GLOSSARIY
Etnos (yunoncha yethnos – qabila, elat, xalq) – odamlarning ma’lum bir tarixiy davrda va ijtimoiy tuzumda tarkib topgan alohida barqaror ijtimoiy guruhi yoki uyushmasi bo‘lib, hududi, madaniyati, tili, xo‘jalik-turmush xususiyatlari mushtarak bo‘ladi, o‘zining birligi va boshqa shunga o‘xshash uyushmalardan farqini anglaydi, ya’ni o‘zligini biladi va o‘z nomiga ega bo‘ladi.
Assimilyatsiya (lotincha assimilatio) – o‘xshashlik, aynanlik, qo‘shilish, o‘zlashtirish ma’nolarini bildiradi. Bir xalqning o‘z tili, madaniyati, urf-odatlari va boshqa xususiyatlarini yo‘qotib, ikkinchi xalqqa qo‘shilib ketishi. Tarixdagi assimilyatsiya jarayonlarida ko‘pincha madaniy rivojlanish jihatidan ilg‘or bo‘lgan millat ustun bo‘lib chiqqan va ularga qo‘shilgan millatlar mazkur millatning madaniyati va tilini, urf-odatlarini qabul qilgan. Etnik rivojlanish, Qo‘shilish, Integratsiya, Plyuralizm, Segregatsiya so‘zlariga ham qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |