Vosita va uslublar tarkibidagi o‘zgarishlar. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbati. Ikkinchi bosqichda tayyorgar-likning turli vositalarini qo‘llashning o‘rni va xarakteri quyidagi qonuniyatlar bilan belgilanadi.
Birinchidan, maxsus mashg‘ulot omili qanchalik tez - tez va kuchli (albatta, ma’lum fiziologik me’yorlarda) ta’sir ko‘rsatsa, mashq bilan chiniqqanlik rivojining darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ikkinchidan, mashq bildan chiniqqanlik o‘sib borgan sari, uning turli xarakterdagi mashqlardan foydlanishga o‘tish darajasi, aftidan, kamayib ketadi va bu o‘tish ko‘proq tanlana-digan bo‘la boradi.
Uchinchidan, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hodisalar bo‘lmasa, shartli refleks aloqalarining har qanday tizimi tez va yengil o‘rnatiladigan bo‘ladi; mazkur tizimni tashkil etish qanchalik murakkab va nozik bo‘lsa, uning noadekvativ ta’sirlarga boshlang‘ich chidamliligi shunchalik kam bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda bu qonuniyatlardan maxsus mashq bilan chiniqqanlik tez yuksalishini ta’minlash va sport formasining komponentlari o‘rtasida o‘zaro nozik aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun foydalniladi. Bu avvalo tanlangan musobaqa mashqlaridan va ularga juda yaqin bo‘lgan maxsus - tayyorlov mashqlaridan ancha kengroq foydalanishda o‘z ifodasini topadi. Tayyorlov davri tugallana borgan sayin ular tobora ko‘proq o‘rin oladi va mashg‘ulotning boshqa vositalarini qo‘llashga yanada kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.
Ikkinchi bosqichda ma’lum maxsus - tayyorlov mashqlari muso-baqa mashqlari bilan «yaqinlashgandek» bo‘ladi.
Bu «yaqinlashish» ikki asosiy yo‘ldan boradi. Xususiy harakatlarni yoki musobaqa mashqlarining ayrim funksional xususiyatlarini o‘z ichiga olgan mashqlardan asta - sekin sport musobaqalaridagi yaxlit faoliyatga o‘tish yo‘lidan (masalan, gimnastika kombinatsiyalar elementlaridan birikmalarga, keyin esa kombinatsiyalarning o‘ziga o‘tish; tanlangan masofa bo‘laklarini qayta - qayta yugurib o‘tishdan butun masofani yaxlit yugurib o‘tishga);
Ma’lum guruh mashqlarining uzunligini bir qadar qisqar-tish va intensivligini oshirish yo‘lidan (aytaylik, tezlikni oshirib, musobaqadagidan uzun mashg‘ulot masofasi uzunligini kamaytirish)
Sport turlarining spesifikasiga qarab «yaqinlashtirish» ning boshqa usullari ham qo‘llaniladi. Biroq ularning mohiyati bir - maxsus tayyorlov mashqlarini tanlangan sport turi xususiyatlariga mumkin qadar yaqinlashtirish. Biroq bu maxsus - tayyorlov mashqlarini umuman musobaqa mashqlari bilan almashtirishga intilish kerak, degan ma’noni bildirmaydi. U holda sportchiga zarur bo‘lgan ayrim fazilatlar va malakalarga maqsadga qat’iy muvofiq ravishda ta’sir ko‘rsatish imkoniyati qolmay, mashg‘ulot-ning samaradorligi pasayib ketgan bo‘lur edi.
Mashg‘ulot uslubiyatida ham ana shunday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tanlangan sport turi spesifikasiga ko‘proq muvofiq keladigan uslublar tanlab olinadi. Sportning mazkur imkoniyatlarga oshirilgan talablar qo‘yuvchi uslublarga (masalan, o‘rtacha distan-siyaga yuguruvchilarda dam olish intervali qat’iy va kamayib boradigan intervalli mashg‘ulot tipidagi uslublarga: og‘ir atle-tikachilarda esa, chegaraga yaqin va chegara og‘irliklar bilan bajariladigan takroriy o‘sib boruvchi mashqlar uslubiga) ancha ko‘p o‘rin beriladi. Musobaqa uslubining roli ham ortadi.
Musobaqa uslublaridan dastlab asosan tayyorlov mashqlari negizida, shu jumladan, sportning tanlangan turiga qo‘shimcha yoki uning bir qismini tashkil etuvchi sport turi materiali sifatida foydalaniladi. Masalan, yengil atletikachilar dastlab asosiy musobaqa masofalaridan qisqa masofaga yoki aksincha, undan uzunroq musobaqa masofasiga yuguradilar, ko‘p kurashchilar esa, dastlab ayrim turlarda musobaqalashadilar. Tayyorlov davrining oxiriga yaqinlashgan sari tanlangan sport turi bo‘yicha tobora ko‘proq musobaqalashadilar. Biroq hali ham bu mashqlar mashg‘ulot xarakterida bo‘lishi kerak. Bu yerda taqvim musobaqalarida ishti-rok etish rejali tayyorgarlik ko‘rishni buzmay, bo‘lajak asosiy musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish vositalaridan biri sifatida xizmat qilishi kerak.
Ikkinchi bosqichda umumiy tayyorgarlik vositalarining tarkibidagi xilma - xillik ancha kamayib qoladi. Umumiy tayyor-garlik mashqlarining ko‘pchiligidan foydalanish xarakteri ham o‘zgaradi. Ularning bir qismi stabillashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, ya’ni endi ular yuksalishdan ham ko‘ra ko‘proq erishilgan umumiy mashq bilan chiniqqanlik darajasini mustahkamlashni ta’min etadi. Bunga asosan mashq bilan chiniqqanlikning «bilvosita o‘tishi» mexanizmi bo‘yicha tanlangan sport turida kamol topishga yordam beruvchi barcha mashqlarni kiritish kerak (masalan, juda yuksak chidamlilik namoyish etishni talab qiladigan sport turlari bo‘yicha ixtisoslashayotganda kuch - quvvat mashqlari yoki kuch - quvvat va tezkorlik - kuchlilik talab qiladigan sport turlari bo‘yicha ixtisoslashayotganda umumiy chidamlilikni tarbiyalovchi mashqlar). Ilgari mashg‘ulot ahamiyatiga ega bo‘lgan ayrim mashqlar ikkinchi bosqichda ko‘proq faol dam olish vositasi sifatida ishlatiladi.
Nihoyat, bir qator umumiy tayyorlov mashqlari ixtisoslash-tiriladi. Bu bajariladigan harakatlarning tezligi, kuchi va boshqa xarakteristikasi tegishlicha o‘zgarishida, shuningdek mashq jarayonida yuklama bilan dam olishni me’yorlashda o‘z ifodasini topadi. Misol uchun, yuguruvchi - sprinterlar, sakrovchilar, uloqtiruvchilar, bokschilar mashg‘ulotida shtanga bilan bajara-digan mashqlar yorqin ifoda etilgan tezkor kuchlilik xarakteriga ega bo‘ladi. Bunga shtangan og‘irligini va takrorlash miqdorini qisman kamaytirib, harakat tezligini oshirish (ayniqsa tolchok, rivok tipidagi harakatlarida) yo‘li bilan erishiladi.
Umumiy tayyorgarlikning salmog‘i umuman kamayadi. Shunga yarasha maxsus tayyorgarlik salmog‘i ortadi.
Ikkinchi bosqichda tayyorgarlikning bu tomonlari nisbati (vaqt hisobida) sportning ko‘p turlari uchun quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1:2 - 2:3 (ko‘pkurash uchun 1:3 - 1:4). Shuni eslatib o‘tish kerakki, birinchi bosqichda nisbatlar buning aksicha edi. Mazkur ma’lumotlar malakali sportchilarning mashg‘ulotiga taalluqlidir. Boshlovchi sportchilarda esa bosqich bo‘yicha mashg‘ulot struk-turasining barcha o‘zgarishlari bunchalik katta bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |