshlaydi. Kanalchalar volf kanali- ning orqa uchidan ajraluvchi maxsus umumiy ayirish yo‘li — metanefrik kanalga ochiladi. Mezonefros (erkaklarida) chanoq buyragi hosil bo‘lgandan so‘ng yuqoladi yoki (urg‘ochilarida) uning faqat oldingi uchi qolib, ustidan jinsiy bezni (urug‘donni) volf -kanali bilan tutashtiruvchi kanalchalar o‘tadi. SHunday qilib, yuqori umurtqalilarning erkaklarida volf kanali saqlanib qoladi, lekin jinsiy suyuqlikni chiqarish vazifasini bajaradi. Urg‘ochilarida, xuddi tuban umurtqalilardagi singari, bu vazifani myuller kanali bajaradi.
Urg‘ochilarning jinsiy mahsuloti hamma vaqt avval tana bo‘shlig‘iga, keyin (gonadalar bilan bog‘liq bo‘lmagan) myuller kanaliga tushadi. Erkaklarida etilgan jinsiy mahsulotlar urug‘ chiqaruvchi kanalchalar orqali mezonefrik buyrakning oldingi qismidan o‘tib, volf kanaliga tushadi. Bu holat tuban umurtqalilarda ro‘y beradi. Metanefrik buyrakka ega bo‘lgan yuqori umurtqalilarda aytilgan mezonefrosning oldingi qismi rivojlanmaydi. U urugdon bilan volf kanali orasidagi funksiyani bajaradi. Bu u r u g‘ d o n o‘ s i m t a s i yoki e p i d id i mi s deb ataladi. SHunday qilib, jinsiy mahsulotning tashilishida jiddiy farq yuq. Tuban umurtqalilarda volf kanali siydik va urug‘ yo‘li vazifasini o‘tasa, yuqori umurtqalilarda faqat jinsiy yul vazifasini o‘tashi bilan farq qiladi. Jinsiy yullarga ega bo‘lmagan to‘garak og‘izlilar va maxsus tuzilishga ega bo‘lgan jinsiy organli suyakli baliqlar bu holatdan xolidir.
Umurtqali hayvonlar orasida germafroditizm juda kam uchraydi. Barcha yuqori umurtqalilarning vakillari ayrim jinsli bo‘lib, germafroditizm normal holat sifatida faqat tuban formalarda uchraydi.


Download 9,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish