Qishloq xo’jaligi bir tomondan, texnika, qishloq xo’jaligi mashinalari, yoqilg’i moylash materialllari, zaharli kimyoviy vositalar, mineral o’g’itlar, qurilish materiallari va transport vositalari yetkazib beruvchi sanoat bilan, ikkinchi tomondan, ta’mirlovchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi, ya’ni xizmat qiluvchi tarmoqlar va ishlab chiqaruvchilar bilan bog’langan. Bundan tashqari, qishloq xo’jaligi mahsulotlaridan xom-ashyo sifatida foydalanuvchi, sanoatning oziq-ovqat, yengil, to’qimachilik kabi tarmoqlari bilan ham mustahkam aloqa mavjud. Sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida bunday aloqadorlik ular bazasida, organik jihatdan aloqador bo’lgan va yagona pirovard maqsadga qaratilgan agrosanoat majmui shakllanishuvini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |