Bu funksiyalar ta'lim metodini qo‗llash jarayonida bir-biridan ajratilgan
holda
yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‗zaro singib ketadi.
Misol uchun, tashhisli funksiya o‗qituvchining bir qator metodlardan yaxlit
foydalanishi evaziga bajariladi.
«Ta'lim metodi» atamasi bilan birga ko„p hollarda «metodik usul»
(sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‗llaniladi. U
ta'lim
metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi
alohida qadam sifatida ta'riflanadi. Har bir ta'lim metodi muayyan ta'lim
usullarini chog‗ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik
usullarni xilma-xilligi
ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o‗qituvchi faoliyatida tez-tez
qo‗llaniladigan usullarni ajratib ko‗rsatish mumkin:
Ta'lim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta'lim vositalari
yordamida joriy etiladi.
qator metodlar o‗zida guruhli o‗qitish shakllarining
ko‗rinishlarini mujassamlashtiradi: ma'ruza, seminar, dastur, sayohat, o‗quv
konferensiyasi va boshqalar. Ta'lim jarayonining guruhli shaklda tashkil etishda
turli xil ko‗rgazmali qo‗llanmalar: xarita, diagramma, plakat, rasm,
chizma va
hokazolardan foydalaniladi. Texnik vositalar (dioproektor, kino, uskuna,
televizor,
videomagnitafon)dan,
shuningdek,
kompyuter
xizmatidan
foydalanishning individual, juft yoki guruhli shakllaridan foydalanish mumkin.
Har bir metod ma'lum ta'limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish,
qolganlari esa birmuncha samarasiz bo‗lishi mumkin. Universal ta'lim metodlari
mavjud emas, shu bois darsda turli ta'lim metodlaridan yoki ularning
majmuasidan foydalanish mumkin.
Ta'lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi:
-
didaktik maqsad asosida;
-
ta'lim mazmuni asosida;
-
o‗quvchilarning o‗quv ko‗nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi
asosida;
-
o‗qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.
O‗qituvchi tomonidan qo‗llanilayotgan ta'lim
metodlari majmuasi
boshlang‗ich sinflardan yuqori sinflarga o‗tish asosida o‗zgarib hamda
murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‗llash
chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‗llashga bo‗lgan ehtiyoj kamayadi. Ta'lim
metodlaridan foydalanish ko‗lami, holati o‗qituvchining kasbiy tayyorgarligi va
mahorati darajasiga bog‗liq holda o‗zgaradi.
Didaktikada munozaralarga sabab bo‗layotgan yana bir muhim ob'ekt
ta'lim metodlarining tasnifidir. «Ta'lim metodlari tasnifi ularning ma'lum
belgilari bo‗yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o‗nlab ta'lim
metodlari ma'lum», - ekanligini ta'kidlagan holda I.P.Podlaso‗y fikrini
quyidagicha
davom ettiradi, - «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi
didaktik g‗oya yagona va o‗zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish
samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O‗qitish –
favqulodda
harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks
ettiradigan darajada jo‗shqin bo‗lishi, metodlarni qo‗llash amaliyotidagi doimiy
o‗zgarishlarni hisobga olishi kerak»
62
.
Ta'lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib
kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko‗p bo‗lsada, bu borada yagona to‗xtamgan
kelinmagan. Ushbu o‗rinda ta'lim amaliyotida qo‗llanilib
kelayotgan metodlar
tizimi (tasnifi)ga to‗xtalib o‗tamiz.
Ta'lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‗yicha
tizimlashtiriladi
63
.
Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo‗yicha
qo‗llash maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydilar:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: