1.
|
Loyihaning nomi:
|
Quyosh fotoelektrik qurilmasi asosiagi elektr quvvatlashga mo’ljallangan o’rindiqlar tayyorlash
|
2.
|
Loyihaning amalga oshirish
faoliyat turi:
|
- Ishlab chiqarish.
|
3.
|
Loyiha rahbari:
|
Choriyeva Mahfuza Sadridin qizi
|
4.
|
Loyiha haqida qisqacha
ma’lumot:
|
Ochiq jamoat ob`ektlarida bir vaqtning o’zida dam olish va barcha qurilmalarni quvvatlantirish imkoniyatiga ega bo’lgan toza va ekologik jihatdan qulay, atrof-muhitga umuman zarar keltirmaydigan, quyosh energiyasi yordamida quvvat oluvchi aqlli o’rindiqlar yasaladi va amaliyotga joriy qilinadi.
|
Tashkilotning nomi (arizachi):
|
Termiz davlat universiteti “Nazariy fizika” kafedrasi
|
Texnologiya/xizmat/mahsulotning
qo'llanilish sohasi:
|
Quyosh energetikasi, quyosh energiyasi qurilmasi asosida elektr energiyasi olish, ochiq jamoat obyektlarini avtonom elektr energiyasi bilan ta’minlash.
|
Loyihaning asosiy mazmuni:
|
Qurilmada fotoelektrik batareyaga ulangan qismlar uning energiyasini olib barcha kichik qurilmalarni quvvatlantirish imkoniyatini yaratadi hamda shift quyoshdan, yomg’irdan va qordan himoya qilish xususiyatiga ega va odamlar ko’p funksiyali soyabondan istalgan vaqtda qulay foydalanishlari mumkin. Unga o’rnatilgan sovutgich yozda harorat yuqori bo’lganda odamlar uchun salqin muhitni taʼminlaydi, LED yorituvchi chiroqlari yorug’lik yetarli bo’lmaganda odamlar kechasi kitob o’qishi uchun qulaydir.
|
Loyiha joriy etiladigan hudud va
tarmoq nomi:
|
Surxondaryo viloyatining barcha ochiq jamoat obyektlari, OTM, maktab, kutubxona hovlilari, istirohat bog’lari va dam olish maskanlari.
|
Loyiha hududning va tarmoqning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga
ta’siri:
|
- Surxondaryo viloyati hududlarida an’anviy elektr energiya tarmog’idan olinadigan elektr energiyani bir qismi tejab qolinadi;
- Jamoat obyektlarida kichik qurilmalarni quvvatlantirish muammolari hal qilinadi;
- Elektr energiya bilan ishlaydigan aholiga xizmat ko’rsatish obyektlaridagi to’xtalishlar bartaraf etiladi;
- An’anaviy elektr energiya tarmoqlari yetib bormagan tog’ va cho’l hududlarida elektr energiya muammosi hal qilinadi;
|
Iste’molchi tashkilotlar nomi.
|
Elektr energiyaga talabi mavjud bo’lgan ochiq jamoat obyektlari, istirohat bog’lari va am olish maskanlari.
|
Qo‘llanilayotgan texnologiyalar,
ularning yangilik darajasi va
intellektual mulkni himoya qilish
borasida ko‘rilgan choralar haqida
ma’lumot:
|
Ochiq jamoat obyektlarida aholining kichik quvvatli qurilmalarni quvvatlantirish va an`anaviy elektr energiya manbaini tejash muammosini hal qilish uchun aqlli o’rindiq qurilmasi ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk Agentligidan foydali model uchun patent olish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.
|
Loyihaning bosqichi:
|
|
Loyihani amalga oshirish muddati:
|
- 2022-yil avgustdan 2022-yil dekabrgacha
|
Moliyalashtirish hajmi.
(mln. so ‘mda)
|
-139,7
|
Birgalikda moliyalashtirish hajmi -Cost sharing, agar mavjud bo‘lsa:
|
- Mavjud emas.
|
-Sertifikatsiyadan o‘tganligi
to‘g‘risidagi hujjatlar, agar mavjud bo‘lsa:
Kutilayotgan natija:
|
- Mavjud emas.
|
Yaratiladigan ishchi o‘rni:
|
6 ishchi o’rni
|
Natijada erishiladigan
mahsulotga yoki texnologiyaga bozordagi raqobatchi, shu jumladan narxi:
|
Fotoelektrik batareya mono c-Si 100W
Kontroller MPPT 10A
Akkumulyator 26A·soat
Invertor 1500W
|
5. Loyiha ijrochilari haqida ma’lumot:
№
|
F.I.Sh.
|
Tug‘ilgan
yili
|
Ilmiy darajasi, ilmiy
unvoni va lavozimi
|
Mutaxassisligi va
loyihadagi o‘rni
|
1.
|
Choriyeva Mahfuza Sadriddin qizi
|
1997
|
Magistrant
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi.
Loyiha rahbari
|
2.
|
Abdiyev Umirbek Begmatovich
|
1979
|
Pedagogika fanlari doktori, dotsent. Kafedra mudiri
|
Yarimo’tkazgichlar fizikasi.
Kichik ilmiy xodim
|
3.
|
Yuldoshov Boysori Abdixoliqovich
|
1987
|
Ilmiy tadqiqotchi
|
Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari.
Kichik ilmiy xodim
|
4.
|
Eshqorayev Abduqodir Iskandar o’g’li
|
1998
|
Magistratura bo’limi uslubchisi
|
Mutaxassis
|
5
|
Usmonov Suhrob
|
1995
|
TerDu Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtiri bo‘limi menejeri
|
Mutaxassis
|
6
|
Eshmurodov O'ktambek
|
1992
|
|
Xisobchi
|