Harakat organlari. Ikki xil; toq va juft xarakat organlarini farq qilish kerak.
Toq harakat o r g a n l a r i — elka, dum, anal suzgichlari skeleti boshqa qismlar bilan qo‘shilmaydigan bir qator tog‘ay yoki suyak nurlardan tashkil topgan.
J u f t ha r a k a t o r g a n l a r i s k e l e t i h a r a k a t o r g a n l a r i k a m a r l a r i va e r k i n h a r a k a t o r g a n l a r i s k e l e t i g a bo‘linadi. Harakat organlari kamarlari hamma vaqt hayvon tanasiniig ichida joylashgan bo‘ladi. Ularning tuzilishi har xil guruhlarda turlicha bo‘lganligi uchun o‘z joyida tushuntiriladi. Umurtqali hayvonlarda erkin harakat organlarining skeleti ikki xil: baliqlarda suzgichlar va erda yashovchilarda b e sh barmoqli harakat organlari bo‘ladi. Birinchi holatda skelet kamarga nisbatan richag sifatida harakat qiluvchi bir necha qator tog‘ay yoki suyaklardan iborat. Besh barmoqli harakat organlarida skelet faqat kamarga nisbatan birgalikda harakat qiluvchi emas, balki biri ikkinchisiga nisbatan alohida harakat qila oladigan bir qancha richaglardan tashkil topgan.
Hazm qilish organlari. Hazm qilish organlari sistemasi asosi og‘iz teshigidan boshlanib, anal teshigi bilan tugallanadigan naychadan iborat. Hazm qilish yuli gastrulaning entodermal naychasidan hosil bo‘ladi (lansetnikning rivojlanishiga q.). SHunga ko‘ra hazm qilish yo‘lining epiteliysi entodermadan iborat. Faqat og‘iz va anal teshigi oldida entodermal epiteliy sekin-asta ektodermal xolatga o‘tadi. Bu yuqorida aytilgan teshiklar paydo bo‘lishi vaqtida tana devorlarining (demak, entodermaning) bo‘rtishi bilan bog‘liq.
Hazm qilish yuli quyidagi asosiy qismlarga bo‘linadi: 1) o z i q n i q a b u l q i l u v ch i o g‘ i z b o‘ sh l i g‘ i ; 2) hamma vaqt nafas olish organlari bilan bog‘liq bo‘lgan halqum; baliqlarda halqumga jabra yoriqlari ochiladi, erda yashovchilarda esa tomoqda hiqildoq teshigi joylashgan; 3) q i z i l o‘ n g a ch ; 4) o sh q o z o n (me’da) hazm qilish yo‘lining kengaygan qismi bo‘lib, ba’zi hollarda (kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilarda) ancha murakkab tuzilgan; 5) ichak. Tipik holatlarda u oldingi, ya’ni i n g i ch k a , o‘ r t a , ya’ni y o‘ g‘ o n , o r q a , ya’ni t o‘ g‘ r i i ch a k k a bo‘linadi. Oddiy holatlarda, to‘garak og‘izlilarda ichak qismlarga bo‘linmaydi, u tananing uzunligidan kaltaroq bo‘ladi. Ba’zi bir sut emizuvchilarda aytilgan bo‘limlardan tashqari, boshqa bo‘limlar — o‘n i k k i b a r m o q i ch a k v a k o‘ r i ch a k farq qilinadi va ularning umumiy uzunligi tana uzunligiga nisbatan bir necha marta ortiq bo‘ladi.
Ikkita asosiy hazm qilish bezi — jigar bilan oshqozon osti bezi embrional ichakning oldingi tomoni bo‘rtishidan hosil bo‘ladi. Jigar ichak ko‘r o‘simtasining qorin tomoni devoridan paydo bo‘ladi (lansetnik ichagining jigar o‘simtasini taqqoslang). Paydo bo‘lgan jigarning suyuqlik yo‘llari ingichka ichakka qo‘shiladi. Oshqozon osti bezi ichak o‘simtasi hisoblangan bir nechta, ko‘pincha uchta murtakdan paydo bo‘ladi.
Bu bez yig‘iq (jips) bo‘lmay, bo‘lakchalari o‘n ikki barmoq ichak tutqichi bo‘ylab joylashganligi bilan jigardan farq qiladi.
Bu ikkala bezning vazifasi oziq hazm qilishga nisbatan anchagina keng. Masalan, jigar moylarni emulsiyalovchi va boshqa fermentlarni aktivlashtiruvchi o‘t suyuqligi ishlab chiqarishdan tashqari, moddalar almashinuvida katta rol o‘ynaydi. Moddalar parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan ba’zi zaharli mahsulotlar bu erda neytrallanadi, mochevina hosil bo‘ladi, glikogen to‘planadi. Oshqozon osti fermentlari oqsillar, yorlar va uglevodlarni parchalaydi, SHu bilan birga oshqozon osti bezi ichki sekretsiya organi hisoblanadi. Bu funksiyaning buzilishi organizmning qanddan foydalanish qobiliyati yuqolishiga sabab bo‘ladi. Natijada og‘ir kasallik — diabet paydo bo‘ladi.
Umurtqalilarning qon aylanish organlari. Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasi bosh suyaksizlarnikiki kabi yopiq. U o‘zaro bog‘liq qon tomirlaridan iborat bo‘lib, oddiy sxemada ikki oqimga bo‘linishi mumkin : elka oqimda qon boshdan dumga qarab oqsa , qorin oqimida teskari tomonga qarab oqadi . Bulardagi qonning harakati yurak faoliyatiga bog‘liq.
Umurtqalilarning yuragi bir necha qismga – kameralarga bo‘lingan qalin devorli muskul xaltadan iborat. YUrakning asosiy qismlari qonni qabul qiluvchi yurak bo‘lmasi va qonni tanaga yo‘naltiruvchi qorinchadan iborat. Umurtqalilarninig har xil sinflarida yurak kameralarining soni turlicha bo‘ladi.
Embrional rivojlanishda yurak qorin aortasining orqa tomonining kengayishi va shu erda qayrilgan halqa hosil bo‘lishidan shakllanadi. Halqaning oldingi qismidan yurak qorinchasi , orqa qismidan yurak bo‘lmasi paydo bo‘ladi.
YUrak ko‘ndalang yo‘lli muskullardan iborat, ammo uning qisqarishi iroda impulslariga bo‘ysunmaydi.
YUrakning nisbiy hajmi (yurak massasining tana massasiga foiz hisobidagi nisbati, yani yurak indeksi) turli sistematik guruhlarga o‘zgarib turadi. Bundan aniq filogenetik qonuniyat kuzatiladi.
Qonning nisbiy massasi ham xuddi shunday qonuniyat asosida o‘zgaradi.
Qon tomirlari ikki sistemaga bo‘linadi : arterial sistemada qon yurakdan chiqadi , venoz sistemada qon yurakka qaytadi.
Tuban umurtqalilarda (to‘garak og‘izlilar va baliqlarda) bitta qon aylanish doirasi bo‘lib, butun venalarda va yurakda vena qoni bo‘ladi. Keyinchalik, o‘pka paydo bo‘lishi bilan ikkita : a) yuraqdan qonni butun organlarga (tipik xolatda chap yurak qorinchasidan) tarqatuvchi va hamma vaqt qonni o‘ng yurak bo‘lmasiga qaytaruvchi katta qon aylanish doirasi ;
b) qonni yurakdan (tipik holatda o‘ng yurak qorinchasidan) o‘pkaga va u erda yurakning chap bo‘lmachasiga olib keluvchi kichik qon aylanish doirasi hosil bo‘ladi. Katta qon aylanish doirasidagi arteriyalarda arterial qon , kichik qon aylanish doirasidagi arteriyalarda venoz qon bo‘ladi. Katta qon aylanish doirasidagi venalarda venoz qon oqsa , kichik qon aylanish doirasidagi venalarda arterial qon oqadi.
Umurtqalilar qoni rangsiz plazma suyuqligidan iborat bo‘lib, unda qonning shaklli elementlari: qizil qon tanachalari , yani eritrotsitlar maxsus bo‘yoq moddasi bo‘lgan gemoglobin va oq qon , yani leykotsitlar bor.
Eritrotsitlar kislorod tashigani uchun oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. Leykotsitlar tanaga tushgan mikroorganizimlarni yo‘qotishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, qonda uning ivishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan amyobasimon trombotsitlar bo‘ladi.
Umurtqalilarda qon aylanish sistemasi bilan bog‘liq bo‘lgan limfa sistemasi ham mavjud. U limfa tomirlari va limfa bezlaridan iborat. Limfa sistemasi ochiq. Uning faqat yirik tomirlari alohida devorli bo‘lib, tarmoqlari turli organlar hujayralari va qon tomirlari orasiga ochiladi. Limfa tomirlarida limfa bezlaridan ajraladigan rangsiz limfa suyuqligi- limfa oqadi. Limfada esa limfotsitlar bo‘ladi. Limfa oqimi yirik tomirlarning ayrim(limfatik yurak deb ataluvchi) qismlari qisqarishi ayrim organlar tomirlaridagi bosimning doim o‘zgarib turishi natijasida yuzaga keladi.
Limfa sistemasi qon bilan to‘qimalar orasida moddalar almashinuvida vositachi vazifasini o‘taydi.
Umurtqali hayvonlarning solishtirma anatomik tahlili.
Umurtqali hayvonlarning bosh miyasining solishtirma anatomik tahlili.
Umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasining solishtirma anatomik tahlili.
Do'stlaringiz bilan baham: |