Keys banki
1.Hozirgi globallashgan dunyoda davlatlar va mintaqalar iqtisodiy aloqalarsiz rivojlana oladimi?.
2.Yaqin kelajakda jahonda Jahon xo’jaligining qanday markazlari vujudga keladi deb o’ylaysiz?.
Nazorat savollari
1.Mehnatning geografik taqsimoti deganda nimani tushunasiz?.
2.Geografik mehnat taqsimotining eng yuqori shakli xalqaro mehnat taqsimoti haqida gapirib bering.
3.Eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga misollar keltiring.
4.MDHning jahon xo’jaligida tutgan o’rniga baho bering.
4.Yevropa ittifoqi jahon xo’jaligida tutgan o’rniga baho bering
5.OPEKning jahon savdosidagi o’rni haqida gapirib bering.
2-Mavzu. JAHON XO’JALIGI (2 soat)
Reja.
1.Jahon xo’jaligining umumiy xususiyatlari va rivojlanish jihatlari.
2.Fan-texnika inqilobi.
3.FTIning jahon xo’jaligiga ta’siri.
Tayanch so’zlar:
Jahon xo’jaligining shakllanishi, tarmoqlar tarkibi,FTT,FTI
1.Jahon xo’jaligining umumiy xususiyatlari va rivojlanish jihatlari.
Jahon xo’jaligining shakllanishi jarayoni amalda kishilik jamiyatining jami tarixini o’z ichiga oladi. Chunki jahon xo’jaligi ishlab chiqarish kuchlarining ming yillar davomidagi evolyutsiyasining natijasidir. Shu nuqtai nazardan jahon xo’jaligi tarixiy kategoriyadir. Jahon xo’jaligining shakllanishi va rivojlanish jarayonlarini o’ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o’z ichiga olgan jahon xo’jaligi belgilari, xususiyatlari shakllana boshlagan bosqich geografik kashfiyotlar davrigacha davom etgan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin Er sharining boshqa regionlari va qit’alarini ham qamrab oldi. Qit’alar, regionlar o’rtasida mahsulotlar ayirboshlash jahon bozorini vujudga keltirdi. Ushbu bozor transport, ayniqsa dengiz transporti rivojlanishi munosabati bilan yana ham kengaydi. Chunki dengiz transporti barcha materiklarni birlashtirishga imkon berdi.
Jahon xo’jaligi XX asr arafasida to’la-to’kis shakllanib bo’ldi, hamda ushbu asrning birinchi yarmida uning rivojlanishi ayrim xududlarni qamrab olish hisobiga amalga oshdi.
Jahon xo’jaligi geografik nuqtai nazardan kam deganda uch daraja miqiyosida tadqiq etish nazarda tutiladi:
Jahon xo’jaligining umumiy geografiyasi.
Uning tarmoqlar geografiyasi.
Yirik regionlar va subregionlar geografiyasi.
Jahon xo’jaligi insoniyatning butun tarixi davomida shakllangan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropa va Osiyodan keyin Er kurrasining boshqa qit’alari ham xalqaro savdoga jalb etildi. Qit’alar o’rtasidagi mahsulotlar almashinishi jahon bozorining paydo bo’lishiga olib keldi. Transportning rivojlanishi bu bozorning bundan keyingi rivojlanishiga yordam berdi. Dengiz transporti barcha qit’alarni bir-biri bilan bog’ladi. XIX asrning 2 yarmidan boshlab temir yo’llarining uzunligi keskin oshib bordi.
Jahon xo’jaligining shakllanishida mashinalashgan yirik sanoat asosiy omil bo’ldi. Mashinalashgan yirik sanoat XVIIIasr oxiri va XIX asrning boshlarida Yevropaning bir qator davlatlari va AQSH da sanoat inqilobidan keyin vujudga keldi. Jahon xo’jaligi XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida mashinalashgan yirik sanoat, transport va jahon bozorining rivojlanishi natijasida vujudga keldi. Jahon xo’jaligi dunyodagi barcha mamlakatlarni butun jahon iqtisodiy munosabatlar orqali bir-biri bilan bog’lovchi uyg’unlikdir.
Jahon iqtisodiyotidagi yalpi mahsulotning 64 % i noishlab chiqarish sohasiga, 32 % i sanoatga, 4 % i qishloq xo’jaligiga to’g’ri keladi (XXI-asr boshida).
Jahon eksport mahsulotlarini 100 % deb olsak, uning 10 % i AQSH ga, 9 % i GFR ga, 8 % i Xitoyga, 6% i Yaponiyaga, 5 % i Fransiyaga, 4 % i Buyuk Britaniyaga, qolgan 58 % i boshqa davlatlar hissasiga to’g’ri keladi.
Jahon xo’jaligining geografik modeli tobora murakkablashib boradi. XIX asrning oxirlariga qadar hamma ko’rsatkichlariga ko’ra bitta markaz - Yevropa ustun turar edi. I.A.Vitver bu davrni Yevropa – markaz davrida deb atagan. Keyinchalik 2-markaz – AQSH paydo bo’ldi. U tezda asosiy markaz bo’lib qoldi.
Jahon xo’jaligidagi eng yirik kreditor davlatlar: AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA hamda G’arbiy Yevropa davlatlari. Qolgan deyarli barcha mamlakatlar qarzdor davlatlar hisoblanadi.
2 ta jahon urushi oralig’ida jahon ahamiyatiga ega bo’lgan yangi markazlar – sobiq SSSR va Yaponiya vujudga keldi. II - jahon urushidan keyin Xitoy, Hindiston, Janubi-G’arbiy Osiyodagi neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar guruhi, Kanada, Avstraliya, Braziliya kabi markazlar vujudga kela boshladi. Keyingi 20 yil mobaynida 4 ta “Osiyo yo’lbarsi” boshchiligidagi yangi industrial davlatlar jahonga tanildi. Bular natijasida Osiyo Tinch okeani regionining jahon xo’jaligidagi mavqei yanada o’sdi. Shunday qilib hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining geografik modeli ko’p markazlilik hususiyatiga ega bo’ldi.
Jahon xo’jaligi ichidagi o’zaro munosabatlar yaqin vaqtlargacha 4 ta qutb – kapitalistik g’arb, sosialistik Sharq, “boy” Shimol va “kambag’al” janubning bo’lishi bilan belgilanar edi.
Jahondagi eng yirik oltin va chet el valyuta zaxiralariga ega bo’lgan davlatlar: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Shvesariya, Italiya, Xitoy, Singapur, BraziliY.
Hozirgi vaqtda jahon xo’jaligining ichki asosiy qarama qarshiligi “Shimol” bilan “Janubn”ning yoki markaz bilan chekkaning qarama-qarshiligi orasidagi farqdir.Masalan: 90 yillari jahon xo’jaligining butun chekka joylariga jahon IYAM ning va sanoat mahsulotining 15 % , qishloq xo’jalik mahsulotining 30% i to’g’ri kelgan. IYAM aholi jon boshiga hisoblanganda, bu mamlakatlarda 1000 dollardan kam bo’lmagani holda, G’arbning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida 14000 dollardan ortiq bo’lgan.
Shu sababli jahon xo’jaligining “geografik modeli”ni takomillashtirishning asosiy yo’nalishi jahon xo’jaligi “chekka qismi”ni rivojlantirishdan iborat bo’lmog’i kerak.
Jahon xo’jaligining rivojlanishi quyidagicha: AQSH, Kanada, MDH,Yaponiya va Xorijiy Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida iqtisodiy o’sish pasaygan. Masalan, XX- asr oxirida iqtisodiy o’sish Tojikiston, Ukraina, Moldaviya kabi davlatlarda yiliga 8 % ni tashkil etadi. Aksincha, Xorijiy Osiyo davlatlari va Lotin Amerikasi mamlakatlarida yillik iqtisodiy o’sish ko’tarildi.Masalan, Xitoy iqtisodiyoti yiliga 10 %, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari 7 %, Hindiston xo’jaligi 6 % ga o’smoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |