Integratsiya (lotincha “integrario” – o‘zaro moslashish va birlashish) – milliy iqtisodiyotlarning sifat jihatidan yangi sharoitlarga ega bo‘lishi va mamlakat taraqqiyoti imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ihtiyoriy ravishda birlashishi, bir-birlariga o‘zaro ta’sir etishi jarayonining kuchayishi.
Mentalitet (lotincha “mens” – aql, idrok) – jamiyat, millat, birlik yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlar, urf-odatlari, diniy e’tiqod va irimlarini ham qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |