2-rasm. Aqlli o’rindiqning qurilmalari va tuzilishi.
Quyosh fotoelektrik qurilmasi asosidagi elektr quvvatlashga mo‘ljallangan o‘rindiqlar oddiy o‘rindiqlardan yoki analoglarga nisbatan samaradorligi katta va ko‘p funksiyalidir. Uning foydali tomonlari:
- foydali ish koeffitsienti yuqoriligi;
- barcha kichik qurilmalarni 24 soat davomida quvvatlantirish imkoniyatining mavjudligi;
- hatto tunda ham ochiq havoda kitob o‘qish, dars tayyorlash, noutbukda ishlash imkoniyatining mavjudligi;
- har qanday quyoshli kunda (nisbatan bulutli kunda ham) ishlay olishi.
Ushbu modelning bir nechta analoglari mavjud:
1) ES 2186582A1 “Elektr yoki elektron tarqatish tizimiga ega stul o‘rindig‘i” - elektr yoki elektron taqsimlash tizimlariga ega, plastmassa, metall yoki ularning har qanday birikmasidan iborat bo‘lgan, o‘zaro aloqalarni joylashtirish uchun umumiy yer osti maydonidan foydalanadigan o‘rindiqlar.
Qurilmaning asosiy farq qiluvchi tomonlari – quyosh batareyasini sovutish tizimining yo‘qligi, o‘rindiqning ko‘chma emasligi, o‘rindiqning tayanch konstruksiyasi shaklining boshqacha ekanligi.
2) DE 3803903A1 “Quyoshli o‘tirish skameykasi” – orqa o‘rindiqli skameyka o‘zidan doimiy issiqlik chiqaradi va shu bilan bir qatorda insonlarga dam olish joyini taklif qiladi. O‘rindiq orqa suyanchig‘iga yuqori sifatli po‘lat plitalar o‘rnatilgan bo‘lib, uning ostida suv bilan to‘ldirilgan plastik idishlar saqlanadi. O‘rindiq quyoshdan olgan energiyasi hisobiga po‘lat plitalarni va u orqali suv to‘ldirilgan plastik idishlarni isitadi. Bu orqali yozda ham, qishda ham kerakli issiqlikni beruvchi ideal o‘rindiq hosil bo‘ladi.
Modelning asosiy farq qiluvchi tomonlari – quyosh energiyasidan faqat isitish uchun foydalanilishi, quyosh batareyasini sovutish tizimi yo‘qligi, o‘rindiq konstruksiyasining boshqa ko‘rinishda ekanligi.
3) CN 205072489U “Quyosh energiyasidan foydalanadigan bog‘ stuli” qurilmasi o‘rindiq tayanchini o‘z ichiga oluvchi orqa tomoniga o‘rnatilgan axlatni qayta ishlash moslamasidan tashkil topgan. Axlatni qayta ishlash qurilmasi ustiga quyoshdan himoya qiluvchi moslama bor bo‘lib, quyosh batareyalari uning ustiga o‘rnatiladi. Bu qurilma orqali hodim 24 soat davomida bir vaqtning o‘zida ham dam olish ham axlatni qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Modelning asosiy farq qiluvchi tomonlari – quyosh energiyasidan faqat axlatni qayta ishlash moslamasi uchun foydalanishi, o‘rindiqning faqat bitta inson uchun mo‘ljallanganligi, quyosh batareyasini sovutish tizimining yo‘qligi.
4) CN 211582324U “Aqlli shahar uchun quyoshli ochiq dam olish stuli” – bu sanoat namunasi eng yaqin analog hisoblanib, u o‘rindiq, shift, o‘rindiqni tayanch ustunlari va stulning orqa qismini o‘z ichiga oladi, shift ustiga quyosh batareyasi o‘rnatilgan, uning ostida esa LED lampalari, boshqaruv qutisi va chivinlarni o‘ldiruvchi chiroq o‘rnatilgan. Boshqaruv qutisi akkumulator, kontroller, fotorezistor va harorat sensori bilan ta’minlangan, ikkita ustun o‘rtasida ko‘ndalang o‘q o‘tgan bo‘lib, o‘rindiq tayanchi va stulning orqa tomoni ko‘ndalang o‘qga perpendikulyar ravishda ulangan; ikkita o‘rindiq orasida uyali aloqa vositalarini zaryadlovchi rozetka o‘rnatilgan. Foydali model tuzilmaning mustahkamligini, foydalanishni osonlashtiradigan, energiyani tejaydigan va atrof-muhitni muhofaza qilishni ochib beradi, funksiyalari xilma-xil va qulaydir.
Qurilmaning asosiy farq qiluvchi tomonlari – quyosh batareyasini sovutish tizimining yo‘qligi, o‘rindiqning ko‘chma emasligi, o‘rindiqning shiftiga quyosh batareyasi faqat bitta burchak ostida o‘rnatilganligi.
Ushbu analog biz taqdim qilayotgan qurilmaning natijalarini bera olmaydigan bir qancha kamchiliklarga egadir. Jumladan analogda fotoelektrik batareyani sovutish tizimi yo‘q. Bu esa fotoelektrik batareya ishlab chiqaradigan elektr energiyaning kamayishiga olib keladi. Analogda fotoelektrik batareya faqat bitta burchak ostida o‘rnatilganligi ham elektr energiya samaradoligi jihatidan past natija ko‘rsatadi. Bundan tashqari, taqdim qilayotgan foydali model ko‘chma qurilma ekanligi ham elektr energiyasi samaradorligini oshirsa, analogda keltirilgan qurilmada esa buning imkoni mavjud emas. Analogda tavsiflangan qurilmada kichik qurilmalarni zaryadlash uchun USB portlari o‘rnatilmagan. Qurilmalarni tayorlashda ularga sarflangan harajatlar ham bir-biridan farq qiladi. Aqlli shahar uchun quyoshli ochiq dam olish stuliga ko‘p miqdorda og‘ir metallar ishlatilganligi sababli taqdim etilayotgan modelga nisbatan massa jihatidan og‘irroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |