5. O‘rta asrlarda fan-texnika yutuqlaridan qanday maqsadda foydalangan yevropalik hukumdorlar jahon mamlakatlari, xalqlari boshiga og‘ir musibatlar solgan?
A. harbiy
B. siyosiy
C. iqtisodiy
D. ma’naviy-ma’rifiy
NAZORAT SAVOLLARI
Globallashuv jarayoni tarbiya jarayonlariga qanday ta’sir ko’rsatdi?
2.Globallashuv jarayonida farzand tarbiyasida nimalarga e’tibor qaratish lozim?
3.I.G’azzoliy tarbiyaga jid fikrlarini qaysi asarida bayon qilgan?
4.Bolalarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish uchun qanday choralar ko’rish kerak?
5.”Axborot xurujlari” deganda nimani tushunasiz?
5-mavzu: Tarbiya fanini o‘qitishda xalq og‘zaki ijodi namunalari, tarixiy bitiklar, sharq allomalari merosi, diniy va badiiy adabiyotlardan foydalanish.
Reja:
1.Tarbiya fanini o‘qitishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish. Ta’lim va tarbiya jarayonida sharq mutafakkirlarning axloq va odobga oid ilmiy merosidan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari.
2.Tarbiya fanidan dars jarayonlarida badiiy va diniy adabiyotlardan foydalanishning ahamiyati.
Donishmandlik bizga hayot
So`qmoqlarida ulug` saodatdni
Hjzirlab inom etuvchi vositadir.
Abu Ali Ibn Sino.
Tayanch so‘zlar: xalq og’zaki ijodi, tarixiy bitiklar, badiiy, diniy adabiyotlar, sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi.
5.1.Tarbiya fanini o‘qitishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish. Ta’lim va tarbiya jarayonida sharq mutafakkirlarning axloq va odobga oid ilmiy merosidan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari.
Inson qadimdan atrof-muhitda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli hatti-harakatlar, ovozlar, ehtiroslar vositasida amalga oshgan. Keyinchalik his-tuyg‘ularni so‘zlar, so‘z yig‘indisi, raqslarda ifodalashgan. Yana keyinroq odamlar o‘zlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, o‘simliklar, tog‘lar, suvlarning paydo bo‘lishini izohlovchi to‘qima hikoyalar o‘ylab topganlar. Yigitlar, qizlar muhabbati qo‘shiqlarni to‘qiganlar. Qabila-urug‘ning mard va jasur yigitlari, ularning g‘aroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar paydo bo‘ladi. Bularning hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa bo‘lib yashayotgan aholi o‘rtasida shuhrat topadi.
Bugungi kunda biz ularni “xalq og‘zaki ijodi” deb atashga odatlanganmiz.
Ota-bobolarimizning aytmoqchi bo‘lgan pand-nasihatlari, el e’zozlagan odam bo‘lishning talab-qoidalari, Alp Er To‘nga, To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi ajoyib yurt farzandlarining botirliklari, xalqimizning urf-odatlari, milliy fazilatlarimiz san’at darajasiga ko‘tarilgan so‘z tizimlaridan iborat maqol, qo‘shiq, ertak, doston, bolalarga bag‘ishlangan asarlar va boshqa janrlardagi namunalarda ifodasini topadi. Shuning uchun ham xalq og‘zaki ijodini milliy qadriyatlar deb atash odat bo‘lgan. Xalq og‘zaki ijodi ilmda folklor deb yuritiladi. Bu atamani 1846 yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo‘lib, uning ma’nosi “xalq donoligi” degan tushunchadan iborat. Aslini olganda, folklor deganda, xalq tomonidan yaratilgan hamma san’at namunalari tushuniladi. Me’morlik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardo‘zlik, musiqa, raqs, og‘zaki adabiyot namunalari – hammasini folklor deb tushunish qabul qilingan. Har bir san’at sohasida ish olib borayotgan mutaxassis o‘zi tanlagan turni “folklor” deb atayveradi. Masalan, musiqachi xalq kuylarini, xoreograf xalq raqslarini, arxitektor xalq me’morchiligini, folklorshunos olim xalq dostonlari, ertaklarini folklor asari deb hisoblaydi. Maqol, topishmoq, lof, askiya, latifa, qo‘shiq, ertak, dostonlarni folklor namunalaridir. “Folklor” atamasini talaffuz qilganimizda xalq og‘zaki ijodini tushunamiz. Xalq iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy zaruratdan kelib chiqib, yosh avlodni tarbiyalash muammolari dastlab xalq og‘zaki ijodiyoti, xalq pedagogikasi, yozma yodgorlik va pandnomalarda, mutafakkir va ma’rifatparvarlarning asarlarida bosh mavzu bo‘lib, komil inson shaxsini shakllantirish uchun zaruriy hodisa sifatida talqin etilgan. Xalq og‘zaki ijodiyotida tarbiya bosh masala sifatida tavsiflangan bo‘lsa, tarbiya va odob, vatanga cheksiz muhabbat, adolat, insof, botirlik, mehnatsevarlik, bilimdonlik kabi g‘oyalar tarbiya vositasi tarzida qo‘llanilgan. «Vatan qadrini bilmagan o‘z qadrini bilmas», «Vatanga kelgan iymonga kelar». «Bola tuqqanniki emas, tarbiyalaganniki», «Ota g‘ayratli bo‘lsa, bola ibratli bo‘lar» kabi xalq maqollari bevosita tarbiyaga daxldordir. Hadis ilmida tarbiyaning inson kamoloti uchun cheksiz muhabbat, ilmiy tuyg‘u kabi sifatlarning izohi ham beriladi. «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz», «Otaga itoat qilish-tangriga itoat qilishdir» va boshqalar shular jumlasidandir.
Xalq og‘zaki ijodiyoti va pedagogikasida tarbiya muammosi inson uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy, jismoniy, ma’naviy, axloqiy sifatlarni qamrab olgan bo‘lib, ularni tarbiya orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.
Yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng ezgu orzusi bo‘lib kelgan. Mutafakkirlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan nodir asarlar o‘sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo‘lib yetishishlariga undagan. Ma‘naviy meroslarning moddiy qadriyatlar bilan hamohang rivojlanishi juda ko‘p mutafakkirlarning, donishmandlarning tarixiy va adabiy asarlarida yuksak mahorat bilan bitilgan, hamda jahonning madaniyat xazinasiga abadiy hissa bo‘lib qo‘shilgan. Turli ijtimoiy-iqtisodiy davrlarda yaratilgan hadis, pandnoma, rivoyat, hikoyat, doston, maqol, g‘azal, ruboiy, masnaviy va boshqa ko‘rinishlarda ta‘lim-tarbiya va kasb-hunar o‘rganishning afzalligi, halol mehnat bilan yashashning zarurligi to‘g‘risidagi fikrlar bizning zamonamizgacha ham yetib kelgan.
Abu Rayhon Beruniy insoniyat tarixida birinchilardan bo‘lib bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgata borish, kattalar mehnatini e’zozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga o‘rgatish oilaning diqqat markazida bo‘lishi kerakligi haqida fikr bildirgan. Alloma oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta‘lim bilan birga hunar o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta‘kidlagan. Ulug‘ mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik faoliyatlarini yuqori baholagan. O‘z-o‘zidan ravshanki, serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qilish barobarida hunarmand ustalar orasida ixtirochilikning keng tarqalishiga zamin yaratgan.
Mahmud Qoshg‘ariy “Devoni lug‘atit turk” asarida ―Ilmli, aqlli odamlarga yaxshilik qilib so‘zlarini tingla. Ilmlarni, hunarlarni o‘rganib, amalga oshir”,- deydi. Allomaning ushbu fikri kishilarni mehnat qilishga, yaxshilikka undaydi, yomonlikni qoralaydi. Ilm va hunar sohiblarini e‘zozlab, kishilarni ulardan ibrat olishga chaqiradi.
Sohibqiron Amir Temur o‘z saltanatida yirik mehnat taqsimoti negizida mustaqil soha bo‘lib ajralib chiqqan hunarmandchilik – to‘qimachilik, yog‘och va tosh o‘ymakorligi, gilam to‘qish, sopol, metall buyumlar tayyorlash kabi sohalarni yanada rivojlantirishga hamda dehqonchilik, chorvachilik va savdoga katta ahamiyat qaratgan. Shu sababli ijtimoiy hayotda yangidan-yangi kasb-hunarlarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratilgan, ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘yilmagan. Ajdodlarimiz o‘z asarlarida yoshlarning kasbiy mehnat ta‘limi va tarbiyasiga juda katta etibor berganlar. Ular kasb-hunar ta‘limiga talim va tarbiyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida yondashganlar va uni aqliy, jismoniy va ma’naviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Yoshlarga qobiliyatlarini va moyilliklarini hisobga olib, jiddiy o‘ylab mehnat turini tanlash to‘g‘risidagi pand va nasihatlarini ko‘rish mumkin. Chunonchi, Alisher Navoiy ta‘lim oluvchilarning individual, o‘ziga xos qobiliyatlarini hisobga olish zarurligini ta‘kidlab, “Insonlar tabiatan teng bo‘lsalar ham, ammo ularga turli fazilatlar berilgan”, deydi.
Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinadiki, buyuk allomalar va mutafakkirlar kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-axloqiy, pedagogik-psixologik jihatlariga, ota-ona, maktabning roli, kasb tanlashda yosh avlodning hayot, mehnat yo‘lini mustaqil tanlashiga alohida e‘tibor bilan qarashgan. Bolani hunarga yo‘llashda uning qiziqish, moyilligi, qobiliyatini o‘rganish, bunday holatda ularning onglilik, izchillik va vorisiylik, yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarurligini qayd etgan.
Xullas, bu kabi misollar ajdodlarimizning kasb tanlash nazariyasini shakllantirishga munosib hissa qo‘shganidan dalolat beradi. Umumta‘lim maktablarida kasbga yo‘naltirish jarayonida ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan unumli foydalanish ijobiy samara berishi shubhasizdir.
Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga tariximizdan ko‘p misollar keltirish mumkin. Al Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” , Sa‘diyning “Guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Davoniyning ―”Axloqi Jaloliy” kabi asarlarida sog‘lom va barkamol insonni shakllantirish mazmuni, yo‘llari, shakllari hamda usullari yoritiladi.
Ming yilga yaqin davrlardan beri 49 xalqni ayniqsa, yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda qo‘llanma bo‘lib kelayotgan ’’Qobusnoma’’ asari hozirgi o‘zgarishlar davrida insonni ma‘naviy kamolotga yetkazishda muhim o‘rin kasb etmoqda. XII asrning 82-83 yillarida G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar o‘z o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlab “Nasihatnoma”sini yaratdi va uni bobosi podshoh Shamsulmaoniy Qobus sharafiga “Qobusnoma” deb ataydi. Bu asar juda ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima qilingan. 1860 yilda “Qobusnoma” asari birinchi marta buyuk o‘zbek shoiri va mutaffakkiri Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan tarjima qilingan. Ushbu asar muqaddima va qirq to‘rt bobdan iborat. Muqaddimada asarning nomlanishi va G‘ilonshoh shajarasi xususida yozib: “Ey farzand, ikki tarafdan sening asling va nasabing pokdur va ulug‘dur”,- deydi. Kaykovus “Qobusnoma” asarida ilmni uchga bo‘ladi: biror kasb-hunarga bog‘liq ilm, ilm bilan bog‘liq bo‘lgan kasb-hunar hamda xayr va dalolatga taalluqli odat. Ilm olish yo‘liga kirgan toliblarga hamma vaqt parhezli va qanoatli bo‘lish, bekorchilikdan o‘zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo‘lish, kitob o‘qishga berilish, ilm yo‘lida qayg‘u hasratga berilmaslik, ilmni yodda saqlash uchun uni takrorlab borish, ilmda haqiqat uchun kurashish, oz so‘zlab, ko‘p tinglash haqida gapiriladi.
Kaykovus bilim va aqlning ahamiyatini aytib, uni mol-dunyodan ham yuqori qo‘yadi. “Agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say‘ ko‘rguzgilki, mol bila boy bo‘lgandan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim, aql bila mol jam etsa bo‘lur, ammo mol bilan aql o‘rganib bo‘lmas. Bilgil, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u o‘tda yonmas, suvda oqmas, inson odobi ham aqlning belgisi ya‘ni, al adab – suratil aql”, deb xulosa chiqaradi.
Ajdodlarimiz asrlar davomida sevib mutolaa qilgan “Pandnoma”, “Siyosatnoma”, “Qobusnoma”, “Axloqi Muhsiniy”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Nosiriy”, “Qonuni hikmat”, “Nigoriston”, “Bahral-ulum”, “Kachko‘li sultoniy”, “Jovidonixirad”, “Bistusehikmat”, “Hikoyoti dilpisand”, “Odob-as-solihin”, “Turkiy guliston” yoxud axloq” singari asarlar shular jumlasidandir. Ushbu nodir asarlarda avval axloq, tarbiyaga oid biror so‘z va tushunchani izohlab, keyin unga o‘quvchi amal qilish uchun naqliy hamda axloqiy dalillar keltiradi. Umuman ularning mazmun-mundarijasi, ularda ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Xitoy donishmandi Syun-Szi “Chaqaloqlar hamma yerda bir xil yig‘lashadi. Katta bo‘lganlarida esa turli qiliqlar qilishadi. Bu – tarbiyaning oqibati”, deb yozgan edi. Olmon faylasufi Immanuil Kant o‘z asarida “Inson faqat tarbiya orqali inson bo‘ladi, uning qandayligi tarbiyaning natijasidir”, degan fikrni bildiradi.
Tarbiya borasida Sa’diy Sheroziy shunday misralarni bitgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |