Termiz davlat universiteti tarix fakulteti



Download 1 Mb.
bet92/99
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#292818
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99
Bog'liq
Ўзб.да ММТ (Ўзб.тарихи учун)

Genotsid (yunoncha genos – urug‘, qabila va lotincha caedo – o‘ldiraman) – xalqaro jinoyatlarning bir turi: irqi, millati, dini, etnik tarkibiga ko‘ra, aholi guruhlarini yoppasiga yoki qisman jismonan qirib yuborishga qaratilgan jinoyat. BMT Bosh Assambleyasining genotsid jinoyatlarining oldini olish va ularni amalga oshirganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi konvensiyasiga (1948) ko‘ra, genotsid qattiq qoralandi, aybdor shaxslarga nisbatan xalqaro jinoiy javobgarlik belgilandi. Irqchilik, Aparteid so‘zlariga ham qarang.

Diskriminatsiya (lotincha diskriminatio – farqlash) – davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquqlarining (boshqa davlat, yuridik yoki jismoniy shaxs huquqlariga nisbatan) cheklanishi. Jamiyatdagi alohida guruhlar va shaxslarga nisbatan muomalada ularning tengligini inkor qilishga qaratilgan har qanday harakat va fe’l-atvor tushuniladi.

Integratsiya (lotincha itegratio – tiklash, to‘ldirish, bir butun qilish) – o‘ziga xos jarayon bo‘lib, uning natijasida turli elementlar birlashadi, ammo o‘zining asosiy belgilarini saqlab qoladi. Uyushmani hosil qiluvchi guruhlarning uyushma birligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan xususiyatlaridan tashqari barcha tafovutlarini tugatish yoki bir xillikka erishishi talab qilinmaydi. Integratsiya barcha fuqarolar uchun huquqlar, majburiyatlar va imkoniyatlarning tengligini kafolatlaydi. Assimilyatsiya, Etnik rivojlanish, Qo‘shilish, Plyuralizm, Segregatsiya so‘zlariga ham qarang.

Ozchilik – davlat aholisining asosiy qismiga nisbatan son jihatdan ozchilikni tashkil etadigan, ustun mavqeni egallamaydigan guruh bo‘lib, uning a’zolari bo‘lgan shu davlat fuqarolari etnik, din yoki til nuqtai nazaridan asosiy aholi xususiyatlaridan farq qiladi, o‘z madaniyati, an’analari, dini yoki tilini saqlab qolish maqsadida, bilvosita bo‘lsada, asosiy aholi bilan birdamlik tuyg‘usini izhor etadi. Ayrim guruhlar muayyan mamlakat aholisi nuqtai nazaridan ozchilikni tashkil qilsa ham, ammo boshqa mamlakatlarda yoki mamlakatning muayyan qismida ko‘pchilikni tashkil qilishi mumkin.

Setsessiya (lotincha secessio – ketaman) – o‘z huquqlari uchun kurashning o‘ziga xos usuli. Bir yoki bir necha tizimdagi siyosiy arboblar avvalgi siyosiy birlashuvdan voz kechib, o‘z xayrixohliklari, umidlari va siyosiy faoliyatini mavjud markazdan boshqa tarafga o‘zgartirishi, o‘z markaziga butun diqqat-e’tiborni qaratishi tushuniladi. Siyosiy integratsiyaga ham qarang.

Qo‘shilish (madaniy qo‘shilish) – ikki yoki undan ko‘proq madaniyat birlashib avvalgilaridan farq qiladigan yangi madaniyatni hosil qilishi. Qo‘shilish ham jarayon, ham natija sifatida madaniyatlarning tengligini aks ettiradi. Assimilyatsiya, Integratsiya, Plyuralizm, Segregatsiya, Etnik rivojlanishga ham qarang.

Suverenitet (fransuzcha souverainete – oliy hokimiyat) – hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. Davlatning inson va fuqaro huquqlariga rioya etish, milliy ozchiliklarning huquqlarini himoya etish, xalqaro huquq me’yorlarini hurmat qilish asosida o‘zining ichki va tashqi siyosatini tashqaridan hech bir aralashuvsiz, mustaqil belgilash xususiyati va qobiliyati tushuniladi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish