Avtomobil sanoati- Avtomobil sanoati dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Mamlakatda yiliga 12 mln dona shundan 8 mln donasi yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Mamlakatdagi «Toyoto», «Nissan», «Xondo» kabi yirik avtomobil konsernlari AQSH va G'arbiy Yevropa avtomobil konsernlari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashib jahon bozorini egallamoqda. Yaponiya kemasozlik sanoati jahonda ishlab chiqarilayotgan kemalarning 1g’2 qismini ishlab chiqarmoqda.
Yaponiya fantalab tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha ham dunyoda yetakchi. Jumladan maishiy radioelektronika sohasida videomagnitafonlar, rangli televizorlar, radiotexnika qismlari ishlab chiqarish bo'yicha mamlakat jahonda yetakchi.
Yaponiya dunyoda ishlab chiqarilayotgan videomagnitafonlarning 80% ini ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari Yaponiya robotlar ishlab chiqarish bo'yicha ham yetakchilik qiladi. Yaponiyada yiliga 50 ming donadan ortiq robotlar ishlab chiqariladi. Mamlakatda bir qancha «odamsiz» zavodlar ishlab turibdi, ya'ni zavodlarda ishlab chiqarish robotlar yordamida amalga oshirilmoqda. Yaponiyada EHMning beshinchi avlodi ishlab chiqarilayotgan bo'lsada, u ishlab chiqarish hajmiga ko'ra faqat AQShdan keyinda qolmoqda.
B).Qishloq xo'jaligi. Qishloq xo'jaligi tarmoqlarining ixtisoslashuvi jihatidan Yaponiya boshqa rivojlangan mamlakatlardan ancha farq qiladi. Yaponiya qishloq xo'jaligida 6 mln kishi band. Ishlanadigan yerlar esa mamlakat hududining atiga 16%ini egallaydi. Yaponiyaning asosiy ekini-sholi. Sholidan yiliga 10-12 mln tonna hosil olinadi. Sholining asosiy qismi Xonsyu orolining markaziy va janubiy rayonlarida yetishtiriladi. Xonsyuning shimolida va Xokkaydoda bug'doy, javdar va arpa ekiladi, biroq yetishtiriladigan don mamlakat ehtiyojini ta'minlay olmaydi. Sabzavot va mevalar texnika ekinlaridan qand lavlagi, soya, tamaki, moyli ekinlar, choy ham yetishtiriladi.
Baliq ovlash- Yaponiya xo'jaligining muhim tarmog'i. Baliq sohil bo'yidagi suvlarda ham uzoq dengizlarda ham tutiladi.Baliq ovlash jihatidan Yaponiya dunyoda birinchi o'rinda turadi. Mamlakatda 3 mingdan ortiq baliq ovlovchi portlar bor. Yaponiyaning sohil bo'yi rayonlarida dengiz plantansiyalarda dengiz mahsulotlarini yetishtirish yo'lga qo'yilgan.
V).Transporti.Yaponiyada transportning daryo va quvur transportidan tashqari barcha turi rivoj topgan: Yaponiya yuk tashish va yo'lovchi tashish hajmiga ko'ra G'arbiy Yevropa mamlakatlaridan o'zib ketgan. Mamlakat yo'lovchi tashuvchi temir yo'llarning zichligiga ko'ra dunyoda birinchi o'rinda turadi. Mamlakat ichkarisida yuklarni tashishda avtomobil va temir yo'l transportining ahamiyati katta. Mamlakatda 60% temir yo'llar elektrlashtirilib poyezdlarning o'rtacha tezligi soatiga 120 km|c ni tashkil etadi.
Urushdan keyingi yillarda Xonsyu va Kyusyu orollarini bog'laydigan Simonoseki qo'ltig'i suvi tagidan tunnel qurildi. Xonsyu va Xokkaydo orollarini tutashtirib turuvchi Sugaru bug'ozi suvi tagidan o'tuvchi «Seykan» tunneli 1970 yilda boshlanib 1988 yilda ishga tushirildi. Tunnelning uzunligi 54 km bo'lib, uning 23 kmni qismi suv ostidan o'tgan.