Termiz davlat universiteti tarix fakulteti


To‘qqizinchi mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Baynalminal markazining tashkil etilishi va faoliyati. Millatlararo inoqlikning O‘zbekiston modeli



Download 1 Mb.
bet16/99
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#292818
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99
Bog'liq
Ўзб.да ММТ (Ўзб.тарихи учун)

To‘qqizinchi mavzu. O‘zbekiston Respublikasi Baynalminal markazining tashkil etilishi va faoliyati. Millatlararo inoqlikning O‘zbekiston modeli


  1. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston aholisining milliy tarkibi.

  2. Turli millatlarning o‘ziga xosligini saqlab qolishda Baynalminal milliy-madaniy markazning ahamiyati

  3. Xalqaro tashkilotlar tolerantlik haqida.

Qadimgi O‘zbekiston diyoridagi tinchlik va barqarorlik – davlatimizda o‘tkazilayotgan oqilona milliy siyosatning, shuningdek, Prezident I.A. Karimovning uzoqni ko‘zlovchi, vazmin yo‘lining natijasidir. O‘zbekiston eng maqbul evolyusion, bosqichma-bosqich o‘tkaziladigan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar yo‘lini tanlab oldi.

O‘zbeklar diyorida yashovchi barcha xalqlarning hamjihatlikka va inoqlikka intilishi barqarorlikning o‘ziga xos nishonasidir. O‘zbekiston hamisha ko‘p millatlilik va ko‘p dinlilik sharoitida millatlararo hurmat va totuvlik ruhi bilan ajralib kelgan.

Huquqiy davlat barpo etish sari borayotgan jamiyatimizning madaniyligi va davlatimizning demokratiklilik darajasi milliy va etnik guruhlarga yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar bilan belgilanadi. Shu tufayli ular madaniy o‘ziga xoslikni qaror toptirib, o‘zlarining ma’naviy va aqliy salohiyatini to‘la-to‘kis tarzda ro‘yobga chiqarib kelmoqdalar.

Vijdon erkinligini ta’minlash, millatlararo va dinlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish sohasida o‘tkazilayotgan har tomonlama puxta o‘ylangan davlat siyosati o‘z samarasini berayotganligi bilan faxrlanish uchun hamma asoslarga egamiz.

Holbuki, mustaqillikning ilk davrida mamlakat oldida mazkur sohalarni haddan tashqari mafkuralashtirish va siyoisiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat murakkab vazifa turar edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli kitobida respublikada millatlararo va dinlararo muammolarning to‘g‘ri yechimlarini topish muhimligini uqtirib, “… ichki siyosiy ahvolning barqarorligi, milliy xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning jo‘shqinligi ana shunga bog‘liq ekanligini” alohida ta’kidlagan edi.

Yuqorida ta’kidlangan fikr-mulohazalardan shunday qilish mumkinki, mantiqiy xulosaga har qanday ko‘p millatli va ko‘p dinli jamiyatning umummilliy xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti ikki eng muhim hol bilan chambarchas bog‘liqdir. Uning birinchisi - mamlakatda yashovchi turli millat vakillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar butun majmuasining uyg‘unligi, mamlakat asosiy millati bilan etnik ozchiliklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning alohida mohiyatini e’tiborga olish bo‘lsa, ikkinchisi esa - mazkur jamiyatni tashkil etuvchi turli diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi o‘zaro sog‘lom munosabatlardir.

Din va millatparvarlik – ham shaxsiy, ham jamoaviy insoniy fe’l-atvorning ikkita buyuk mezonidir. Qadim zamonlardan beri ibtidoiy jamiyatdan hozirgi davrgacha har qanday din odamlarning ijtimoiy fe’l-atvoriga nisbatan, muayyan, ba’zan juda qat’iy talablar qo‘yib kelgan, muhim ijtimoiy tartibga soluvchi kuch rolini o‘ynagan, ijtimoiy munosabatlarga faol ta’sir o‘tkazgan.

Din ta’sirida shakllanadigan fe’l-atvor me’yorlari din sohasigagina emas, insonning shaxsiy va ijtimoiy turmushiga ham taalluqlidir. O‘ziga xos usullarda insonning fe’l-atvoriga ta’sir o‘tkazadigan va ijtimoiy me’yorlaring alohida turi bo‘lgan diniy omilning noyob xarakteri ayni shu sohada namoyon bo‘ladi. Ammo, kommunistik mafkura ayni shu holatlarni inkor etdi. Bu mafkuraning asossizligini Markaziy Osiyo, shu jumladan O‘zbekiston taraqqiyotining 70 yildan ortiq davrdagi tarixi ham isbotlab bergan edi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlaboq, ana shu muhim holat anglab olinganligi davlatning milliy omilga munosabatini belgilab berdi. Davlatning dinga yangicha yondoshuvi qandaydir vaqtinchalik manfaatlar yoki taktik mulohaza va hisob-kitoblar bilan belgilanmaydi, balki inson dinsiz (hech narsaga ishonmay) yashay olmasligiga bo‘lgan qat’iy e’tiqodga asoslanadi.

Suveren O‘zbekiston o‘z tarixi, mamlakatning tabiati va jug‘rofiy-siyosiy holati xususiyatlarini, demografik vaziyat, o‘zbek xalqining mentalitetini e’tiborga olib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish sohasida o‘z yo‘lini tanlab oldi. Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlashda respublikaning ko‘pmillatliligiga katta ahamiyat beriladi, chunki gap O‘zbekistonda yashovchi turli millatlarga mansub yuz minglab kishilarning taqdiri haqida, ularning o‘z mamlakati ravnaqi yo‘lidagi jipslashgan bunyodkorlik ishi haqida boradi. Respublikada yashovchi turli-tuman aholining ko‘pchiligi uchun O‘zbekiston qadrdon vatan bo‘lib qolgan.

O‘zbekiston taraqqiyotining taqdiri hal etilayotgan hozirgi tarixiy bosqichda xalqning ahloq-odob va ma’naviy mezoni, millatlararo hamjihatligi, jipslik va bag‘rikenglik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning asosiy ustuvor vazifalari qilib belgilab olindi. Bu, respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyatli amalga oshirilishining, yuksak rivojlangan va madaniy darajasi baland davlat sifatida jahon hamjamiyatiga kirib borishining ishonchli garovidir. SSSR davlati barbod bo‘lishi natijasida barcha sobiq ittifoqdosh respublikalarda, shu jumladan O‘zbekistonda ham murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat hukmron bo‘lib, bu holat respublika aholisining rivojlanish jarayonlari, shu jumladan milliy tarkibning o‘zgarib borishida o‘z aksini topdi. Gap bu yerda avvalo, sovet tuzumidan keyingi istisnosiz barcha makonlarda qizg‘in tus olgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatda aholining migratsiyasi sohasida o‘ziga xos jarayonlar boshlanganligi haqida bormoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Yevropalik aholining respublikadan migratsion oqimi kuchayganligi 80-yillarning oxirlarida ayniqsa sezilarli bo‘ldi.

XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmiga qadar respublikada sodir bo‘layotgan “sust” migratsiya oqimi tamoyili davom etdi. Bunga faqat iqtisodiy sabablar asos bo‘lgan edi. O‘sha paytda Markaziy Osiyoning boshqa respublikalari kabi O‘zbekistonda ham turmush darajasi Rossiya, Ukraina, Belorussiya va boshqa g‘arbiy ittifoqdosh respublikalarga nisbatan ancha past darajada bo‘lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston ham o‘sha yillarda sobiq SSSR respublikalari orasida oxirgi o‘rinlarni egallab turar edi.

Bu mintaqadagi alohida demografik vaziyat muayyan ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu yerdagi tub joy aholisining tabiiy ko‘payishi, chetdan ko‘chib kelgan aholidagi tabiiy ko‘payishga nisbatan uch-to‘rt barobar ortiq edi. 80-yillarda SSSRdagi iqtisodiy tanglik kuchaygan sharoitda nafaqat tub joy aholisi borasida, balki O‘zbekistondagi yevropalik aholi orasida ham ishsizlik muammosi paydo bo‘ldi. Bu muammo yuqorida qayd etilgan iqtisodiy holat bilan birga respublikadan ko‘chib ketishga sabab bo‘lgan kuchli omil bo‘ldi.

Biroq, 80-yillarning oxiriga qadar O‘zbekiston bilan mamlakatning boshqa respublikalari o‘rtasidagi migratsion ayirboshlash davom etib keldi. Chunonchi, 1982 yilda O‘zbekistonga yashash uchun 88,6 ming kishi kelgan bo‘lsa, 94,6 ming kishi bu yerdan ko‘chib ketdi, 1985 yilda 113,9 ming kishi bu yerga kelgan bo‘lsa, 114,4 ming kishi ko‘chib ketdi, 1986 yilda 132,2 ming kishi keldi, 143,1 ming kishi ketdi. Shunday qilib mazkur yillardagi salbiy saldo 6,0 ming, 0,5 ming va 10,9 ming kishini tashkil etdi.

Shu yillarda ketuvchilarning sonigina emas, keluvchilarning soni ham ko‘payganligiga e’tibor berish zarur. Boshqacha qilib aytganda, aholining tashqi migratsiyasi hajmi ancha oshdi.

Shundan keyingi yillarda ham bu tamoyil saqlanib qoldi. Jumladan, 1988 yilda respublikadan 213,6 ming kishi, ya’ni 1980 yildagidan 1,19 ming kishi jo‘nab ketdi, 164,8 ming kishi, ya’ni 1980 yildagidan 6,2 ming ko‘p kishi bu yerga keldi. Shu yillarda ko‘chib ketganlar soni 2,2 barobardan ziyod, ko‘chib keluvchilar soni qariyb 9 barobar ko‘paydi, aholining tashqi migratsiyasi hajmi esa 2,1 barobar ortib, 1988 yilda 378,4 ming kishini tashkil etdi.

Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda O‘zbekistonga nisbatan yaqinda kelgan, respublika shart-sharoitiga o‘rgana olmagan o‘zga etnoslarga mansub guruhlarning vakillari ko‘proq ko‘chib ketdi. Shundan keyin, ayniqsa, SSSR parchalanib ketganidan so‘ng shu yerda tug‘ilib-o‘sgan, uy-joyga, ishga, muayyan ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan shaxslar ham migratsiya jarayonlariga qo‘shildilar. Ilgari ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar ko‘chib ketishning asosiy sababi bo‘lgan bo‘lsa, keyingi paytda ko‘chib ketuvchilarga ma’naviy, ruhiy va milliy mulohazalar sabab bo‘ldi.

80-yillarning ikkinchi yarmida O‘zbekiston aholisining tashqi migratsiyasi ko‘lamlari to‘g‘risida quyidagi raqamlar tasavvur beradi. Besh-olti yil (1985-1990 yillar) mobaynida hammasi bo‘lib respublikadan 1 milliondan ortiq kishi ko‘chib ketgan bo‘lsa, 715 mingga yaqin kishi ko‘chib keldi. Shunday qilib tashqi migratsiya hajmi 300 ming kishini tashkil etdi. Shu yillarda har yili o‘rta hisobda 50 ming aholi bu yerdan ko‘chib ketdi.

Keyingi 90-yillarda bu raqam ikki barobar ortib, yiliga o‘rta hisobda 70-80 ming kishini tashkil etdi.

Keyinchalik O‘zbekiston aholisining tashqi migratsiyasi hajmi qisqarib bordi, bu holat keyingi yillarda ayniqsa sezilarli bo‘ldi. Respublikaga keluvchilar soni keskin kamayishi bunday qisqarishning asosiy sababi bo‘ldi. O‘zbekiston aholisi migratsiyasining salbiy saldosi shu kungacha ancha yuqori darajada turibdi.

1994 yilda respublika aholisining migratsion kamayishi eng yuqori darajada ko‘tarilib 141,2 ming kishini tashkil etdi. Shu yili respublikadan 179,2 ming kishi ko‘chib ketgan bo‘lsa, 38,0 ming kishi ko‘chib keldi.

Keyingi yillarda O‘zbekiston aholisi milliy tarkibidagi o‘zgarishlar avvalo, respublikadan migratsion oqim bilan birinchi navbatda rusiyzabon aholi – ruslar, ukrainlar, beloruslar, yevropalik va o‘rta osiyolik yahudiylar, shuningdek tatarlar va qrim tatarlarning ko‘chib ketishi bilan bog‘liqdir. 80-yil oxirlari – 90-yillar boshida nemislar va mesxeti turklari ham ommaviy ravishda ko‘chib ketdilar.

O‘zbekiston aholisining tashqi migratsiyasida yevropalik aholi asosan ruslar, tatarlar, yahudiylar, qrim tatarlari, ukrainlar, nemislar asosiy ko‘pchilikni tashkil etadi.

Keyingi yillarda Markaziy Osiyoning qo‘shni respublikalaridan o‘zbeklar va Tojikistondan tojiklar doimiy yashash uchun respublikaga ko‘chib kelmoqdalar.



O‘zbekiston aholisi tashqi migratsiyasi rivojlanishining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari respublika mustaqil rivojlanishining hozirgi bosqichida aholining milliy tarkibi shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi O‘zbekistonning milliy tarkibi esa quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish