Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakulteti


I.2. DASTLABKI OʻRGATISH VA UNING MOHIYATI



Download 222,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana05.07.2022
Hajmi222,3 Kb.
#740814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Tuxtayev Husan Kurs ishi (4) (2)

I.2. DASTLABKI OʻRGATISH VA UNING MOHIYATI
Sport amaliyotida dastlabki oʻrgatish jarayoni koʻp yilik sport trenirovkasining 
fundamental bosqichi boʻlib, ushbu bosqichda oʻrgatish uslublari va vositalaridan 
toʻgʻri foydalanish keyingi bosqichlarda sport mahoratini samarali shakillanishiga 
imkon yaratadi. 
Dastlabki oʻrgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda bolaning 
ontogenetic hamda biopsixologik xususiyatlari eʻtiborga olinishi zarur. Boshqacha 
qilib aytganda dastlabki oʻrgatish jarayonida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar 
yuklamalari shugʻullanuvchi bolalarning jismonly va funksional Imkoniyatlariga 
qarab meʻyorlanishi va qoʻllanilishi lozim. Maʻlumki, harakat (yuklama) hajmi va 
shiddati inson salomatligi, uning jismonly va funksional shakllanishida muhim 
ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport toʻgaraklarida ijro 
etiladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi hamda shiddati 
shugʻullanuvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki hiyolgina yuqori 
boʻlishi lozim. Demak, bolalar sportiga old mashgʻulotlarni tashkil qilishda 
pedagogik va tibbiy nazoratga asoslanish sogʻlom, barkamol avlodni tarbiyalash 
jarayonining ajralmas qismidir. Shunday ekan, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha 
oʻtkaziladigan mashgʻulotlar (Jismonly tarbiya darsi, trenirovka mashgʻuloti, sport 
musobaqalari) mazmunini maqsadli rejalashtirish va boshqarish har bir mutaxassis 
(oʻqituvchi, murabbly, tashkilotchi, uslubchi, yoʻriqchi) va rahbar shaxsga qayta 
masʻuliyat yuklashi, ular jismoniy madaniyat, jismonly tarblya, jismoniy 
rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va sport masalalariga old bilimlarni 
oʻzlashtirishlari, muvofiq kasbly-pedagogik malaka va koʻnikmalarni puxta 
egallashlari zarurligi isbot talab qilmaydi. 


10 
Alohida eʻtibor qaratish muhimki, bolalar sportini samarali tashkil qilish, koʻp 
yillik sport trenirovkasi jarayonida shugʻullanuvchilar sogʻligi va ularning sport 
mahoratini shakllantira borish ustuvor jihatdan jismonly tayyorgarlik 
koʻrsatkichlariga bogʻliqdir. 
Jismoniy tayyorgarlik va uning salohiyatini ifoda etuvchi kuch, tezkorlik, 
chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik kabl sifatlar Ilmiy obʻekt sifatida 
azaldan koʻpdan-koʻp tadqiqotchi olimlar diqqatini jalb qilib kelgan. Ularning 
tadqiqotlarida jismonly sifatlarning mohiyati, mazmuni, ularni jismonly tarbiya va 
sport hamda boshqa jarayonlardagi ahamiyati va rivojlantirish muammolari 
atroflicha yoritilgan. 
Sport amaliyotida (kasbiy amaliyotda ham) jismoniy tayyorgarlik, odatda, Ikki 
bir-biriga chambarchas bogʻliq boʻlgan - umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik 
turlariga boʻlinadi. 
Hayot davomida inson sogʻligi, uning aqliy va jismoniy faolligi, koʻp yillik 
sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana borishi ustuvor jihatdan 
shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi bilan belgilanadi. 
Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarida qoʻyiladigan asosiy maqsad - 
sogʻliqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishish avvalambor 
yoshlikdan boshlab umumiy jismoniy sifatlarni rivojlantirish muhimligiga eʻtibor 
qaratadi. Aksariyat olimlarning taʻkidlashicha, muayyan sport turi boʻyicha 
muntazam oʻtkazib boriladigan hamda hajm, shiddat va mazmun jihatdan toʻgʻri 
tashkil qilingan mashgʻulotlar bolalar va oʻsmirlar organizmiga ijobiy taʻsir 
koʻrsatar ekan. Lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslangan va tor doirada 
ixtisoslashtirilgan mashgʻulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. 
Binobarin, dastlabki oʻrgatish bosqichida jismonly va texnik-taktik mashqlar 
nisbatini toʻgʻri rejalashtirish bolalar sport mahoratini samarali shakllantirish 
imkoniyatini yaratadi. 


11 
Sport malakalariga dastlabki oʻrgatish jarayoni koʻp yillik sport tayyorgarligi 
tizimining poydevori boʻllb hisoblanadi. Dastlabki oʻrgatish oʻz tashkiliy, uslubiy, 
ilmiy va moddiy-texnika nuqtayi nazaridan qanchalik puxta asoslangan boʻlsa, 
sifatli boʻlsa, shunchalik sport oʻrinbosarlarini tayyorlash yull qisqaroq va osonroq 
boʻladi. Ammo bu, albatta, mutaxassisning bilimiga, kasbiy koʻnikma va 
malakalariga bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun mutaxassislarni tayyorlashga 
moʻljallangan oʻquv dasturining eng eʻtiboril va asosiy boʻlimlaridan biri 
boshlangʻich oʻrgatish uslublyati (texnologiyasi) boʻlib hisoblanadi. 
Mazkur maʻruzada boshlangʻich oʻrgatish jarayonini maqsad vazifalari, uslub 
va vositalari hamda mavzuga old boʻlgan maʻlumotlar talqin etiladi. 
Musobaqa jarayonida samarali natijaga erishishning asosiy shart sharoitlaridan 
biri - bu basketbolchining texnik tayyorgarligi, texnik mahorati takomillashgan 
darajada boʻlishidir. Demak, oʻrgatish jarayonining dastlabki va asosiy maqsadi bu 
oʻyin texnikasini mukammal oʻzlashtirishdir.
Harakat - (oʻyin) malakalari toʻpni uzatish, qabul qilish (himoya), toʻpni 
oʻyinga kiritish, zarba berish, toʻsiq qoʻyish belgilangan bosqichlarda, maʻlum 
uslublar va vositalar yordamida oʻzlashtiriladi, mukammallashtiriladi, 
takomillashtiriladi. Mazkur jarayon pedagogik, blopsixologik va biomexanik 
qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. 
Oʻrgatish jarayoni - bu pedagogik jarayon boʻlib, murabbiydan, oʻqituvchidan 
katta mahorat, kasbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin shunday boʻlsada, 
harakatni (oʻyin malakasini) ijro etish texnikasiga oʻrgatish boshqa ahamiyatli 
sabablarga ham bogʻliqdir: bolaning faolligi, mashgʻulotlarning soni, sifati, davom 
etish muddati, yordamchi texnik uskunalar, mashgʻulot oʻtkaziladigan joyning 
shart-sharoitlari, bolaning qiziqish, harakat “boyligi”, tajribasi va hokazo. 
Shuni ham aytish zarurki, harakat texnikasini oʻzlashtirish muddati bolaning 
ollaviy sharoitiga, uning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatiga hamda ruhiy holatiga 
bogʻliqdir. 


12 
Yuqorida keltirilgan maʻlumot va oʻrgatish jarayonida eʻtiborga olinadigan 
omillar maʻlum uslubly tartibda asoslangan rejalashtiruv hujjatlardan joy olishi 
kerak. Bundan tashqari bolaning ichki “sirli” imkoniyatlarini hamda mavjud 
omillarni aniqlash tanlov dasturi va mashqlari yordamida amalga oshirilishi zarur. 
Olingan natijalar oʻrgatish uslublarini, bosqichlarini va texnologiyasini qoʻllashda 
tayanch omil bulib xizmat qilishi kerak. 
Dastlabki oʻrgatish jarayoni bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi va 
bubosqichlarni har biri oʻziga xos uslub va vositalarni oʻz ichiga oladi.
Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar oʻyinchida jismonly barkamollik va 
oʻyinchi uchun zarur boʻlgan harakat koʻnikmalari va malakalarini sayqallash 
uchun foydalaniladi. 
Barcha mashqlar oʻz yoʻnalishiga mos ravishda birlashgan holda mashq 
qilishning maxsus tayyorgarligi asosiy qismlarini tashkil etadi: umumiy jismoniy, 
maxsus jismoniy, texnik, taktik, oʻyin tayyorgarligi. Har bir tayyorgarlik turida 
oʻzining etakchi omillari borki, ular yordamida koʻzlagan maqsadga erishiladi. 
SHu bilan birga barcha turdagi tayyorgarliklar bir-biri bilan uzviy bogʻliq. Misol 
uchun agar oʻquvchi jismoniy yaxshi tayyorlanmagan boʻlsa, u hujumda zarba 
berish texnik mashqini yaxshi bajara olmaydi. Bunday holda oʻquvchini jismoniy 
tomondan chiniqtirish, zarba berish usulini koʻp marta takrorlashdan koʻra 
foydaliroqdir.


13 

Download 222,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish