«O‘sha joyda Zakariyo Rabbiga iltijo qilib, dedi: “Rabbim, menga (ham) o‘z huzuringdan pok zurriyot ato et! Darhaqiqat, Sen duoni eshituvchidirsan”».
Ota-ona farzandi haqiga yomon duo qilib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishi kerak. Chunki, yuqorida aytganimizdek, ularning farzandlari haqiga qilgan duolari qabuldir. Abdulloh ibn Muborakdan rivoyat qilinishicha, uning oldiga bir ota o‘z o‘g‘lidan shikoyat qilib keladi. Shunda Abdulloh ibn Muboraku otadan, siz o‘g‘lingiz haqiga yaxshi duo qilarmidingiz yoki yomon duo qilarmidingiz?,- deb so‘raydi. Ota esa yomon duo qilishini aytadi. Shunda Abdulloh ibn Muboraku odamga o‘g‘lingizni o‘zingiz buzgan ekansiz, deb koyiydi. Demak, bolaning kelajakda komil inson bo‘lib yetishishi yoki johil bo‘lishiga ota-onaning duolari katta ta’sir qilar ekan.
Tarbiya haqida Imom G‘azzoliyning «Ihyou ulumud-din» kitobida bunday deyiladi: «Bola ota-ona qo‘lida bir omonatdir. Qalbi turli naqsh va rasmlardan pok, nima naqsh solinsa, qabul qiladi, nimaga moyil qilinsa, moyil bo‘laveradi. Agar yaxshilikka undalsa va o‘rgatilsa, uning ustida o‘saveradi, dunyo va oxiratda saodatli bo‘ladi, ota-onasi hamda odob, ta’lim-tarbiya berganlar barchasi savobiga sherik bo‘lishadi. Agar yomonlikka undalsa va hayvon kabi bo‘sh qo‘yilsa, yomonlikka uchraydi, halok bo‘ladi va unga qarab turgan kishi zimmasiga gunohkorlik tushadi».
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlar: “Avlodlaringizni,
birinchidan,“ Allohni sevadigan qilib tarbiyalanglar...” Chunki Alloh taolouni yo‘qdan bor etib, ota-onani uning dunyoga kelishiga sabab chiqildi. Va ularning qalblariga farzand mehru muhabbatini soldi. Agar Alloh taolo farzand muhabbatini qalbga solmaganida, uni bag‘riga bosmasdi, rahm-shafqat qilmasdi, ko‘chaga tashlab ketgan bo‘lardi. Shuning uchun farzand Alloh taoloni sevib, unga shukrlar qilishi lozim.
ikkinchidan, “Allohning Rasulini sevadigan qilib tarbiyalanglar”. Chunki Alloh taolo Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) xalq orasidan tanlab olib, xalqqa Payg‘ambar qilib yuborgan. Qur’oni karimning Anbiyo surasi 107-oyatida ul zotni “Biz sizni (butun) olamlarga rahmat qilib yuborganmiz”,- deyilgan. Payg‘ambarimiz insonlarga ota-onasidan ham mehribonroq bo‘lgan, dunyodagi barcha yaxshiliklarni o‘rgatgan zot, butun dunyo ahlining ustozi sanaladi.
uchinchidan,“Allohning kitobini sevadigan qilib tarbiyalanglar...”. Chunki bu kitob insoniyatni hidoyatga chorlaydi.
Bu uchta talab inson farzandiga o‘rgatilishi lozim bo‘lgan qoidalardan sanaladi.
Tarbiya bir necha xilga bo‘linadi: badantarbiyasi, ruhiy tarbiya, aql va fikr tarbiyasi, axloqiy tarbiya, iroda tarbiyasi, so‘zlashuv tarbiyasi, mehnat tarbiyasi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |