O‘zbekiston aholisining hozirgi milliy tarkibi1 (2002 yil)
Millati
|
Jami aholi
|
Shahar aholisi
|
Qishloq aholisi
|
ming kishi
|
%
|
ming kishi
|
%
|
ming kishi
|
%
|
Jami aholi
|
24 812,1
|
100,0
|
9 225,3
|
100,0
|
15 586,8
|
100,0
|
shu jumladan
|
|
|
|
|
|
|
o‘zbeklar
|
19 443,3
|
78,4
|
6 071,9
|
65,8
|
13 371,4
|
85,8
|
tojiklar
|
1 202,0
|
4,8
|
407,7
|
4,4
|
794,3
|
5,1
|
ruslar
|
1 133,3
|
4,6
|
1 069,7
|
11,6
|
63,6
|
0,4
|
qozoqlar
|
989,0
|
4,0
|
412,4
|
4,5
|
576,6
|
3,7
|
qoraqalpoqlar
|
534,8
|
2,2
|
293,7
|
3,2
|
241,1
|
1,5
|
tatarlar
|
298,2
|
1,2
|
273,0
|
3,0
|
25,2
|
0,2
|
qirg‘izlar
|
221,8
|
0,9
|
28,0
|
0,3
|
193,8
|
1,2
|
koreyslar
|
172,4
|
0,7
|
140,9
|
1,5
|
31,5
|
0,2
|
turkmanlar
|
147,0
|
0,6
|
28,2
|
0,3
|
118,8
|
0,8
|
ukrainlar
|
103,5
|
0,4
|
90,9
|
1,0
|
12,6
|
0,1
|
armanlar
|
43,6
|
0,2
|
42,3
|
0,5
|
1,3
|
0,01
|
ozarbayjonlar
|
41,0
|
0,2
|
32,5
|
0,4
|
8,5
|
0,05
|
beloruslar
|
23,2
|
0,1
|
18,9
|
0,2
|
4,3
|
0,03
|
yahudiylar
|
12,3
|
0,05
|
11,6
|
0,13
|
0,7
|
0,0
|
nemislar
|
7,5
|
0,03
|
5,6
|
0,06
|
1,9
|
0,01
|
moldavanlar
|
5,2
|
0,02
|
2,9
|
0,03
|
2,3
|
0,01
|
gruzinlar
|
3,9
|
0,02
|
3,1
|
0,03
|
0,8
|
0,01
|
litvaliklar
|
1,3
|
0,01
|
1,1
|
0,01
|
0,2
|
0,0
|
estonlar
|
0,6
|
0,0
|
0,5
|
0,01
|
0,1
|
0,0
|
latishlar
|
0,2
|
0,0
|
0,1
|
0,0
|
0,1
|
0,0
|
boshqalar
|
428,0
|
1,7
|
290,3
|
3,1
|
137,7
|
0,9
|
Jadvaldan ko‘rinishicha, jami aholi tarkibida tojiklarning ulushi (4,8%), ruslar ulushidan (4,6%) oshib, respublika aholisining tarkibida ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Ammo, O‘zbekiston shahar aholisi orasidagi salmog‘i (11,6%) jihatidan ruslar ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda slavyan aholisi va chetdan kelgan boshqa aholi vakillari – ruslar, ukrainlar, beloruslar, tatarlarning soni va salmog‘i sezilarli ravishda kamayib bormoqda. Bu hodisa migratsiyaning natijasigina bo‘lib qolmay, balki aholining mazkur guruhida tug‘ilish kamligining ham oqibatidir.
Ayni vaqtda o‘zbek, tojik va boshqa tub joy aholisining soni yuqori sur’atlar bilan oshib bormoqda. O‘zbekiston aholisi umumiy sonida ularning ulushi oshib, yevropalik millatlarning salmog‘i keskin tarzda kamayib bormoqda. Masalan, 2003 yilda O‘zbekiston milliy tarkibida respublikaning asosiy millati – o‘zbeklarning ulushi 79,2%ga, tojiklarning ulushi 4,9%ga yetdi. Respublikada tatarlarning ulushi keskin kamayib 1,1%ga, ukrainlarning ulushi esa 0,4%ga tushib qoldi.
Hozirgi vaqtga kelib yahudiylar, shu jumladan O‘rta Osiyo yahudiylari, mesxeti turklari, qrim tatarlar, nemislar, latishlar, estonlar va boshqalar O‘zbekistondan o‘z tarixiy yurtlariga to‘la-to‘kis ko‘chib ketdilar.
O‘zbekiston aholisi milliy tarkibining mustaqillikning dastlabki yillarida boshlangan bu tamoyillari, kelgusida ham birmuncha mo‘tadil tarzda davom etaveradi.
Mustaqillik sharoitida respublikaning asosiy millati bo‘lmish o‘zbeklarning zimmasiga millatlararo tinchlikni saqlashdek katta mas’uliyat tushdi-ki, ular bu sinovdan sharaf bilan chiqdilar. Bu hol ko‘p o‘zbek xalqining, ularning qon-qoniga singib ketgan bag‘rikenglikning natijasidir.
Hozir O‘zbekistonda 80 dan ortiq milliy-madaniy markazlar ishlab turibdi. Ular orasida ozarbayjon, boshqird, belorus, ukrain, qirg‘iz, rus, tatar, koreys, yahudiy va boshqa millatlarning madaniy markazlari mavjud.
Ular O‘zbekistonning ko‘p millatli jamiyatini siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy jihatdan qayta qurish jarayonida xayrli ishlar qilmoqda.
Qozoq milliy-madaniy markazi 1989 yilda O‘zbekistonda birinchilar qatorida tuzilgan edi. Qozog‘iston va O‘zbekiston xalqlarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish uning faoliyatidagi asosiy maqsad hisoblanadi. Ikki do‘st davlat boshliqlarining Toshkent va Almatidagi uchrashuvlarida barcha sohalarda, shu jumladan madaniyat sohasida ham bahamjihat harakatlarning ham asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Bunda ko‘p yillik madaniy aloqalarni saqlab qolish va yanada rivojlantirish zarurligi nazarda tutildi. Ikki o‘rtadagi muzokaralarda ko‘pgina masalalar yuzasidan tuzilgan bitimlar, jumladan, san’at, ilm-fan, maorif sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash imkonini berdi. Milliy-madaniy markazning faoliyatiga ana shu bitiklar asos qilib olindi.
Qozoq madaniy markazi yoshlar bilan ishlashga jiddiy e’tibor bermoqda. Bu gap avvalo maorif va ta’limni ona tilida tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi. Hozir O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi qozoq bolalari uchun 600 ga yaqin o‘rta ta’lim maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida esa qozoq madaniy markazining bevosita ishtiroki bilan qozoq filologiyasi fakulteti tashkil etilgan.
Qozog‘iston televideniesining dasturlari Toshkent shahri va viloyati aholisiga muntazam tarzda olib ko‘rsatilmoqda. O‘zbekiston televideniesi va radiosi qozoq tilida ko‘rsatuv va eshittirishlar tayyorlamoqda, “Nurli jol” gazetasi chiqarilmoqda va hokazo.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Nukus va Navoiy pedagogika institutlarida qozoq tilida ta’lim beriladigan bo‘limlar ishlab turibdi. Ko‘pgina oliy va o‘rta mahsus ta’lim muassasalarida qozoq yoshlari uchun kirish imtihonlari ularning ona tilida qabul qilinmoqda.
Markaz xavaskorlik jamoalari, xalq ijodiy festivallarini uyushtirib, qozoq xalqi ijodining an’anaviy va zamonaviy turlarini targ‘ib qilmoqda. Markazning faollari tarixiy targ‘ibot ishlarini ham o‘tkazmoqdalar. Masalan, davlat arboblaridan S. Xo‘jaev, Turor Risqulov, Saken Sayfulin va boshqalar tug‘ilgan kunning 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda qozoq madaniy markazi bevosita ishtirok etdi.
Boshqa xalqlarning madaniy markazlarida ham qiziqarli ishlar amalga oshiriladi. Chunonchi, 1994 yilda tuzilgan rus madaniy markazi turli xilma-xil masalalarni hal etishga harakat qilib, davlatlararo va xalqlararo munosabatlarni rivojlantirishda ishtirok etmoqda. Markaz vakili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Moskvaga qilgan tashrifi vaqtida rasmiy delegatsiya tarkibida bo‘lganligi ana shundan dalolat beradi. Rossiya Federatsiyasining jamoat tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatish, turli madaniy tadbirlar uyushtirish, ijodiy guruhlar tuzish va shu kabilarga katta e’tibor berilmoqda.
O‘zbekistondagi Koreys madaniy markazlari uyushmasining faoliyati alohida ko‘zga tashlanadi. O‘tgan asrning 30-yillarida respublikamizga zo‘rlab ko‘chirilgan koreyslar uchun O‘zbekiston ikkinchi vatan bo‘lib qoldi. Ta’kidlash joizki, sobiq sovet hukmronligi davrida boshqa milliy madaniyatlar kabi koreys madaniyati ham deyarli yo‘qolishga mahkum etilgan edi. Masalan, mahalliy koreyslarning 90%i asr oxiriga kelib, ona tilida o‘qishni va yozishni ham bilmaydigan bo‘lib qoldi. Shu bois madaniy markazlar ularga ona tilini o‘rgatish, milliy a’nalarni tiklashni o‘zining asosiy vazifalaridan biri deb bildi. Endilikda Toshkent san’at institutida koreys dramasi artistlari tayyorlanmoqda, Sharqshunoslik institutida esa koreys filologiyasi fakulteti ochildi.
Ana shularga asoslanib ta’kidlash mumkinki, butun mamlakatimizda ish olib borayotgan milliy-madaniy markazlar turli millat va elatlarning o‘ziga xosligini saqlab qolish sohasidagi muhim vazifani amalga oshirmoqdalar. Ular ma’naviy turmushning benazir makonlarigina bo‘lib qolmay, ayni vaqtda ijtimoiy-siyosiy va madaniy qurilishga samarali hissa qo‘shmoqdalar. Insonning ma’naviy hayotida g‘oyaviy-fuqarolik negizlarini shakllantirish mazkur markazlar faoliyatidagi asosiy vazifalardan biriga aylangan. Bu vazifani onda-sonda o‘tkaziladigan tadbirlar bilan emas, kun sayin zo‘r g‘ayrat bilan qilinadigan ishlar orqali amalga oshirish mumkin. Shu boisdan ham respublika rahbariyati milliy-madaniy markazlarga katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turibdi.
Milliy-madaniy markazlarning faol ishtirokchilari hukumatning yuksak mukofotlari, orden va medallari bilan taqdirlanayotganligi, ularga ko‘rsatilayotgan yuksak diqqat-e’tiborning yorqin namunasidir.
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning madaniyat markazlarini tuzish g‘oyasini shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov boshlab berdi. Bu ish 1989 yilda boshlangan bo‘lib, endilikda ularning faoliyati gurkirab rivojlanmoqda. O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi huzurida Respublikada tuzilgan millatlararo madaniyat markazi ularning faoliyatini uyushtirib va muvofiqlashtirib turadi.
1993 yilda bu markaz mustaqil Respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. U milliy-madaniy markazlarning faoliyatini uyushtirib, O‘zbekistonda yashovchi milliy guruhlarning madaniy ehtiyojlarini o‘rganib, qondirish borasida davlat idoralariga va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashmoqda. Markaz vazifalari: milliy-madaniy markazlarga amaliy va uslubiy yordam berish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, respublikada yashovchi xalqlar va milliy guruhlarning milliy an’analari, urf-odatlari va rasm-rusumlari, madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirishga ko‘mak berish, yaqin va olis xorijdagi milliy hamda baynalmilal madaniy markazlar bilan aloqa va hamkorlik o‘rnatib, rivojlantirish, millatlar va elatlarni baynalmilal ruhda jipslashtirish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga yordam berishlardan iboratdir.
O‘zbekistonning hozirgi ko‘p millatli aholisi asosan etnogenetik jihatdan bog‘liq bo‘lgan ikkita katta xalqdan iborat. Ularning biri 83,1%ni tashkil etuvchi turkiyzabonlardan iborat bo‘lsa, ikkinchisi 9,2%ni tashkil etuvchi rusiyzabon (slavyan)lardan iboratdir.
Ularning har biri katta umumiy lug‘aviy zahiraga, umumiy tarixiy o‘tmishga egadir. Rusiyzabon aholi vakillari katta qismining ota-bobolari o‘zbeklar diyorida ko‘p yillardan beri yashab kelayotganliklari yuqorida qayd etib o‘tildi. O‘zbekiston aholisining etnik tafovutlari millatlararo hamjihatlik uchun to‘siq bo‘la olmaydi. O‘zbekiston rahbariyati turli etnik birliklarning oz-ko‘pligidan qat’i nazar, ular o‘rtasida mushtaraklik ruhini saqlab qolish uchun milliy siyosatga eng maqbul tarzda yondoshish yo‘llarini qo‘llanmaqda. Aniq maqsadni ko‘zlovchi insonparvarlik ruhidagi milliy siyosat, o‘zbek bo‘lmagan aholining ilg‘or ijtimoiy qatlamlarini faollashtirish jarayonini rivojlantirishga, O‘zbekistondagi barcha xalqlar vakillarini umumdavlat milliy-siyosiy birligi, vatanparvarlik tuyg‘usi va o‘z mamlakati uchun faxrlanish ruhida tarbiyalashga ko‘maklashib kelmoqda.
Kirish
Ushbu dastur «O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik» deb nomlanib kurs eng qadimgi davrlardan boshlab hozirgi kungacha bo‘lgan barcha tarixiy bosqichlarda millatlararo munosabatlar va tolerantlik munosabatlarini qamrab oladi. Dasturda o‘zbek xalqi tolerantligi (bag‘rikengligi) ning tarixiy ildizlari, globallashuv sharoitida tolerantlikni dolzarbligi kuchayganligi sabablarini tushuntirish va uni fuqarolik jamiyatining asosiy ma’naviy ahloqiy tamoyili ekanligi asoslab berish, G‘arb va Sharq mutafakkirlari asarlarida bag‘rikenglik masalalariga katta e’tibor qaratilganligi, bag‘rikenglikning tarixiy ildizlari yoritish, O‘zbekistonda ko‘pmillatlilikni shakllanish XX-XXI asr misolida ko‘rsatish, shuningdek, sovet milliy siyostini mag‘lubiyati konkret faktlar asosida ifodalash, Ko‘pmillatli O‘zbekistonda demografik jarayonlar aholi ro‘yxatga olinishi ma’lumotlari asosida (1897, 1926,1939, 1959, 1970, 1979, 1989 yillardagi) ko‘rsatish, mustaqillik sharoitida tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda aholining tolerantlik ruhida tarbiyalash muhim vazifalardan biri ekanligi misollar asosida yoritish. O‘zbekistonning mustaqillik davrida millatlararo munosabat sohasidagi davlat siyosati, respublikadagi demografik jarayonlar, globallashuv va tolerantlik muammolari ochib berilganligi uning ijobiy jihatidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.
“O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va tolerantlik” fani haqidagi bilimlarni qaror topshirish mavjud ilmiy adbiyotlar va zamonaviy nazariyalar hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |