2.2. Tabiiy resurslarini xo`jalik manfaatlari nuqtai nazardan baholash
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining o’rtasida,
Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, g’arbiy qismi Turon
pasttekisligini, Janubi va sharqiy qismlari esa tog’li o’lkaldarni o’z ichiga oladi.
O’zbekistonning maydoni 448,9 ming kv km bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari
orasida 3 o’rinda turadi. Poytaxti – Toshkent shahri. Uning kengligi shimoldan
janubga 930 km, g’arbdan sharqqa esa 1400 km cho’zilgan. Respublika Markaziy
Osiyo davlatlarining 11,2 % hududini, aholisini esa 45 % tvashkil etadi.
O’zbekistonning geografik o’rni ancha qulay. U shimolda va shimoli-g’arbda
Qozog’iston, g’arbda Turkmaniston, janubda Afg’oniston, sharqda esa Tojikiston va
Qirg’iziston bilan chegaradoshdir.
O’zbekistonning tabiati boy va juda xilmi-xildir. Huddining katta qismini (78,7%)
tekisliklar egallagan, qolgan qismini esa (21,3%) tog’lardan va tog’ oraliq
botiqlardan iborat.
O’zbekiston serquyosh o’lkadir. Iqlimi quruq, kontinental. Iqlimining tashkil
topishiga geografik o’rni, quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi va yer
yuzining tuzitlishi katta ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonning yozi juda issiq va uzoq bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati 32
gradus, eng yuqori havo harorati 50 gradusga yetadi. Qishda havo harorati 0
gradusdan past bo’ladi. Yanvar oyida Ustyurtda – 10 gradus, Toshkentda – 1 gradus,
Termizda esa 2,8 gradus bo’ladi.
Uning iqlimiga shimoldan Arktika va G’arbiy Sibirdan, g’arbdan esa Atlantika
okeanidan keladigan havo massalari katta ta’sir ko’rsatadi. Arktika havo massalari
sovuq va quruq bo’lsa, Atlantia havo massalari esa nam va iliqdir. Yog’in miqdori
hududlar bo’yicha notekis taqsimlangan. Respublikaning g’arbiy qismlarida
o’rtacha 100 mm dan, janubi-sharqda 700-800 mm gacha yogin bo’ladi.
Yog’inlarning asosiy qismi qish va bahor oylariga to’g’ri keladi(40-50 %).
O’zbekistonning suv bilan taminlanishida O’rta Osiyoning eng yirik daryolari:
Amudaryo va Sirdaryo katta ahamiyat kasb qiladi. Eng uzun daryo Sirdaryo bo’lib
uning uzunligi 2981 km. Eng sersuv daryo esa Amudaryodir. Uning uzunligi esa
2660 km dir. Ammo bu daryolar respublikaning suvga bo’lgan ehtiyojini to’la
qondirmaydi.
O’zbekiston hududida 250 yaqin ko’llar bo’lib ular asosan mayda ko’llardir. Bu
ko’llardan eng yiriklari Orol, Aydarko’llardir. Orol ko’li kattaligi sababli dengiz
nomini olgan edi, lekin uning sathi keyingi yillarda keskin pasayib ketdi. Kichik
ko’llardan ayrimlari shifobaxshligi bilan ajralib turadi (Tuzkon, Axsikent,
Dengizko’l, Qurbonko’l, Baliqko’l va boshq).
Ohirgi yillarda ko’plab suv omborlari bunyod etildi. Bularga Ohangaron, Janubiy
Surhon, CHimqo’rg’on va boshqalar misol bo’ladi. Bu suv omborlari Asosan daryo
rejimini tartibgi solib, bahorgi, qishki, kuzgi svlarni to’plab yozda suv tanqis bo’lgan
davrda ekin dalalrini suv bilan tahminlaydilar.
Respublikada xilma-xil o’simliklar o’sadi. Ayniqsa tog’li mintaqalarda dorivor
o’simliklar ko’plab uchraydi. Ularning ayrim turlari faqat O’zbekistonda uchraydi
xolos.
O’zbekistonda turli xil mineral resurslar tarqalgan. Bu yerda yonuvchi, rudali va
rudasiz foydali qazilmalar ko’p. Ayniqsa oltin, volfram, mis, qo’rg’oshin, rux, tabiiy
gaz va boshqalarning zahiralarining ko’pligi bo’yicha jahon mamlakatlarining
orasida yetakchi o’rinlarda turadi. Respublika hududida qurilish materiallari
(ayniqsa marmar), oyna qumi, sement keyingi yillarda ochilgan yirik fosforit konlari
ham alohida ahamiyatga egadir.
O’zbekiston ayniqsa oltin qazib chiqarish bo’yicha MDH davlari orasida,
Rossiyadan keyin ikkinchi, jahonda esa 8 o’rinda turadi. Sifatliligi darajasi ham juda
yuqori. Oltinning yirik konlari Muruntou, Ko’kpatas, Uchqg’uduq, ulardan tashqari
Zarmiton, Marjonbuloq, CHodak, Qo’ytosh kabi konalardan iboratdir. Muruntou
oltin koni asosida Qizilqumda yirik sanoat markazi va Zarafshon shahri qad
ko’targan.
Rangli metallar Toshkent viloyatida ko’plab topilgan. Rangli metallar qazib
chiqarish asosida Olmaliq shahri rivojlangan. U respublika iqtisodiyotida yetakchi
rol o’ynaydi.
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida yirik gaz konglari tipilgan. Yirik konlardan
Muborak, SHo’rtan, jarqoq va boshqalar shu yerda joylashgan. Ayniqsa sho’rtan gaz
konining istiqboli porloqdir. Gaz faqat yoqilg’igina bo’lib qolmay balki kimyoviy
xomashyohamdir.
Qashqadaryo viloyai gaz zahiralari jahatidan respublikada yetakchidir. Keyingi
paytlarda Ustyurt platosi hududida ham yangi gaz konlari ochilgan.
Respublika xo’jaligida ko’mir katta rrol o’ynaydi. Respublikada qazib olinadigan
ko’mirning 95 % toshkent viloyatida (Angren ko’mir koni) mavjud. Bu yerda ko’mir
ochiq usulda qazib olinadi. SHu sababli mahsulotning narhi ancha arzondir.
Surhondaryo viloyatida sanoatda katta ahamiyatga ega bo’lgan toshko’mir konlari
topilgan (SHargun, Boysun konlari), ular kokslanuvchi ko’mir turiga kiradi.
O’zbekistonda ko’plab neft qazib chiqariladi. Dastlabki neft konlari Farg’ona
vodiysida 1904 yilda topilgan (CHimyon koni). Keyinchalik bu yerda Polvontosh,
So’x, Janubiy Olamushuk, Andijon va boshqa konlar ochildi. Mustaqillik yillarida
esa (1992) Namangan viloyatida Mingbuloq neft koni topildi.
Respublikada 1990 yilda 2 mln tonna neft qazib olingan bo’lsa, 1998 yilda esa 8 mln
tonnadan oshib ketdi va O’zbekiston neft mustaqilligiga erishdi. Ayniqsa Buxoro
neftni qayta ishlash zavodining qurilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Hozirda
O’zbekistonda xilma-xil neft maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
O’zbekiston respublikasi ko’p millatli mamlakatlardan biri bo’lib, 120 dan ortig’
millat va elatlar bu yerda istiqomat qiladi. Jami aholisi 26670000 kishini tashkil
qiladi. Aholi soni bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida biringchi o’rinda
turadi (MDH davlatlar orasida 3 urinda turadi). Respublikada Markaziy Osiyo
aholisining 44 % istiqomat qiladi.
Mamlakat aholisi tez ortib bormoqda. Uning ko’payishi asosan tabiiy o’sish
hisrobiga ruy bermoqda. Respublika aholisi har yili o’rtacha 450 ming kishiga
ko’paymoqda.
Aholining ko’pchiligini o’zbeklar tashkil qiladi (79 %). Ulardan tashqari qozoqlar,
tojiklar, qoraqalpoqlar, qirg’izlar, turkmanlar, ruslar, ukrainlar va boshqalar
istiqomat qilishadi.
O’zbekistonda urbanizatsiya darajasi o’rtacha ko’rsatkichga ega, yahni jami
aholining 38 % shaharlarda yashaydi. Bu yerda ayniqsa keyingi paytlarda qishloq
aholisi tez ortib bormoqda. Buning asosiy sababi tug’ilishning yuqoriligidir.
Respublika aholisining 45 % dan ko’prog’i 20 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi.
55 va undan katta yoshdan kattalar esa aholining 8 % tashkil qiladi.
Aholining jinsiy va yosh tarkibiga oid bo’lgan hususiyatlar mehnat resurslarida ham
namoyon bo’ladi. Mehnat resurslarining asosini mehnatga qobiliyatli aholi tashkil
etadi. O’zbekistonda mehnat resurslari 16-60 erkaklar, 16-55 ayollar tashkil etadi.
Respublika aholisining 50 % yaqini mehnat resurslarini tashkil qiladi.
O’zbekistonda hozirgi kunda 120 shahar, 113 shaharcha mavjud. SHahar maqomini
berish davlatlarda bir-biridan farq qildadi. Qo’shni respublikalarda aholi soni 5000
kishidan oshsa, O’zbekistonda 7000 kishitdan oshsa, aholisning 2|3 qismi qishloq
xo’jaligidan boshqa tarmoqlarda band bo’lsa shahar deb ataladi.
Respublikada aholisi 100 mingdan ortiq bo’lgan 17 shahar bo’lib, ularda shahar
aholisining 59 % yashamoqda. Eng yirik shaharlari Toshkent (2360 ming),
Namangan (413 ming), Samarqand (386 ming), Andijon (376 ming), Qo’qon (224
ming), marg’ilon va boshqalardir.
SHuningdek Samarqand, Andijon, Buxoro kabi shaharlar aglomeratsiyalari
shakllanmoqda.
O’zbekiston xo’jaligida qadimdan qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoq bo’lib kelgan.
So’ngi yillarda sanoatning axamiyati tobora ortib bormoqda. Sanoat ko’p tarmoqli
bo’lib-qishloq ho’jalik mashinasozligi, elektroenergetika, neft va gaz, ko’mir,
mineral o’g’itlar ishlab chiqarish, aftomobilsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati
kabilardir.
Respublikada ishlab chiqariladigan elektr energiyaning asosiysi GRES lardan
olinadi. (Sirdaryo, Navoiy, Toshkent, Angren, Taxiatosh). Shuningdek GES lar ham
katta ahamiyatga ega, ayniqsa Chirchiq-Bo’zsuv kaskadi aloxida o’rida turadi.
Mamlakat sanoatida yetrakchi tarmoq - mashinasozlikdir. Mashinasozlik sanoatida
paxta teruvchi mashinalar, chigit ekuvchi, yigiruvchi, sug’oruvchi mashinalar,
avtomobillar, samolyotlar va boshqa sanoat mashinalari ishlab chiqariladi. 1996
yilda, Janubiy Kareya bilan hamkorlikda, Andijon viloyatida ishga tushurilgan Uz
DEU avto qo’shma korhonasi katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston dunyoda
avtomobillar ishlab chiqaradigan 28 ta mamlakatning biriga aylandi. Ushbu
korhonadf «neksiya, tiko, damas, lasetti, matiz» avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
Respublika mashinasozlik tarmog’ida ko’plab korxona va birlashmalar ishlab
turibdi. Bulardan asosiylari Toshkent Agregat zavodi, TTZ, Uz QQMZ, Chirchiq
kimyo mashinasozligi, Andijon IRMASH va boshqalardir.
Neft sanoati hozirgi zamon yoqilg’i sanoatining samarali turlaridan biridir. Neft
sanoati respublika yoqilg’i sanoatining bosh tarmog’i hisoblanadi. O’zbekiston
mustaqillik yillarida neft mustaqilligiga ham erishdi. Asosiy neftni qayta ishlash
zavodlari Farg’ona vodiysidagi Farg’ona,Oltiariq va Buxoro viloyatidagi
Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodlari hisoblanadi.
Respublikada qora metallurgiya zavodi Bekobod shahrida mavjud bo’lib, u 1946
yildan beri ishlab kelmoqda. Bu korxona asosan metallalom asosida ishlaydi.
Kimyo sanoati markazlari Toshkent, Samarqand, Chirchiq, Andijon , Farg’ona,
Navoiy, Olmaliq, Pop, Jizzax kabi qator shaharlar hisoblanadi. SHuningdek
respublikada elektrotexnika, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati
tarmoqlari ham ancha yaxshi rivojlangan.
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo’jaligi alohida ahamiyatga
egadir. Yerlarning ko’pchiligini cho’llur va chala cho’llar egallagan.
Dehkonchilikda barcha ekinlar ekilada, asosini paxtachilik tashkil qiladi. Paxtachilik
bilan almashlab makka jo’xori va bug’doy ekiladi. Shuningdek, sholikorlik,
bog’dorchilik, uzumchilik ham yaxshi rivojlangan.
O’zbekistonda g’alla, asosan bug’doy keng ekiladi. Yaqin vaqtlargacha chetdan
ko’plab miqdorda don olib kelingan. Reschpublikada olib borilgan agrar siyosat
tufayli bu narsa asta sekin barham topmoqda. Hozirgi kunda respublikada 4,5 mln
tonnaga yaqin bug’doy yetishtirilmoqda. Bu esa o’z navbatida g’alla mustaqilligiga
erishishga olib kelmoqda. Qallachilikda sholi yetishtirish ham katta ahamiyat kasb
etadi. Sholi yetishti rishda Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyatlari yetakchilik
qilishadi.
SHuningdek O’zbekistonda kanop yetishtirish (Toshkent viloyati), tamaki
yetishtirish (Samarqand viloyati), mahsar (yog’ olish uchun, Samarqand viloyati),
qand lovlagi (Xorazm viloyati), poliz ekinlari (Sirdaryo, Jizzax viloyatlari),
kartoshka (Samarqand, Toshkent viloyatlari) yetishtirish ham yaxshi rivojlangan.
O’zbekiston iqlim sharitlari bog’dorchilik uchun ham qulaydir. Bog’dorchilik va
uzumchilik ihtisoslashagn tarmoqlarildan biridir. O’rik yetishtirish Farg’ona
vodiysida, anor Qashqadaryo viloyatida (Varganza), Farg’ona viloyati (Quva),
Surhondaryo viloyati (Doshnovvot), larda ko’plab yetishtiriladi.
Uzumchilik barcha viloyatlarda rivljlangan. Bu sohada ayniqsa, Samarqand,
Toshkent, Farg’ona, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilishadi.
CHorvachilik dehqonchilikdan keyitn ikkinchi o’rinda turadi. Unda yetakchi tarmoq
- qo’ychilikdir. Ayniqsa respublikada qorako’l qo’ylari boqilishi yaxshi yo’lga
qo’yilgan bo’lib, xalqaro ihtisoslashgan tarmoqqa aylangan. Navoiy, Buxoro,
Qashqadaryo. Samarqand va Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog’istonda ko’plab
qorako’l qo’ylari boqiladi. Surxondaryo, Buxoro Qashqadaryo vilroyatlarida hisori
qo’ylariko’p bo’lib, ular asosan go’shti va yungi uchun boqiladi. Namangan viloyati
esa mayin yungli angor echkilarini boqishda yetakchilik qiladi. Qoramollar barcha
viloyatlarda boqiladi. Eng ko’p Qashqadaryo, Toshkent, Farg’ona, Samarqand
viloyatlariga to’g’ri keladi.
Yirik shaharlar atrofida sut-go’sht chorvachilik, cho’l mintaqalarida esa go’sht-sut
chorvachiligi rivojlangan. Mustaqillik yillaridan boshlab yilqichilik ham ko’paya
boshladi. SHuningdek, respublikada parrandachilik, darrandachilik ham keng
rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |