Engil va oziq-ovqat sanoati-mamlakatning barcha hududlarida joylashgan.
B).Qishloq xo'jaligi
Mamlakatda yer fondining katta qismi xususiy mulkdorlarga, qolgan yerlar davlatga tegishli yerlar hisoblanadi. Xususiy yer egaligining 62 foizini fermer yerlari tashkil etadi. AQShda fermerlarning 60 foizi to'liq yer egalari qolganlari esa qisman mulkdorlar yoki ijarachilar hisoblanadi.
AQSH qishloq xo'jaligi uchun harakterli hususiyatlaridan biri tarmoqda chorvachilik sohasining ulushi yuqori, ya'ni 52 foizni tashkil etadi.
Mamlakatda yaylovzorlar maydoni 266 mln gektar bo'lib, ularning kattaligiga ko'ra AQSH dunyoda Xitoydan keyinda 2-chi o'rinda turadi. Ayniqsa yaylovlar markaziy tekislikning ichki qismlarida va preriyalarida keng maydonni egallaydi. Mamlakatning Ayova shtati yer fondi tarkibida yaylovzorlar 90 foizni tashkil etadi. AQShning g'arbiy tog'li shtatlarida 90 foiz fermerlarning yerlarini yaylovzorlar tashkil etadi.
AQSH donli ekinlar yalpi hosili bo'yicha dunyoda Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Bu yerda bug'doy va makkajo'xori,sholi,oq jo'xori yetishtiriladi. Bug'doy Kanada chegaralaridan Buyuk tekisliklar bo'ylab Texas shtatining markaziy qismigacha bo'lgan yerlarda ekiladi. Makkajo'xori asosan Ayova,Illinoys,Indiana shtatlaridagi preriyaning unumdor tuproqlarida yetishtiriladi. Ayova shtati makkajo'xori yalpi hosili bo'yicha AQShda birinchi o'rinni egallaydi.
AQShda paxta janubda, shakarqamish Meksika qo'ltig'i va Gavayi orolida, tamaki Virginiya va Kentukki shtatlarida yetishtiriladi.
Buyuk tekisliklar janubiy qismida go'sht qoramolchiligi, mamlakatning janubi-sharqida parrandachilik sohalari rivojlangan.
AQShning bug'doy, makkajo'xori, soya, paxta yetishtiruvchi rayonlarida ixtisoslashgan sut chorvachiligi rivojlantirilgan.
V).Transporti.
AQShda temir yo'llarning umumiy uzunligi280 ming km bo'lib, bu ko'rsatgich G'arbiy Yevropa regioni barcha temir yo'llar uzunligidan ham uzundir.Biroq AQSH temir yo'llar zichligi bo'yicha G'arbiy Yevropa mamlakatlaridan orqada qolmoqda.
Mamlakatning asosiy temir yo'llar sistemasini Atlantika okeanidan Tinch okean qirg'oqlarigacha o'tkazilgan transkontinental magistrali tashkil etadi. Mamlakatda Chikago, Nyu-York, Detroyt, Atlanta kabi eng yirik transport tugunlari shakllangan.
AQShning barcha transport tarmoqlari avtomobil transportining xissasi yo'lovchi tashish aylanmasida 88 foizni yuk tashish aylanmasida 24 foizni tashkil etadi. Avtomagistral yo'llar orqali mamlakatning istalgan tomoniga harakatlanishi mumkin.
Suv yo'llarining umumiy uzunligi 54 ming km ni tashkil etadi. AQSH va Kanada iqtisodiy rayonlari o'rtasida katta bo'lib, bu yerda Chikago, Dulu, Buffalo, Detroyt, Klivlend, Tolida kabi yirik portlar qurib ishga tushirilgan.
AQShda xalqaro yuklarni tashishda dengiz transportining ahamiyati yuqori. Mamlakatda 100 ga yaqin yirik portlar bo'lib shulardan 18 tasi 20 mln tonnadan ortiq yuk aylanmasiga ega. AQSH dengizda yuk tashish umumiy hajmi bo'yicha dunyoda Yaponiyadan keyin 2-chi o'rinda turadi. Mamlakatda bir qancha Nyu-York, Novo'y Orlean, Filadelfiya, Baltimor, Xyuston, Baton-Ruj, Korpus-Kristi, Tinch okean qirg'oqlarida esa San-Fransisko, Sietl, Los-Anjelos kabi yirik portlar ishlab turibdi.
Mamlakat havo transportining xalqaro va ichki yo'lovchi tashishda katta ahamiyatga ega.
Mamlakatda Nyu-York, Chikago, Los-Anjelos, Atlanta, Dallas, Mayyami kabi yirik aeroportlar ishlab turibdi.
Bundan tashqari AQShda quvur transporti tarmoqlari ham rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |