22
7-BALANDLIK MINTAQALANISHI.
Balandlik mintaqalari Kordilyera va Appalachi tog‘lari hududini qamrab olgan.Tog‘larda oq qarag‘ay, kedr, sekvoyya,qora qarag‘ay o‘sadi. Hayvonlardan tog‘ qo‘yi, qizil ayiq,yaguar, puma, qor echkisi, kondor va boshqalar yashaydi. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlari — Kordilyera togʻlarining Shimoliy Amerika materigining gʻarbiy chekkasi boʻylab choʻzilgan qismi. Uzunligi 9000 km, eni 800 km dan (Kanadada) 1600 km gacha (AQShda). Turli yosh va jinsli geologik tuzilmalardan tuzilgan: Kolorado platosi va Qoyali togʻlar qattiq tokembriy massivlaridan, Yukon va Makenzi togʻ massivlari choʻkindi va metamorfik paleozoy jinslarining qalin qatlamidan, Syerra Nevada togʻlari mezozoy batolitlari, Gʻarbiy mintaqa tizmasi vulkanogen jinslardan tashkil topgan. Rangli metallar, simob, oltin, neft, toshkoʻmir konlari bor. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlari 3 ta boʻylama orografik mintaqaga boʻlinadi. Sharqiy yoki Qoyali togʻlar mintaqasi Bruks, Makenzi, Sharqiy SyerraMadre va Qoyali togʻlarning baland tizmalaridan iborat boʻlib, Tinch okean, Meksika qoʻltigʻi havzasi va Shimoliy Muz okeani havzalari orasida suvayirgʻichdir. Eng baland joyi 4399 m (Qoyali togʻlardagi Elbert choʻqqisi). Gʻarbiy yoki Tinch okean mintaqasi okeanboʻyi tizmalari va togʻ oraligʻi depressiyalaridan iborat. Unga Alyaska tizmasi (MakKinli togʻi, 6193 m, materikning eng baland choʻqqisi), Aleut, Qirgʻoqboʻyi, Kaskad togʻlari, SyerraNevada, Gʻarbiy Syerra Madre, Koʻndalang Vulqonli Syerra (Orisaba (5700 m), Popokatepetl (5452 m) vulqonlari), Janubiy Syerra Madre togʻlari kiradi. Materikning chekka gʻarbiy sohili boʻylab choʻzilgan tizmalar kuchli parchalangan va asosan, oʻrtacha balandlikdagi togʻlardan iborat. Ichki mintaqa Tinch okeani tizmalaridan sharqda joylashgan Yukon, Freyzar, Kolumbiya,KattaHavza, Kolorado platova,yassitogʻlaridan, Meksika togʻ
23
ligidan iborat boʻlib, ular chuqur tektonik depressiyalar bilan ajralgan. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlari turli tektonik elementlardan tashkil topgan. Baʼzi joylarda vulkanizm, seysmik va hozirgi zamon tektonik harakatlar kuchli. Tinch okeanboʻyi tizmalarining oʻq qismida intruziv jinslar yer yuzasiga chiqib qolgan. Vulqonli tizmalar ham bor. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlarining shimoliy qismi arktika va subarktika, 40° sharqigacha boʻlgan hududlar moʼtadil, undan janubda subtropik, Kaliforniya ya.o. va Meksika togʻligi tropik mintaqalarda joylashgan. Tizmalarning Tinch okeanga qaragan yon bagʻirlarida yumshoq, okean iqlimi, ichki hududlarda kontinental iqlim. Yogʻin taqsimoti notekis. Eng kam yogʻin ichki yassitogʻliklarda yogʻadi. Alyaskadagi tizmalarda yillik yogʻin 3000–4000 mm, Amerika Qoʻshma Shtatlarining ichki platolarida 400–200 mm, Moxave choʻlida 50 mm. Eng qalin qor qoplami Alyaska janubda, Qirgoqboʻyi tizmasi va Kanadaning Kolumbiya togʻlarida kuzatiladi. Qor chizigʻining eng past chegarasi (3000–4500 m) Janubiy Alyaska togʻlarining okeanga qaragan yon bagʻrida. Janubiy tomon qor chizigʻining balandligi 4500 m dan ham oshadi. Muzliklarning umumiy maydoni 67,000 km², asosan, Alyaska va Kanada gʻarbidadir. Yukon, Makenzi, Missuri, Kolumbiya, Kolorado, Rio Grande kabi yirik daryolar Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlaridan boshlanadi. Shimolda muzlik tektonik yoʻl bilan va daryo oʻzanining toʻsilib qolishi natijasida vujudga kelgan chuchuk suvli koʻl koʻp. Yirik va sersuv daryolar gidroenergiya resurslariga boy. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlarida landshaftlarning balandlik mintaqalari aniq ajralgan. Tinch okean sohili bilan ichki hududlar landshaftlari oʻzaro farq qiladi. Shimoliy Amerika Kordilyera togʻlarining shimoliy qismidagi tizmalarning yon bagʻirlari igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Ichki yassitogʻliklarning janubiy qismini quruq dasht va choʻllar egallaydi. Meksika togʻligini oʻrab turgan togʻlarning tashqariga qaragan
24
yon bagʻirlari doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Markaziy Amerika Kordilyera togʻlarining Tinch okeanga qaragan yon bagʻirlarida barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar, nisbatan quruq hududlar va ichki soyliklarda tikanli siyrak oʻrmonlar, kaktus va savanna oʻsimliklari oʻsadi. Hayvonot dunyosi xilma-xil: tundra qismida shimol bugʻusi, qutb tulkisi, quyon, lemming, los va boshqalar, oʻrmonlarda karibu, grizli ayigʻi, boʻri, togʻ qoʻyi, bizon, antilopa, moʻynali hayvonlar, chala choʻl va choʻllarda kemiruvchilar va sudraluvchilar, tropik oʻrmonlarda maymunlar, yaguar, tapir, puma va boshqalar yashaydi. Juda katta maydonlar oʻzlashtirilgan, qishloq xoʻjaligi ekinlari ekiladi.
Appalachi togʻlari – Shimoliy Amerikadagi togʻlar, AQSH bilan Kanada hududida. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 2600 km choʻzilgan, eni 300 – 500 km. Eng baland choʻqqisi – Mitchell togʻi (2030 m). Appalachi togʻlari janubi-sharqiy va shimoliy qismlari paleozoy erasida burmalangan kristall jinslar (gneyslar, kristalli slaneslar, kvarsitlar)dan, janubi-gʻarbiy qismi choʻkindi jinslar – ohaktosh, qumtosh, gilli slaneslardan tashkil topgan. Me-zozoy va kaynozoyda togʻlar gumbazsimon 581 m koʻtarilgan. Togʻlarni koʻpdan-koʻp daryolar parchalab yuborgan. Shimoliy tomonlari relefini toʻrtlamchi davr muzliklari ancha oʻzgartirgan. Appalachi togʻlari iqlimini Atlantika okeani yumshatib turadi. Yogʻin 1000 – 1300 mm. Janubda togʻ yon bagʻirlari 1000 m balandlikkacha keng bargli oʻrmonlar, undan yuqorida aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Appalachi togʻlarida toshkoʻmir, neft, temir rudasi, mis, kumush, kobalt bor.12-Rasm .Kordilyera tog‘lari tabiatidan. 25
XULOSA
Shimoldan janubga tomon Shimoliy yarim sharning ekvotrial mintasidan boshqa barcha mintaqalari kesib otadi. Materikning eng keng va yaxlit qismi subarktika va mo‘tadil mintaqalarida, kichikroq qismi esa subtropik mintaqalarda joylashgan, eng tor janubiy qismi tropik va subekvatorial mintaqalardadir. Arktika mintaqasiga asosan orollar kiritiladi.Materikning kenglik bo‘yicha bunday joylashganligi uning Shimoliy va janubiy qismlarining isishidagi, katta Shimoliy qismi yozgi va qishki radiatsiya sharoitidagi katta tafovutlarga olib keladi. Yillik yalpi quyosh radiatsiyasi miqdori janubi - garbda 180 kkal/sm2 Kanadaning Shimoliy qismida 80 kkal/sm2 o‘zgaradi.Shimoliy Amerikada yer yuzasidagi asosiy orografik elementlarning submeredional yo‘nalishda ekanligi Sharqiy tomonidan katta orografik to‘siqlar bo‘lmagan Atlantika okeani tomonidan havo massalarining kirib kelishiga qulaylik tug’diradi. Materik g’arbidagi Kordilyera tog’lari esa havo massalarining Tinch okean tomonidan materik ichkarisiga kirib kelishiga to’sqinlik qiladi.Materik o’rta qismida Shimoliy Muz okeani bilan Meksika qo’ltig’i orasida tekisliklarning mavjudligi va orografik to’siqlarining yo’qligi yilning barcha faslida Arktika va tropik kengliklar orasida meridional ravishda havo almashunuviga imkon beradi.Atlantika okeanida uning Shimoliy va janubiy qismining isishidagi tafovutlarni bir -biri bilan Nyufaunlend rayonida uchrashuvchi iliq Golfistrum va sovuq Labrador oqimlari yanada kuchaytiradi. Shimoliy Amerikaning katta qismida havo massalari asosan g’arbdan-Sharqqa tomon harakat qiladi, lekin materikning g’arbiy qismidagi murakkab orografik tuzilmalar Tinch okeanidan keluvchi oqimlarni okean sohili va Kordilyera tog’larining g’arbiy hududlariga ko’proq miqdorda yog’in tushishiga sabab bo’ladi. Materikning ichki rayonlari 26
kontinental havo shakllangan hududlar hisoblanadi. Shu sababli materik mo’tadil mintaqasining Atlantika bo’yi uchun yil bo‘yi siklonlar ta’siri bo’lishi xarakterlidir. Materikning Shimoliy qismida, Kanada va Alyaskaning katta qismida - 20° dan - 24°C. gacha, Kanada - Artika arxipelagi orollarida - 36° C.dan, Grenlandiya markazida - 44°C gacha pasayadi. Shu davrda materikning janubida yanvar oyining harorati musbat bo‘lib, +20° C dan +24° C gacha yetadi.Materikning deyarli butun Alyaskani, Gudzon qo‘ltig‘ining katta qismini va Labrador yarim orolining Shimolini o’z ichiga oluvchi katta qismi subarktika iqlim mintaqasida joylashgan.Arktika iqlim mintaqasiga esa materikning Shimoliy sohili va unga yondosh orollar kiritiladi. Materikning eng kam parchalangan qismi ya’ni janubiy chegarasi Kolumbiya daryosi quyi qismidan, Sharqda 40° shimoliy kenglik yaqinidan otadi. Mo’tadil iqlim mintaqasi mintaqaning, Sharqiy qismi dengiz iqlimiga mansub bo‘lsa, ichki qismlari quruq iqlim oblastiga kiritilsa, eng g‘arbiy qismlari yog‘in miqdorini ko‘p olganligi sababli dengiz iqlim oblastiga kiritiladi. Florida yarim orolidan g‘arbda, to Kaliforniya yarim oroligacha bo‘lgan katta hududni subtropik iqlim mintaqasi egallaydi. Tropik iqlim mintaqasi 28°-30° Shimoliy kenglikdan janubda joylashgan bo‘lib, bu mintaqada iqlim asosan Tinch va Atlantika okeanidagi yuqori bosim oblastlari belgilaydi. Subekvotrial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy hududlarini egallagan bo‘lib, yozda ekvatorial musson shamollari ko‘plab yog‘in keltiradi. Bular asosan Tinch okeanidan kirib keluvchi yog‘inlar hisoblanadi.
27
ILOVALAR 28
Arktika cho’llari va tundra,o’rmon tundrasining chegaralari
Do'stlaringiz bilan baham: |